Botulina lot. Clostridium botulinum
Botulizm qanchalik jiddiy?
Download 23.59 Kb.
|
botulizm referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Botulizm neyrotoksini (botulotoksin) tanaga qanday ta’sir qiladi
- Botulina (Clostridium botulinum) qanday organizm hisoblanadi
- Botulizm qanchalik keng tarqalgan
Botulizm qanchalik jiddiy?
Botulina neyrotoksini eng kuchli va o’ldiradigan moddalardan biri hisoblanadi. Kamida 1 nanogramm/ kg odamlar uchun halokatli bo’lishi mumkin, va olimlar botulina toksinining taxminan 1 grammi 1 million odamlarni o’ldirishga qodir deb taxmin qilishadi. Toksinning oz miqdori odamlarni o’ldirishga qodir bo’lgani sabab bioterrorizm uchun qurol sifatida ishlatilishi mumkin. Botulizmning barcha shakllari o’limga olib kelishi mumkin va favqulodda holat hisoblanadi. Toksin hazm qilish tizimi tomonidan tez so’riladi, shuning juda ko’p odamlar zaharlangan oziq-ovqatni oz miqdorda iste’mol qilganda ham zaharlanishadi. Botulizm neyrotoksini (botulotoksin) tanaga qanday ta’sir qiladi? Neyrotoksin aslida nervlarni falaj qiladi, shuning uchun mushaklar qisqara olmaydi. Neyrotoksin nerv hujayralariga kiradi va atsetilxolin chiqarilishini oldini oladi, shuning uchun nerv mushaklarini boshqara olmaydi. Agar asab tolalari neyrotoksinga qarshi tura oladigan yangi aksonni qayta tiklay olmasa, nerv-mushak o’rtasidagi falajlik doimiy qoladi. Shu bois botulizmdan qutilish uchun juda uzoq vaqt talab etiladi va neyrotoksinni kosmetik va terapevtik maqsadlarda ishlatiliganda nisbatan uzoq vaqt davomida samarali bo’ladi. Botulina (Clostridium botulinum) qanday organizm hisoblanadi? Clostridium botulinum butun dunyo bo’ylab keng tarqalgan bakteriyalar turidir. Bakteriyalar anaerobik hisoblanadi, ya’ni bu organizmlar kislorodning past yoki umuman bo’lmagan darajalarida yaxshi o’sib rivojlanadi. Clostridium bakteriyalari o’sish uchun qulay sharoitlarga duchor bo’lgunga qadar yashashlari uchun imkon beruvchi sporlar hosil qiluvchi Gram-pozitiv tayoqchasimon bakteriyalardir. A dan Ggacha harflar bilan ko’rsatilgan yetti turdagi botulina neyrotoksinlari mavjud. Faqat A, B, E va F tipdagi botulotoksinlar odamlarda kasalliklarga olib keladi. Botulizm qanchalik keng tarqalgan? Konservalash jarayonlaridagi yangi texnologiyalarni qo’llash, ayniqsa, uyda konservalash yoki uyda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan oziq-ovqat mahsulotidagi botulizmning yillik soni butun dunyo bo’ylab 1000 ta atrofigacha kamaydi. Qo’shma Shtatlarda har yili o’rtacha 110 botulizm holati xabar qilinadi. Ularning 25 foizi oziq-ovqat bilan bog’liq botulizm, taxminan 72 foizini chaqaloqlar botulizmi va qolgan qismi (taxminan 3 foiz) — yaqinda paydo bo’lgan yarali botulizmdir. Ikki yoki undan ortiq odamni o’z ichiga oladigan oziq-ovqat botulizmi odatda, zararlangan konserva mahsulotlarini ishlatishdan kelib chiqadi. So’nggi yillarda oziq-ovqat va bolalarni botulizm hollari soni juda kamaygan. Download 23.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling