Mavzu: Simbioz holda yashovchi mikroorganizmlarni dukkakli o’simliklar ildizi va tugunaklarida preparat tayyorlash orqali o’rganish. Tugunak bakteriyalar tahlili Mashg’ulotning maqsadi


 - rasm.  Tugunak bakterichsining rivojlanish 2 - rasm


Download 380.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi380.09 Kb.
#1567405
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-laboratoriya virusologiya (1)

1 - rasm
Tugunak bakterichsining rivojlanish
2 - rasm
Shoxlangan vegitativ 
 
bosqichlari:
a-kokklik davri; hujayra-
bakteroidning ko’rinishi; b - harakatchan xivchinlik davri; v - xivchinini yo’qotgan davri; 
g - belbog’li davri; d - kokklarga ajralish davri. 
3 - rasm
Dukkakli 
o’simliklar 
ildizida hosil 
bo’lgan 
tugunaklarning 
shakllari: 1 - 
no’xat, 2 - 
sebarga, 3 - 
seradella, 4 - lyupin, 5 - qashqar beda. 
Kerakli jihozlar va reaktivlar: mikroskop, har xil yoshdagi tugunaklar, 
buyum oynalari, sinka yoki fuksin, spirt lampa, shakar, soda, no’xat yoki boshqa 
dukkakli o’simliklar urug’i, o’lchovli kolba, voronka, filtr. 
Ishning bajarilishi: Bu mashg’ulot quyidagicha o’tkaziladi: 
1. 100 ml suvga 10 g no’xat yoki boshqa dukkakli o’simlik urug’i solinib, 
dukkaklar yorilguncha (30 minut) qaynatiladi. Eritma issiq holicha 100 ml hajmli 
idishga filtrlanadi. Bu filtratga uning hajmi 100 ml ga etguncha suv qo’shiladi. Suv 
qo’shishdan oldin filtrat kristalik soda bilan neytrallanadi. So’ngra bu
aralashmaga 2 g  shakar va 1,5-
2 g agar-agar qo’shib eritiladi. 
Shu 
tarzda 
tayyorlangan 
suyuqlik Petri idishlariga 0,5 sm 
qalinlikda quyib qotiriladi.
4 - rasm. 1) Bakteriyalarning ildiz 
tukchalari orqali o’simlik to’qimasiga 
o’tish payti: a – ildiz tukchasi yonida to’planib turgan bakteriyalar;b – ildiz tukchasi ichida 
infeksion ipning hosil bo’lishi. 2) Katta qilib ko’rsatilgan hujayra va infeksion ip: a – o’simlik 
hujayrasi; b – infeksion ip



5 – rasm. O’simlik 
hujayralari 
bo’linganda tugunak 
bakteriya 
hujayralarining 
taqsimlanishi

Qotib qolgan plastinkaga tarkibida tugunak bakteriyalar bo’lgan suyuqlik 
surkaladi. Plastinkaga surkaladigan suyuqlik bironta dukkakli o’simlik 
tugunagidan siqib olinadi. So’ngra Petri idishi 25-35° li termostatga qo’yilib, bir 
necha kun saqlanadi. Bu vaqt o’tgandan so’ng Petri idishidagi plastinkada tugunak 
bakteriyalar koloniyasi hosil bo’ladi. Koloniyalarni tashkil etgan bakteriyalar 
mikroskopda tekshiriladi. 
2. Dukkakli o’simlikning yosh tugunagidan suvi siqib chiqariladi. Buyum 
oynasiga undan bir tomchi tomizib Mazok tayyorlanadi. Mazok fiksasiyalangandan 
keyin sinka yoki fuksin bilan bo’yalib, mikroskopda ko’rilganda tayoqsimon 
bakteriyalar borligi kuzatiladi. 
3. Yaxshi rivojlangan (qarigan) tugunakni kesib, suvi siqib olinadi va 
yuqorida ko’rsatilgandek bakteriyali preparat tayyorlanadi. Bu preparat 
mikroskopda qaralganda shoxlangan bakteriyalar ko’rinadi. 
Nazorat savollar: 
1. Infektsion ip qanday hosil bo’lishini tushuntiring? 
2. Kolbasimon shishgan hujayralar nima deb ataladi? 
3. Rhizobium avlodi qanday holatda azotni o’zlashtira oladi? 
4. Tuproqda yashaydigan tuganak bakteriyalarini azotni o’zlashtirish jarayonini 
tushuntirib bering. 
5. tuganak bakteriyalarini o’ziga xos xususiyatini izohlab bering. 
6. Nitrogen qanday hollarda qo’llaniladi? 
7. Bakterium rizobium radisikolaning rivojlanishini izohlang. 

Download 380.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling