Botirova Xilola Tursunbaevna, 985 yil iyulda Аndijon tugʼilgan. Millati oʼzbek


Download 1.5 Mb.
Sana19.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1032742
Bog'liq
Xilola Botirova


Botirova Xilola Tursunbaevna, 1985 yil 1 iyulda Аndijon tugʼilgan. Millati - oʼzbek.


Oʼzbekiston davlat konservatoriyasini 2006 yilda cholgʼu ijrochiligi chang va oʼzbek xalq cholgʼular orkestri dirijyori (bakalavr), 2008 yilda Xalq cholgʼu asboblari (chang) va oʼzbek xalq cholgʼu asboblari dirijyorligi mutaxassisligi boʼyicha bitirgan.
Umumiy va pedagogik ish staji - 23 yil. Аndijon davlat universitetidagi ilmiy va pedagogik ish staji – 14 yil.
Mehnat va ilmiy-pedagogik faoliyatining asosiy bosqichlari:
2.09.1999-1.06.2002. Аndijon tumanidagi 16 – B.M.M ga chang oʼqituvchisi.
1.09.2002-14.06.2006. Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi talabasi (bakalavr)
29.08.2006-17.06.2008. Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi talabasi (magistr)
02.09.2008-27.08.2012. Аndijon davlat universiteti musiqa va uni oʼqitish metodikasi kafedrasi assistenti.
27.08.2012- Аndijon davlat universiteti musiqa taʼlimi kafedrasi katta oʼqituvchisi.
01.11.2014- 02.09.2015. Аndijon davlat universiteti Pedagogika fakulьteti dekan oʼrinbosari.
14.11.2019 – Аndijon davlat universiteti musiqa taʼlimi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi.
30.06.2021 - Аndijon davlat universiteti Musiqa taʼlimi kafedrasi dotsenti.
Botirova Xilola Tursunbaevna Аndijon davlat universiteti «Musiqa taʼlimi» kafedrasida zamonaviy oʼqitish usullaridan, yangi pedagogik va axborot innovatsion texnologiyalardan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan roʼyhatga olingan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan oʼzining 3 ta DGU-07479, DGU-07668 raqamli mulьtimediali elektron qoʼllanma dasturlaridan unumli foydalanadi. Jumladan: keys-stadi, eyler aylanasi, T-chizma, kontseptual grafik va organayzerlar, chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar, FSMU, SWOT tahlil, va rolli oʼyinlardan, fanga oid video kurs, elektron qoʼllanma, slayd-prezentatsiya, mulьtimedia taʼlim resurslaridan foydalanib, asosiy kurslarni olib boradi.
Botirova Xilola Tursunbaevna tomonidan Аndijon shahar 3-sonli BMSM, 2-son BMSM, Аndijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari bilan – “Buyurtmachi” nomidan ish yurituvchi direktori M.А.Isaqova, ikkinchi tomondan “Bajaruvchi” –Аndijon davlat universiteti Sanʼatshunoslik fakulьteti Musiqiy taʼlim kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi Botirova Xilola Tursunbaevna nomidan “Nizom” asosida Xoʼjalik shartnomalari tuzilgan boʼlib, Аndijon davlat universitetiga jami 5550000 (besh million beshyuz ellikming soʼm) daromad olib kirib taʼlim sohasida ilgʼor pedagogik texnologiyalari bilan taʼlim bermoqda.
Botirova Xilola FZ-202001064 raqamli amaliy grant loyihasi boʼyicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tashkiliy ishlarda faol ishtirok etib keladi.
“Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun quvnoq ohanglar” multimediali elektron qoʼllanmasiga DGU-13315 raqamli guvoxnomani qoʼlga kiritgan.
U oʼz ustida mustaqil izlanib Innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan masofaviy vebinar 2020 yil 29 iyul kunlari oʼtkazilgan “Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat byurtmasi: tanlov mavzulari va ilmiy lohihalar qanday shakllantiriladi?” respublika konferentsiyalarida qatnashdi.
X. Botirova https://multiurok.ru/id54634079/ Multiurok saytida tashkil etilgan izlanuvchi pedagog loyihasida ishtirok etib diplomlar bilan taqdirlangan (diplomlar ilova qilinadi).
U https://znanio.ru/person/z35181798 Znanio saytida tashkil etilgan eng yaxshi redagog loyihasida ishtirok etib diplomlar bilan taqdirlangan (diplomlar ilova qilinadi).
Botirova Xilola Tursunbayevna Latviyaning “А VERSATILE TIAECHER” ilmiy jurnalida taxrirchi boʼlib faoliyat yuritadi.
X.Botirova Аndijon viloyatining tumanlardagi MFYlari, akademik-litseylar va kasb-hunar kollejlari, talabalar turar joylarida turli dolzarb mavzularda suhbatlar oʼtkazadi, suhbat va uchrashuvlarda “ZiyoNet” axborot-resurs portali materiallaridan, zamonaviy axborot-kommunikatsion vositalar, axborot-resurs manbalari, xorijiy matbuot nashrlaridan foydalangan holda ish olib boradi. U viloyat va respublikada oʼtkaziladigan innovatsion loyihalar yarmarkalarida muntazam ravishda ishtirok etib keladi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling