Boxanova Asemgul


Download 17.19 Kb.
bet2/6
Sana07.11.2023
Hajmi17.19 Kb.
#1753580
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boxanova Asemgul slayd mehnat va muhandislik psixologiyasi

2.Professiografiyaning psixologik asoslari. Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy bilim, malaka, koʻnikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni oʻrganish uchun shunday belgilardan foydalanildiki, ular yordamida kasbiy toliqishning keltirib chiqaradigan omillarini aniqlaydi. Shunday qilib, profesiografiyaning differensial tamoyili kasbning oʻrganish usullarini uning tavsifi, mazmuni, shuningdek, qoʻllanilish sohasi ya’ni professiografiya oʻtkazish xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. Maqsadlari quyidagi faoliyat sohalari bilan bogʻlangan boʻlishi mumkin: 1. Ishchilar attetsatsiyasi. 2. Yangi kasblar mutaxassisliklarni loyihalashtirish. 3. Optantlar profkonsultasiyasi va mutaxassislar tanlovi. 4. Kasbiy ta’lim malaka tayyorgarligi va malaka oshirishni takomillashtirish. 5. Shaxs kasbiy rivojlanishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar. E.M.Ivanova professiografiyaning 4 ta guruhini taklif etadi: ma’lumotli, diagnostik, prognostik va metodik.

Informatsion (ma’lumotli) professiografiya oktantlar, ya’ni, kasb tanlash zaruriyati oldida turgan shaxslar bilan kasbiy maslahat ishlari uchun moʻljallangan. Ular qatoriga oʻquvchilar, kasb bilim yurtlari bitiruvchilari, ishsizlar va kasblarni almashtirmoqchi boʻlganlar kirishi mumkin. Informatsion professiografiya ishlari maxsus kasbiy adabiyotlarni tahliliy va hujjatlarni oʻrganish orqali amalga oshiriladi. Diagnostik professiografiyalash mehnat samaradorligining pastligi mahsulot sifatining pastligi, avariya holati, travmatizm, kadrlar qoʻnimsizligi sabablarini aniqlash uchun oʻtkaziladi. Diagnostik professiografiyalash quyidagi masalalarni oʻz ichiga oladi. 1. Faoliyat mazmuni: Mehnat predmeti va masalalari. Ish natijalari sifatiga qoʻyiladigan talablar. 2. Mehnat qurollari: Ish turi va tartibi. Boshqarish organlari. Ish joyini tashkil etish. 3. Mehnat sub’yektining faoliyati: Harakat turlari va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri. Kasb faoliyatiga xalaqit beruvchi omillar. Mehnat jarayonida uchraydigan xatolar, brak, travmalar turi. 4. Mehnat sub’yektining faoliyati: Ishchilarning oʻzaro aloqalari tuzilmasi. Ishni rejalashtirish va nazorat. 5. Kasbning mehnat sub’yekti shaxsiy psixologik va psixofiziologik sifatlariga qoʻyiladigan talablar. 6. Mehnat sub’yekti faoliyatining past samaradorligi sabablarini tashxisi. 7. Kasbiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha amaliy - eksperimental tekshiruv.


Download 17.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling