Qizlar davrasida


Download 21.13 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi21.13 Kb.
#1333732
Bog'liq
Qizlar davrasida


Qizlar davrasida”
1-boshlovchi:
Assalomu aleykum,ey nuri ziyolarim,
Alpomish,Barchinoy-u, Rustam-u dostonlarim.
Yurtimning kelajagi,ey bag’ri osmonlarim.
Davralarda o’zbekcha so’zligingiz muborak,
O’zbekona lutfingiz,o’zligingiz muborak.
2-boshlovchi:
Sen mo’tabar ona,mehri yagona,
Sen opam,singlimsan go’zal durdona.
Sen gulday noziksan,ma’suma hayol,
Dunyoning beshigi bu sensan ayol.
1-boshlovchi:
Assalomu aleykum,hurmatli ustozlar va aziz talabalar.Qadrli vaqadri baland mehmonlar.”Qizlar davrasi” ko’rik tanlovi munosabati bilan o’tkzilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz!
2-boshlovchi:
O’zingiz umrning avvali-boshi,
Farzandlar qalbining porloq quyoshi.
Jannat chamanining mohir naqoshi.
Yolg’iz siz o’zingiz,aziz ayollar!
1-boshlovchi:
Bahor asli sizning ko’nglingizdadur,
Sadoqat va vafo yo’lingizdadur.
Dunyoning beshigi qo’lingizdadur,
O’zingiz azizsiz,aziz ayollar.


2-boshlovchi:
Davramizni ochib berish uchun so’zni TDTU OF direktori Alisher Samadov Usmonovichga beramiz.Marhamat!
2-boshlovchi:
Hozir sahnaga Toshpo’latov Sarvarni taklif etamiz.Marhamat!
1-boshlovchi:
Bizning unversitetimizda ham o’zining a’lo o’qishlari,ijodkorligi,iste’dod va qobilyatlari bilan Zulfiyaxonim qizlaridan qolishmaydigan qizlarimiz ta’lim oladilar.Bugun mana shu iste’dodli qizlarimiz bellashishadi.
2-boshlovchi:
Bellashuvimiz shartlari bilan tanishib o’tamiz.Birinchi shart-tanishtiruv sharti bo’lib, bu shartda qizlarimiz 1.5-2 daqiqada o’z jamoalarini tanishtiradilar.Shartlarimiz 10 ballik tizimda baholab boriladi.
1-boshlovchi:
Ikkinchi shart-tezkor savol javob sharti bo’lib,bunda qizlarimiz 10 tadan savollarga 1 daqiqa ichida tezkorlik va aniqlik bilan javob berishlari talab etiladi.
2-boshlovchi:
Uchunchi shartimiz “Arzanda bo’lmang,pazanda bo’ling “ deb nomlanib,10 daqiqa vaqt mobaynida qizlarning chaqqonlik va epchilliklarini sabzilarni artib,tog’rash jarayonida sinovdan o’tkazamiz.
1-boshlovchi:
To’rtinchi shartimiz erkin mavzu bo’lib,bu shartda guruhlarning bo’sh vaqtlarini qanday mazmunli tashkil etishlari haqida ma’lumotga ega bo’lamiz.Buning uchun har bir ishtirokchi qizimizga 4-5 daqiqadan vaqt beriladi.
2-boshlovchi:
Endi sizlarni hakamlar hay’ati bilan tanishtiramiz!
1.Filial Matbuot kotibasi Ergasheva Muqaddas opa
2.Filial xotin-qizlar kengashi raisi Xasanova Xamida opa
3.Filial ta’lim sifatini nazorat qilish uslubiyotchisi Burxanova Nargiza opa
4.O’zbek tili vaadabiyot kafrdrasi mudirasi Axmedova Vazira opa
1-boshlovchi:
Endi tadbirimiz ishtirokchilari bo’lgan jamoalarni navbat bilan sahnaga taklif etamiz va jamoalar o’zlarini tanishtirib o’tadilar.
Jamoalar shartni bajarish uchun navbatlatni qura tashlash yo’li bilan aniqlab oladilar.
Jamoalarni tanishtirib o’tamiz:
1._________________________________________________________________2._________________________________________________________________3._________________________________________________________________
2-boshlovchi:
Bu xonim kim deya tashlasa savol,
Bilgan javob aytar tildan to’kib bol.
Tinchlik,birdamlik deb mushoirada,
Jahonga jar solgan g’oliba ayol.
1-boshlovchi:
Hakamlar hay’ati tanishtiruv shartini baholagunga qadar navbatni Abdugafurova Sevinch ijrosidagi raqsga beramiz.
1-shart bo’yicha ballarni e’lon qilamiz:
1.
2.
3.
2-boshlovchi:
Asli gulday yaralgansan ,
Yashnash haqqing yashna ayol.
Hayot kabi qaralgansan,
Yashash haqqing yasha ayol.
1-Boshlovchi:
Guruhlar navbatma-navbat tezkor savollarga 1 daqiqa ichida javob beradilar.
2-boshlovchi:
2-shart uchun qo’yilgan baholarni e’lon qilamiz.
1.
2.
3.
1-boshlovchi:
Navbat 3-shartga qizlarimiz bu shartnibajargunga qadar davramizga Abdugafurova Sevinchni taklif ertamiz.
2-boshlovchi:
Sen bo’masang erkaklar harob,
Orzu,umid,ertaklar sarob.
Mayli, ba’zan bersang ham azob,
Sen,dunyoga keraksan ayol!
2-boshlovchi:
Endi 3-shartda qizlarimiz olgan ballarni tinglaymiz.
1.
2,
3.
1-boshlovchi:
Endigi nabztni 4-shartga beramiz.Bu shartimiz erkin mavzu deb atalib bunda hamma o’z iqtidorini namoyish etadi.
2-boshlovchi:
Hakamlarimiz 4-shartni baholagunga qadar nabatni Toshpo’latov Sarvar ijrosidagi qo’shiqqa beramiz.
1-boshlovchi:
Vatanim betakror O’zbekistonim,
Olmalig’im mening qutlug’ makonim,
Ilhomim ildizi suv ichgan yurt bu,
Shu chamanga tuhfa she’r-u dostonim.
2- boshlovchi:
Ulug’ ustozlarga dilda cho’ng havas,
Murodim ularga bo’lmoq chambarchas.
Armonim yo’q mening,xalqim oldida,
Shoirlar safda yursam hamnafas.
1-boshlovchi:
Endi ishtirokcholarining 4- shart bo’yicha olgan baholarini eshitamiz.
1.
2.
3.
2-boshlovchi:
Endi esa jamoalarning umumiy to’plagan ballarini tinglatmiz
1
2
3
1-boshlovchi:
Qizlarimizning egallagan o’rinlarini e’lon qilish va turli nominatsiyalar bo’yicha taqdirlash uchun sahnamizga__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
2-boshlovchi:
Tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi e’tiboringiz uchun raxmat!!!
Download 21.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling