Botanika va ekologiya


Download 1.17 Mb.
bet1/3
Sana19.01.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1102736
  1   2   3
Bog'liq
Botanika mt-6

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI “BOTANIKA VA EKOLOGIYA” KAFEDRASI 6-MUSTAQIL TA’LIM   Bajardi: Patteyeva A.S Tekshirdi: Duschanova G.M

Mavzu: Hosil qiluvchi to’qimaning tuzilishi va vazifalari

Reja:

  • Hosil qiluvchi (meristemalar) haqida umumiy tushuncha
  • uchki (apinkal)
  • yon (laterial):
  • a) birlamchi (prokambiy, perisikl)

    b) ikkilamchi (kambiy, fellogen)

    4. oraliq (interkalyar)

    5. jarohat (travmatik) tо‘qimalar

Meristema bu o’simlikning butun umri davomida o’zining faol ko’payish xususiyati va fiziologik faolligi saqlab qoluvchi, o’simlik umumiy massasining doimiy ortib borishiga sabab bo’luvchi, shu bilan birga boshqa muhim to’qimalarni hosil bo’lishiga javobgar to’qimalarning umumiy nomi hisoblanadi. O’simlik hujayralari ixtisoslashgandan so’ng o’zining ko’payish xususiyatini yo’qotadi, shu bilan birga ular boshqa tipdagi hujayralarga aylana olmaydi. Meristema hujayralari juda oz ixtisoslashgan yoki umuman ixtisoslashmagan bo’ladi. Meristema hujayralari boshqa hujayralardan farqli ravishda mayda bo’lib, hujayraning asosiy qismini sitoplazma tashkil etadi. Yadrosi yirik, hujayra hajmining yarmini tashkil etadi, membranasida juda ko’p poralar mavjud. Vakuolalari nihoyatda kichkina. Shakllangan plastidalar mavjud emas. Hujayralar o’zaro zich joylashgan, hujayralararo moddasi kam bo’ladi. Meristema hujayralari mitoz usulida ko’payadi. Hosil bo’lgan hujayralarning biri meristema sifatida saqlanib qolsa, ikkinchisi ixtisoslashib boshqa to’qima hujayrasiga aylanadi. Meristema hujayralari ichidagi initsial hujayra faol bo’linish xususiyatiga ega bo’lib, u bo’linganda hosil qilgan bo’lajak boshqa to’qima hujayrasidan hajmi va vakuolalari soni bilan farqlanadi. Meristema atamasini ilk marotaba nemis botanigi Karl Vilgelm fon Negeli “Botanika faniga qo’shilgan hissalar” asarida keltirib o’tadi.

Apikal meristema butunlay ixtisoslashmagan hujayralar to’plamidan iborat bo’lib, uning ikki turi farqlanadi. Poyaning apikal meristemasi (PAM) va ildizning apikal meristemasi (IAM). PAM va IAM hujayralari cheksiz bo’linish xususiyatiga ega bo’lib, bu xususiyati bilan hayvonlarning asos hujayralariga o’xshab ketadi. Hujayralarning necha qavat bo’lib joylashishi o’simlik turiga bog’liq. Poyaning apikal meristemasi o’simlikning barcha yer ustki qismlarining (barg, gullar) hosil bo’lishiga javobgar hisoblanadi. Poyaning uchidagi meristema hujayrasi asos hujayra vazifasini o’tab boshlang’ich barg va gulni hosil qiladi. Ildizning apikal meristemasi PAMdan farqli ravishda ikki xil o’lchamdagi hujayralarni hosil qiladi. O’sish nuqtasining markazidagi sokin markaz (SK) deb nomlanuvchi hujayralar (bu markaz hujayralari juda sekinlik bilan bo’linadi) va ildizning hosil bo’lishida faol ishtirok etuvchi hujayralar.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling