Botir Zokirov tavalludining 85- yilligi munosabati bilan "O’zbek Estrada san’ati" asoschisi nomli tadbir ssenariysi
Download 23.78 Kb.
|
Botir Zokirov tavalludining 85
Botir Zokirov tavalludining 85- yilligi munosabati bilan “O’zbek Estrada san’ati” asoschisi nomli tadbir ssenariysi Slayd : “Maftun bo’ldim” 1-boshlovchi : Boy berildi juda ko’p yillar Juda! Uzoq yashadim men tun dengizida Olis yulduzlarning yonishlaridek Yolqin topurmanmi endi o’zimdan 2-boshlovchi : Peshonamga yuz yil yashash bitganday Bu ensiz beboshvoq ko’rlikda mubham Gullar ochilishsin boy berdim qanday Inson tabassumi , tavalludun ham. 1-boshlovchi: Va boqib eng so’nggi shula izidan Fasli xazon dardi ila so’ylayman Men endi har kecha beparvo kezgan “Shoshgan yo’lovchimasman “, faqat o’ylayman. 2-boshlovchi :Demak gap bundoq, o’z qo’shiqlarda Kuyladim men soya aks sadoni Qo’shiqlar ne haqda ? Ne bor dardimda ! Odamlarga ayta olurman neni. 1-boshlovchi: Assalomu aleykum hurmatli mehmonlar , aziz ustozlar. 2-boshlovchi: Assalomu aleykum tadbirimizga tashrif buyurgan hamkasblar , san’at shaydolari. 1-boshlovchi : Mana bugun institutimizda juda katta tantana , Xalqimizning suyukli farzandi, o’z zamonasining estradasi asoschisi , va xonandasi B.Zokirovning tavallud ayyomlari hmada xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “O’zbek estradasi asoschisi” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz. 2-boshlovchi: Jonajon Vatanimizni dildan suygan, muxlislar olqishiga sazovor bo’lgan , ezgulikka chorlagan o’zbek san’atining bulbulzabon xonandasi ijod etib , ularning ruhlarini shod etish maqsadida o’tkazilayotgan musiqiy ma’rifiy tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz 1- boshlovchi: Keliing Doston u kishining hayoti va ijodiy faoliyatiga bag’ishlangan tarixiy tasviriy musiqiy lavhalarini tomosha qilsak! Hayoti haqida 1.____________________________________ 2.Hasanova Sitora 3.________________________________________ 4.__________________________________________ 5.__________________________________________ 2- boshlovchi: Mana bugungi kunda yoshlarimiz estrada san’atga kata qiziqish bilan izlanmoqda . Biz istaymizki yoshlar estradamizning milliy asoslariga tayanib B.Zokirov qo’shiqchlik maktabidan saboq olib rivojlantirsalar maqsadga muvofiq bo’lardi. Ra’no qo’shig’i 1- boshlovchi: B.Zokirov ijodi Respublikamizning professional guruhlaridan “Yalla” guruhi davom etmoqda “Yalla guruhi ” tomonidan ijro etilayotgan “Majnuntol” “Choyxona ”, “Uchquduq “ va yana ko’plab qo’shiqlar B.Zokirov repertuaridandir. “Majnuntol” 2-boshlovchi B.Zokirovning ijodida kino san’ati aliohida o’rin tutadi. B.Zokirovning bir turkum qo’shiqlari o’zbek badiiy filimlarida jarang sochdi. Uning qo’shiqlari badiiy filmlarini tomoshabinlarga yanda zavq bilan tomosha qilishlariga saqlashga s abab bo’ldi. “Maftun bo’ldim” filmidan lavha 1-boshlovchi : B.Zokirovning ijrochilik mahorati zamondoshlari tomonidan yuksak e’tirof etilgan . Ayniqsa Xonandalik , rassomlik, teatr va kino san’ati, sohasida yaratgan asarlari sanatkorning buyuk iste’dod qalb sohibi ekanligidan dalolat beradi. O’zbekiston xalq shoiri O’zbekiston qahramonlari Abdulla Oripov Botir Zokirovning singlisi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Luiza Zokirova Yozuvch Fayzulla Xojayevi
“Qaydasan” Qutliyeva Gulmira Bozorov Doston 1-boshlovchi: Botir Zokirovning sharq musiqa olamida tutgan o’rni alohida ayniqsa Arab tangasi “Habiba ”, “Qochoq qiz”, kabi qo’shiqlar olamining sevimli taronalariga aylanib qolgan Qo’shiqlaridan lavhalar 2-boshlovchi : B.Zokirov umri davomida yaratgan asarlari ijodiy ishlari xalqimiz tomonidan munosib qadrlanib ayniqsa hozirgi davrda milliy estradamiz sanatini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. Endigi navbat “Kel” qo’shig’iga 1-boshlovchi: B.Zokirov sn’ati haqida qancha gapirsak , mulohazalar yuritsak , shuncha oz.Uning san’atkorlik maktabi saboqlari yoshlarimizning manaviyatini rivojlantirish muhim omil bo’lib xizmat qilishi muqarrar. San’atga baxsh umurning so’nmas mo’jizasi bor. U dunyoni tark etsa undan dunyo qoladi.. Qo’shiq umri poyindir. Seravo yuraklardan o’lmas navo qoladi. Buyuk o’zbek san’atkor xotirasi san’at ixlosmandlari qalbida mangu yashaydi. Jamoaviy aytim: “Yalla” qo’shig’i. Download 23.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling