Botulizm xаvfli kаsаllik!
Download 67.5 Kb.
|
БОТУЛИЗМ ХАВФЛИ КАСАЛЛИК
BOTULIZM XАVFLI KАSАLLIK! BOTULIZM — anaerob tayoqcha va maʼlum boʼlgan barcha bakteriya ekzotoksinlari ichida eng kuchli hisoblanadigan shu tayoqcha toksini tushib qolgan masalliqlarni ovqatga ishlatish natijasida paydo boʼladigan ogʼip infektsion kasallikdir. Kasallik qisqa inkubatsion davrdan keyin koʼngil aynishi, qayt qilish, qorinning juda toʼlib ketgandek sezilishi va dam boʼlib turishi, ogʼiz qurishi, qattiq chanqash bilan birdan boshlanadi; kasallikning ilk alomatlari jumlasiga yutish qiyinlashib qolishi, tomoqning achishib turishi, ovoz bugʼilib qolib, chiqmay quyishi, koʼz yuqori qovogʼining past tushib qolishi (ptoz), koʼz qorachiqlarining kengayib, katta-kichik boʼlib turishi (anizokoriya), gʼilay boʼlib qolish, narsalarning koʼzga ikkita boʼlib koʼrinishi, muskullarning nixoyat darajada zaiflashib qolishi kiradi. Kasallik ogʼir oʼtadigan boʼlsa, nafas izdan chiqib, odam hansirab qoladi, bugʼilib qolib, nafas tuxtashidan oʼlib ketishi ham mumkin. Tekshirish uchun bakteriologik laboratoriyaga ovqatga ishlatilgan masalliqlarning qoldiqlari, bemor qusugʼining massalari va meʼdasi yuvilganida chikqan suvlar, axlati yuboriladi; toksinni topish uchun kasalning qoni tekshirishga olinadi. Tekshirishga olingan materiallar ogʼzi markam bekitiladigan steril idishda sovuqda saqlanadi. Bemorlar albatta kasalxonaga yotqizilishi kerak. Tezda meʼdasi sodali eritma bilan yuviladi. Botulizm bilan ogʼrigan bemorda meditsina hamshirasi shu muolaja vaqtida talaygina qiyinchnliklarga duch keladi; yutish refleksi yuqolib, epiglottis parez bulib qolganligi munosabati bilan zond nafas yuliga tushib qolishi mumkin, shuning uchun meʼdani yuvishdan avval zondning unda turganligiga ishonch hosil qilmoq zarur. Yuqoriga chiqadigan yoki sifon klizma oʼrinli boʼladi. Toksinni neytrallash maqsadida Bezredka metodi buyicha botulizmga qarshi zardob qoʼllaniladi. Zaharning kuchini kesadigan, yaʼni dezintoksikatsion davo tuz eritmalari, glyukoza va plazmaning urnini bosadigan preparatlar (gemodez) yuborib turishdan iborat boʼladi. Аntibiotiklar, yurak tomirlarini quvvatlaydigan preparatlar, V gruppa vitaminlari, rekonvalestsentsiya davrida — fizioterapevtik muolajalar, shifobaxsh fizkulьtura, massaj buyuriladi. Nafas aynagan mahallarda bemorni apparatlar yordamida sunʼiy nafas olishga oʼtkaziladi, bu ishni maxsus oʼrgatilgan meditsina hamshiralari bajaradi. Individual post tashkil qilinadi. Bemor suyuq oziqli aralashmalar bilan zond orqali Ovqatlantirib turiladi. Palata shamollatib turiladigan, issiq va tinch bulishi kerak. Botulizm - ovqatdan zaxarlanishlar ichida ogʼir kechadigan kasallikdir. Bu kasallik botulizm tayokchalari bilan zararlangan ovqat isteʼmol qilinganda vujudga keladi va markaziy asab tizimini shikastlanishi bilan kechadi. Botulizm tayokchalari tabiatda keng tarkalgan bulib, tuprok, suv, xayvon, baliqlar ichagida uchraydi va qobik ichida yillar davomida saqlanadi. Kislorodsiz va kulay sharoitda koʼpayadi xamda inson uchun xavfli bulgan zaxarli toksin ishlab chikaradi. Botulizmning asosiy sabablari Kasallik odamda uy sharoitida termik ishlov berish koidalariga amal kilinmay tayyorlangan konserva (sabzavot, meva, qoʼziqorin, goʼsht, baliq), dudlangan tovuq gushti, kolbasa maxsulotlarini isteʼmol qilinganda kelib chikadi. Konservalash jarayonida gigienik va texnik qoidalarga rioya qilinmaslik natijasida, mikrob konserva bankasida yopiq muxitda tez rivojpanadi. Sifati buzilgan konserva maxsulotlari ichida gaz yigʼilishi natijasida kopkogʼi koʼtarilib qoladi (bombaj). Kasallik qanday kechadi: Kasallik zararlangan ovqat isteʼmol qilingandan 12-24 soat oʼtgach, yoki 1-5 kundan keyin boshlanadi. Zaxar (toksin) ichakda tez soʼrilib, qonga oʼtadi va butun organizmga tarqalib, asab tizimini, shu bilan birga mushaklarni shikastlaydi. QUYIDАGI BELGILАR KUZАTILАDI: • Odamning boshi ogʼriydi • Kungli aynib, qusadi • Ogʼzi quriydi • Koʼz oldi qorongʼilashib, narsalar qoʼshaloq boʼlib koʼrinadi • Koʼz qorachigʼi kengayadi • Nutqi buziladi (afoziya) • Nafas olishi qiyinlashadi • Yutinishi qiyinlashadi • Yuragi toʼxtab kolayotgandek tuyuladi • Qorin dam boʼlib, ich qotadi. YUQORIDАGI BIRORTА BELGI KUZАTILSА, ZUDLIK BILАN ShIFOKORGА MUROJААT KILING. Uy sharoitida konserva tayyorlash jarayonida xar bir inson sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilishi kerak; Konserva maxsulotlarini tayyorlashda (sabzavot-meva, qoʼziqorin va koʼkatlarni) sifatiga axamiyat berish kerak; Sabzavot-mevalar tuproq bilan ifloslanishi mumkin, shu bois ularni oqar suvda, soʼng qaynatilgan suvda yaxshilab yuvish kerak; Maxsulotlarni yuqori xarorat ostida 20 daqiqadan kam boʼlmagan vakt davomida kaynatish kerak; Nordon boʼlmagan (bodring, yashil noʼxot) maxsulotlaridan konserva tayyorlashda ularga uksus kislotasi kushishni unutmang; Uy-sharsitida baliq va goʼsht maxsulotlaridan konserva tayyorlamaslik kerak; Konserva maxsulotlarini qorongi va salkin joyda saklang. QOPQOGʼI KOʼTАRILGАN KONSERVА BАNKАLАRNI OChIB ISTE’MOL QILISh MUMKIN EMАS. Navoiy viloyat asab ruhiy kasalliklar dispanseri navbatchi hamshirasi Namozova Diloromning BOTULIZM-HАVFLI KАSАLLIK mavzusida tayyorlagan MA’RUZASI Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling