Botir Zokirov


Download 0.59 Mb.
bet2/9
Sana04.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1157325
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
botir zokirov

O‘sha davrda estrada san'atida qaldirg‘och sanalgan «Yoshlik» estrada ansambliga qatnay boshladi. 1958-yilda shu ansambl bazasida O‘zbekiston Davlat estrada orkestri tuzildi. Orkestrni tuzishda Botir Zokirov jonbozlik ko‘rsatdi. 1957-yilda Moskvada o‘tkazilgan o‘zbek dekadasida mashhur arab kompozitori Dorish Al- Attoshning «Arab tangosi» qo‘shig‘i birinchi marta yangradi va chaqmoq kabi Botir Zokirov nomini qo‘shiqsevarlar qalbiga olib kirdi. Botir Zokirov O‘zbek milliy estrada san'atini rivojlanishini jon dilidan istar edi. U faqat xalqona milliy estrada san'atining tarafdori edi va bu haqda kuyinib matbuotda fikrlarini bildirar edi. Shu yo‘lda tinimsiz izlanar edi. Umrining oxirgi yillarida ukasi Farrux Zokirov rahbar bo‘lgan mashhur «Yalla» ansambli bilan birgalikda ijod qildi. U sahnaga qanday yonib chiqqan bo‘lsa, umrinihg oxirigacha shunday yonib kuyladi. Hamisha har qanday vaziyatda iymoniga, e'tiqodiga, o‘ziga sodiq qoldi. Bu buyuk san'atkor o‘zbek estradasiga asos soldi. Yoshlikdan chirmab olgan surunkali kasallik natijasida 49 yoshida olamdan o‘tdi. «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni bilan, vafotidan so‘ng prezidentimiz farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan. Yosh estrada xonandalarining Botir Zokirov nomidagi ko‘rik- tanlovi har yili o‘tkazilib turiladi.

  • O‘sha davrda estrada san'atida qaldirg‘och sanalgan «Yoshlik» estrada ansambliga qatnay boshladi. 1958-yilda shu ansambl bazasida O‘zbekiston Davlat estrada orkestri tuzildi. Orkestrni tuzishda Botir Zokirov jonbozlik ko‘rsatdi. 1957-yilda Moskvada o‘tkazilgan o‘zbek dekadasida mashhur arab kompozitori Dorish Al- Attoshning «Arab tangosi» qo‘shig‘i birinchi marta yangradi va chaqmoq kabi Botir Zokirov nomini qo‘shiqsevarlar qalbiga olib kirdi. Botir Zokirov O‘zbek milliy estrada san'atini rivojlanishini jon dilidan istar edi. U faqat xalqona milliy estrada san'atining tarafdori edi va bu haqda kuyinib matbuotda fikrlarini bildirar edi. Shu yo‘lda tinimsiz izlanar edi. Umrining oxirgi yillarida ukasi Farrux Zokirov rahbar bo‘lgan mashhur «Yalla» ansambli bilan birgalikda ijod qildi. U sahnaga qanday yonib chiqqan bo‘lsa, umrinihg oxirigacha shunday yonib kuyladi. Hamisha har qanday vaziyatda iymoniga, e'tiqodiga, o‘ziga sodiq qoldi. Bu buyuk san'atkor o‘zbek estradasiga asos soldi. Yoshlikdan chirmab olgan surunkali kasallik natijasida 49 yoshida olamdan o‘tdi. «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni bilan, vafotidan so‘ng prezidentimiz farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan. Yosh estrada xonandalarining Botir Zokirov nomidagi ko‘rik- tanlovi har yili o‘tkazilib turiladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling