Boy ota, kambag’al ota
Download 25.81 Kb.
|
BOY OTA
BOY OTA , KAMBAG’AL OTA 1. Bilim – yutuq asosi . 2. Har bir inson agar shunga intilsa , farovonlikka erishishi mumkin . 3. Pulning yetishmasligu barcha ofatlarning boshlanishi . 4. “Men buni qanday qilishim mumkin” deb o’z miyyangni ishlashga majburlaysan . 5. Eng qudratli kompyuter ya’ni miyyangni mashq qildirib tur ! 6. “Dangasalik” sog’lig’ing va boyliging imkoniyatlarini yo’qqa chiqaradi . 7. Pul bu – kuch . 8. Men pulga ishlamayman , pul menga ishlaydi . 9. Eng qudratli kuch – moliyaviy bilim . 10. Imkoniyatlar keladi va ketadi . Tez qaror qabul qilishni o’rganish zarur . 11. Mening uyim – passiv . 12. Hayot – eng yaxshi o’qituvchi . Hayot sen bilan gaplashmaydi . Hayot maktabi hamma tomoningdan uriladigan turtkiga o’xshaydi . Har bir turtki – hayot so’zi “Uyg’on!” Seni nimagadir o’qitmoqchiman degani . 13. Muammoni har doim sening miyyang hal qiladi . 14. Kambag’al va o’rtahol aholi pulga ishlaydilar , boylar pulni o’zlariga ishlashga majbur qiladilar . 15. Avval pulsiz qolish qo’rquvi bizni zo’r berib ishlashga majbur qiladi . Pulga ega bo’lsak , turli xil buyumlarni sotib olish istagi paydo bo’ladi. Bora-bora istaklar va xasislik to’riga ilinamiz . Shunda hayot qolipi namoyon bo’ladi . Mana shu “kalamushlar poygasi” deyiladi . 16. Ish – doimiy uzoq vaqtli muammoning qisqa vaqtli yechimi . 17. Kambag’allikning asosiy sababi – bilimsizlik . 18. Pul sizning hayotingizni boshqarishiga yo’l qo’ymang . 19. Boy odamlar pulning sarob ekanini bilishadi . 20. Miyyangizdan foydalaning . Ko’chaga chiqib shunchaki hayotni kuzating . Aqlingiz sizga tezda ko’p pul ishlash yo’lini ko’rsatadi. 21. Boylik qurishni daraxt o’tkazishga qiyoslash mumkin . Siz unga yillar davomida suv quyib turasiz. Bir kun kelib suv quyish xojati qolmaydi . Daraxt endi yaxshi hosil va soya bera boshlaydi . 22. Ko’plab odamlar pul muammosiga zo’r berib , asosiy boyligimiz bo’lgan bilim olishdan uzoqlashmoqdalar . Agar odamlar o’zlarini o’zgartirib , yon-atrofda nima bo’layotganini kuzatgan holda o’qib-o’rganib borsa , boy bo’averadi . Agar pul ular muammosini hal qiladi deb o’ylasalar ularni jiddiy sinovlar kutadi . 23. Moliyaviy bilimsiz pul – tezda yo’q bo’ladigan pul . 24. Agar boy bo’lishni xohlasangiz moliyaviy bilimingizni oshiring . Fundamentni mustahkam qiling . 25. Farzandlaringizni moliyaviy bilimdon qilib tarbiyalang . O’qiting . O’qitish jarayonini iloji boricha osonroq yo’lidan boring : rasm, diagramma, sxemalardan foydalaning . 26. 1-qoida Aktiv va passiv orasidagi farqni bilishingiz zarur va aktiv sotib oling . Bu juda oddiy ko’rinsa ham boy bo’lishingiz uchun yetarli . 27. Boylar aktiv sotib olishadi . Kambag’allar va o’rtahollar aktiv deb o’ylab passiv sotib olishadi . 28. « Aktiv » pulni sening cho’ntagingga qo’yadi . « Passiv » pulni sening cho’ntagingdan oladi . Mana shuni o’zingiz uchun yaxshilab tushunib oling . 29. Noto’g’ri fikrlash pul hamma mummolarni hal qiladi deb o’ylashdir. 30. Axmoq va uning puli ham axmoq . 31. Pulni tejab sarflash , kimdir sizni aldab ketishiga yo’l qo’ymaslik , oz-oz lekin aql bilan ishlatish , « nima qilsam pul menga ishlaydi ?» degan savolni berib , pul xarajat qilishni o’rganish zarur . 32. Ko’p pul muammoni hal qilmaydi . Bu yerda faqat aqlni ishlatish yordam beradi . 33. Yaponlar 3 ta kuchga ishonganlar : qilich kuchi , boylik kuchi va ko’zgu kuchi . Qilich kuchi – qurol-aslaha kuchini ifodalaydi . Boylik – pul kuchini ifodalaydi . ( kimki tillaga ega bo’lsa qonun-qoidalarni o’sha belgilaydi ) Ko’zgu esa o’z-o’zini anglashni ifodalaydi . O’zini anglash kuchi boshqalaridan qadrliroq . 34. Qaysi sohada bolmasin bazan tavakkal qilishni o’rganish zarur ! 35. To’da fikrig ergashmang . « odamlar nima derkin » degan andishaga bormang . har bir hodisa bo’yicha o’z fikringiz bo’lsin. Hech qachon « ko’pchilik shunday qilyapti biz ham shunday qilamiz » demang . 36. Men buni qilolmayman deb hech qachon aytmang. « Buni qanday qilishim mumkin ? » deb ayting . 37. Maktab ish beruvchilarni emas , ishchilarni tayyorlashga mo’ljallangan . 38. Investitsiya qilish o’rniga uy sotib olsak , cho’ntagimizga pul tushmaydi , aksincha pul cho’ntakdan chiqadi . natijada moliyaviy muammolarimiz ortib boradi . Iloji boricha vaqtliroq bo’sh mablag’ni foyda keltiradigan aktivga xarajat qilish kerak . Men uy sotib olmang demayapman . Men aktiv bilan passiv farqini biling demoqchiman. Agar avval aktiv sotib olsangiz cho’ntagingizga tushadigan pul kelishini va qarzga botmaslikni ta’minlaydi . Aktiv ko’pligi pul oqimini ta’minlaydi . Endi cho’ntagingizga pul tushiradigan , ya’ni foyda keltiradigan aktiv sotib olishga harakat qiling .Bu eng yaxshi yo’l . Passiv sotib olmang va xarajatlaringizni iloji boricha qisqartiring . Aktivga ko’proq mablag’ni yo’naltirish lozim . Investitsiya tavakkal ish emas . Investitsiya , aktiv , passivdan bexabarlik tavakkalga olib keladi . Ishchi sifatida biror shaxsiy korxonada yoki davlat korxonalarida ishlab, ularni boyitasiz . Boshqalarga ishlash – mehnatingiz samarasining sezilarli qismini boshqalarga berish degan gap . Siz o’z mehnatingiz samarasini o’zingiga va oilangizga yo’naltirishni o’rganishingiz zarur . Boylik bu – insonni cho’kib ketmasidan suv yuzasida qancha muddat tura olishidir . Aniq qilib aytganda : agar men bugun ishlashni to’xtatsam qancha muddat tirikchilik qila olishim mumkin ? Boylik aktiv pul oqimi bilan xarajat grafikasi o’rtasidagi farq bilan belgilanadi . Agar mening umumiy foydam xarajatlarimdan ko’p bo’lsagina , men boy bo’laman . Klient ko’p bo’ladigan , odamlar eng ko’p yuradigan ko’chalar burchaklari va chorrahalar kesishadigan yerlarda biznes qil . Moliyaviy qaram bo’lmaslik uchun odam o’z biznesi haqida o’ylashi kerak . Aktiv va passiv orasidagi farqni bilib , aktiv sotib olish lozim . Boylar o’z e’tiborini aktiv sotib olishga qaratadilar . Insonlaer o’z mablag’larini ortiqchasiga aktiv sotib olishsagina moliyaviy qaramlikdan qutilishadi . Kasbingiz bo’yicha ishlashni davom ettirib o’z biznesingiz haqida o’ylang . Aktiv sotib ola boshlang . Yangi mashina sotib olingan joyidan chiqishi bilan narxining 25 %ini yo’qotadi . BU AKTIV EMAS ! Janib kattalar ! Xarajatlaringizni iloji boricha qisqartiring . Passivni ya’ni foyda keltirmaydigan yoki zarariga sotiladiganmulk olmang . Baquvvat aktiv asosini qurishga o’ting . Quyidagi aktivlarni tavsiya qilaman : a)Mensiz ishlaydigan biznes . Mening mulkim lekin men ishlashim shart emas bo’lgan biznes Agar men ishlashim shart bo’lsa , bu biznes emas mening ishim bo’ladi . b) Patent kabi intelektual mulkdan keladigan avtor ganarari . c) va boshqa yuqori foyda keltirib tez sotiladigan ishlar . Men hech kimni kompaniya tuzishga chaqirmayman , toki ularning o’zlari bunga tayyor bo’lmasalar . O’z kompaniyangiz bo’lishi zarurati bo’lgandagina uni tuzishni tavsiya qilaman . Aks holda, kasbingizda ishlab turib o’z biznesingiz haqida o’ylashingiz kerak . O’z biznesingiz haqida o’ylang deganimda , Aktivni ko’paytirib , uning asosini baquvvat qilishni nazarda tutaman . Hatto bir dollar bo’lsa ham, aktivga qo’shilsin. Uni bekorga chiqib ketishiga yo’l qo’ymang . Chunki aktivga tushgan har bir dollar sizning ishchingizga aylanadi . Bu pullar tinimsiz 24 soat ishlaydi , hatto bir necha avlod uchun ishlashi mumkin. Asosiy ishingizdan ayrilmang . Lekin aktivni mustahkamlashda davom eting . Foydangiz ko’payganidan keyingina hashamatli uy jihozlarini sotib olishingiz mumkin. Boylar bunday jihozlarini oxirida olishadi . Kambag’al va o’rtahollar esa ularni birinchi galda sotib olishga harakat qilishadi : katta uy , tilla zeb-ziynatlar , brilliantlar , qimmatbaho mashinalar , dala hovlilar va boshqalar . Ular o’zlarini xuddi boylardek ko’rsatmoqchi bo’ladilar . Avvaldan pullari ko’p bo’lgan boylar esa, oldin aktivni ko’paytirib yetarlicha foyda keltirgandan keyingina kerakli buyum sotib olishadi . Masalan , mening ayolim ko’p xonali uylardan olgan foydasi hisobidan “Mersedes” avtomobilini xarid qildi . U mashina olish uchun zo’riqib ishlagani yo’q . Faqat avval pulini aktivga sarfladi . Aktiv foyda keltirgandan keyingina mashina sotib oldi . Natijada aylanma mablag’ o’ziga qoldi . Boshqalar esa mashina yoki boshqa qimmatbaho buyumlarni kreditga sotib olib qarzga botadilar . Vaqtingizni bekorga sarflamasdan , pulingizni investitsiya qilib , o’z biznesingizni yo’lga qo’yibgina boylarning siri tomon qadam qo’yishingiz mumkin . Bu sir boylarning boshqalardan oldinda yurishiga yo’l ochadi . Bu sir vaqtini bekorga sarflamaganlar uchun yo’lning oxirida katta mukofotlar tayyorlab qo’yadi !!! Hukumat rasmiylari ko’paygan sari ularni ta’minlash uchun shuncha ko’p pul kerak bo’ladi va soliqlar ko’paya boradi. Foyda oshsa xodimlarni ham moddiy rag’batlantirish kerak . Amerikada korparatsiya tuzilishining asosiy sababi shunda ediki , korparatsiyada soliq individual soliqdan ancha kam edi . Do’stlarim orasida shundaylari borki , ular hokimiyat yoki soliq inspeksiyasi bosimi ta’sirida o’z bizneslarini to’xtatganlar . Siz aslo bunday qilmang . Kuch – bilimda ! Pul ishlash bilan kishida o’ziga ishonch ortadi . Yana ham kuchli irodali bo’ladi . Pulni ushlab qolish va ko’paytirish uchun ham bilim zarur . Ish yuritishda rahbarlar emas , ulardan ham ko’proq soliq inspeksiyasi seni bezovta qiladi . Unga bo’sh kelsak , iloji boricha sendan ko’proq yulib olishga harakat qiladi . Pulga ishlamasdan pulni o’zingizga ishlatish “hokim” tushunchasiga taalluqi . Agar siz pulga ishlasangiz ish beruvchi sizning ustingizdan hokim . Agar pulni o’zingizga ishlashga majbur qilsangiz siz hokim ! Pul qonunlarini yaxshi bilish kerak , buni bilmagan nodonlar ko’p kaltak yeydi . “Aqlli bo’l – seni hech kim yengolmaydi” shioring bo’lsin . Qonunlarni yaxshi bil va qonunlarga bo’ysun . Agar haqligingni bilsang o’z manfaatlaringni qattiq turib himoya qila olasan . Asosiy ishingizdan ayrilmagan holda , o’z biznesingiz haqida o’ylang . Maqsadingiz aniq bo’lsin . O’z biznesingizni vaqtli boshlab , asosiy ishingizda ko’proq mehnat qilib , pul yig’ing va bu mablag’ni investitsiya qiling . Moliyaviy bilimlar to’rt yo’nalishdagi bilimlardan iborat . 1) Buxgalter hisob kitoblari – bu moliyaviy bilimdonlik . Katta pul aniqlikni yaxshi ko’radi . Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish , kerakli xulosa chiqarish va ishingizni to’g’ri yo’lga qo’yib borish katta ahamiyatga ega . 2) Investitsiyalashni o’rganish . 3) Bozorni o’rganish . Hozir bozorga nima kerakligini bilish zarur . Biror ishga pul tikishdan avval , bozorda shu narsaga talab bormi ? buni bilish va sezish kerak . Talab va taklif bir-birga mos bo’lishi katta ahamiyatga ega . Xuddi shu narsa aktsiya , obligatsiya, ko’chmas mulkka ham tegishli . 4) Iqtisodiy qonunlarni bilish . hujjatlarni to’g’ri yurgizish muvofaqiyat sari boshlaydi . Moliyaviy bilimlar – ko’p bilimlar yig’indisi va talantdan iborat . Korporatsiyada buxgalter hisoboti, investitsiya , bozorni o’rganish va qonuniy ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa juda tez boyib ketish mumkin. Inson imkoniyatlarini ochilishiga faqat texnik informatsiyani yetishmasligi emas , balki o’z kuchiga ishonmaslik ham ta’sir qiladi . Haqiqiy hayot – akademik bilimdan uzoq va odamlardan ko’proq narsani bilishni talab qiladi . AKTIVLIK, QAHRAMONLIK, CHAQQONLIK, KURASHUVCHANLIK, IRODALI BO’LISH va shunga o’xshash ijobiy sifatlar uning kelajagiga universitet bilimiga ko’ra ko’proq ta’sir qiladi . Haddan tashqari qo’rquv , o’z kuchiga ishonmaslik inson dahosini chilparchin qiluvchi eng katta sababdir . Moliyaviy daho ham texnik bilimni , ham qo’rqmaslikni talab qiladi . Tavakkal qilishni o’rganing qiyinchilik oldida to’xtab qolmang . Bugun informatsiya boylik keltiryapti . Kim yangi informatsiyaga ega bo’lsa boylikka ega . Kim hayotga jiddiy qarasa – dunyo haqida ko’p narsa biladi. Bizning eng baquvvat va yagona aktivimiz – bu aqlimiz , miyyamiz . Agar u mashq qilishga o’rgangan bo’lsa, bitmas-tuganmas boylik keltirishi mumkin. Men moliyaviy bilimimni charxlab zamon oldida yuraman . orqada sudralishni yoqtirmayman . Biror narsa arzonga tushib qolsa, uni olib tezda sotish imkoni bo’lsa , zudlik bilan sotib ol . Bu pul ishlashni eng oson yo’li . Moliyaviy iqtidoringizni oshirish uchun biroz vaqt sarflab , aqlni kuchaytirib , “AKTIV”ni ko’paytirishni o’rganing . Agar paydo bo’lgan imkoniyat haddan tashqari murakkab bo’lsa, bunga tushunmasangiz , yaxshisi qo’l urmang . Oddiy matematika va sog’lom fikr moliyaviy yutuqqa olib boradigan omil hisoblanadi . Maqsadga erishish uchun : a) ko’proq narsani o’rganing . b) bilim asoslari kuchli bo’lsa ishlar tez yurishib ketadi . c) har bir odam boyib ketishi mumkin. d) maqsadga yetishning millionlab usuli mavjud. e) bu murakkab raketa qurish emas. Muammolarga duch kelmaslik uchun texnik bilimlar, aql, donolik va ishga muhabbat kerak. Xato va yutqazishlar sizga nimanidir o’rgatadi . Chaqaloqlar yurishni o’rganayotganida yiqiladi, turadi . Yiqiladi yana turadi . Shunday qilib o’rganadi . Pul ishash ham shunga o’xshaydi . Boshqalar e’tibor bermagan ko’rmagan narsalarni ko’ring . Siz aqlingiz bilan boshqalar ko’zi bilan ko’rmagan narsalarni ko’rasiz . Aqlli odamlar bilan muloqotda bo’ling . Aqlli odamlar o’zlaridan aqlli odamlar bilan ishlaydilar yoki o’zlaridan aqlli odamlarni yollab ishlatadilar . Maslahat zarur bo’lganda maslahat beruvhi o’zingizga nisbatan aqlli bo’lsin. Nimani bilsangiz bu sizning boyligingiz . oxiri nima bo’lishini bilmay bir ishga qo’l urish tavakkalchilik . “Tavakkalning boshi kal” deb bekorga aytishmaydi . Mening tavsiyam – yuqorida aytilganidek – buxgalter hisoboti, investitsiya, bozor va qonunlarni o’rganish boylikka olib keladi . “Sen oz-oz bo’lsa ham hamma sohadan xabardor bo’lishing kerak” barcha sohada ishlab ko’ring . Maktabdoshlaring dam olib yurgan vaqt : odamlarni, savdoni, biznes yo’nalishlarini o’rgan . “Yaxshisi 30 yoshgacha xonavayron bo’lish. Chunki hali to’g’irlashga vaqt va imkon bor” Birinchi qadamni qo’yish qiyin , keyin hammasi o’rniga tushadi . Hayot gimnastika zaliga qatnashni eslatadi .Bir bor zalga kirib mashg’ulot qilsangiz , undan zavqlanasiz . Keyin esa bu odatga aylanadi . Talantli odamlar kambag’alligining sababi ular asosiy kuchini o’z kasbiga yo’naltirib , biznes qilishni bilishmaydi . Yutuqqa ega bo’lish uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur : 1) Pul oqimini boshqarish 2) Sistemalarni boshqarish . (o’zing va oilangni ham) 3) Odamlarni boshqarish . Marketing va savdo-sotiq bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lish kerak . Odamlar bilan muloqotga kirishish , xaridor bo’lish , ishchi , boshliq , yoki yaxshi er , yaxshi ayol bo’lishni o’rganish juda zarur . Odamlar bilan munozara qilishni , o’z ta’sirini boshqalarga o’tkazishni , o’zaro kelishuvlar tuzish va shunga o’xshash xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirganlaryutuqqa erishadi . Bir joyda qolmasdan doimo o’z bilimingiz o’sib borishi ustida ishlang . Turli kurslarda o’qing , biznes trenerlar seminarlarida qatnashing . Bilimingizni oshiring . Turli sohalarda biznes qiling . Qaysidir soha ishi to’xtasa ham boshqasi sizni xonavayron bo’lishdan asraydi . (agar sportchi jarohat olib sportdagi faoliyatini davom ettira olmasa nima bilan shug’ullanadi ?) Oz-ozdan bo’lsa ham har xil sohlarni o’rganing . o’zingizdan aqlliroq odamlar bilan ishlang . O’z ishining ustalarini yig’ib bir-butun komanda tuzing . Agar siz odamlar bilan muloqotga kirishishni o’rganib olsangiz , hamma ishlaringiz oson kechadi . Do’stlarim orasida aqlli daholari bor , lekin odamlar bilan muloqotga kirishishni bilmaydilar. Natijada daromadlari juda oz . “Olish uchun avva berish kerak” xayr-ehsondan pul ayamang . Muhtojlarni ko’rsangiz albatta ehson qiling . Pul tarqatish ko’p boy oilalar siri hisoblanadi … “avval ber keyin olasan” Odamlarni moliyaviy erkinlikka erishishlariga halaqit beradigan sabablar va ularni yengish . a) Qo’rquv b) Surbetlik c) Yalqovlik va dangasalik d) Yomon odatlar e) Kekkayish kibr-havo Qo’rquv – pulni yo’qotish , puldan ayrilish qo’rquvi . Qo’rquv normal holat , hayron bo’ladigan joyi yo’q . Barchamiz qayerdadir qahramonmiz , qayerdadir qo’rqoqmiz . “Agar tavakkav va xavotirni yoqtirmasang unga avvaldan tayyorgarlik ko’r” Pul yig’ishni yoshlikdan o’rganish zarur , toki bu odat tusiga kirsin. Nafaqaga chiqish vaqtingizda nimaga ega bo’lishingizni oldindan hisob-kitob qilib , shunga tayyorgarlik ko’rib boring . “Yutish bu yutqazishdan qo’rqmaslik” . Odatda yutuq yutqazishdan keyin keladi. Velosipedda uchishni o’rgangunimcha juda ko’p marta yiqilganman . Yutqazib qo’yishdan qo’rqmang , aktiv grafikangizni ko’paytiring . Bu ancha yengil katta bilim kerak emas. Lekin bu sizdan qat’iy mas’uliyat talab qiladi . Surbetlik – Qo’rquv va ikkilanishaql-idrokimizni egallab olsa, ichimizda uyatsiz surbet jo’ja paydo bo’ladi . Ikkilanish bizni shol qilib harakatdan to’xtatadi . Mening nuqtai-nazarim shuki – Shubha , qo’rquv va surbetlik odamlarni kambag’allikka boshlaydi . O’zini boshqalardan aqlli k=hisoblaganlar hech qachon yutmaydilar . Tanqid odamlar ko’zini ko’r qilsa , tahlil ular ko’zini ochadi . Tahlil qiluvchilar ko’r tanqidchilar nazaridan qolib ketgan imkoniyatlarni ko’rib , boylik sandig’i kalitini qo’lga kiritishadi . Shuning uchun siz ham ichingizdagi kichkina jo’jani , sizni qo’rquvga xavotirga qo’yadigan jo’jani qovurib tashlang . Har doim oila birinchi o’rinda . Biz nima qilsak oila uchun qilamiz . Haddan tashqari ish bilan bandligini bahona qilib , o’z sog’lig’i va oilasiga vaqt ajratmaslik oxiri voy ! Inson juda-juda kuchli u hamma narsaga qodir . Faqat aqlni ishlatib , zamonga moslashib harakat qilish zarur . Dangasalikni yengish – Ozgina qizg’anchiq ozgina baxil bo’ling . Nimanidir yaxshirog’iga ega bo’lish istagi , boyroq bo’lish istagi , mashina , hovli sotib olish istagi sizni harakat qilishga majburlasin . Shunda yangi ixtirolar paydo bo’ladi . Lekin juda baxil , juda ham qizg’anchiq bo’lmang bu ham halokatga olib borishi aniq . Kibr va kekkayishni yengish – “Nimani bilsam u bilan pul ishlayman . Nimani bilmasam undan pul yo’qotaman . Har gal kibrga berilganimda men pulimni yo’qotaman. Kekkayganimda nimani bilmasam , u muhim emas deb tushunaman” Kibr har doim seni zararingga ! Agar qaysidir masalada aqling yetmay qolsa , yaxshi mutaxasis izla va albatta topib u bilan maslahatlash .Juda bo’lmasa kitobga murojaat qil . Qaysi mahsulotning reklamasi kuchli bo’lsa o’sha ko’p sotiladi. Moliyaviy daho hammamizda mavjud . Uni turtib uyg’otishingizni kutib , yotib uxlaydi . “Qachon meni chaqirar ekan?!” deydi . Moliyaviy dahongizni uyg’otish uchun quyidagi o’n qadam tavsiya qilinadi . 1) Voqeilikdan yuqori ko’tarilish uchun menga sabab kerak . Ruh kuchi zarur . Olimpiadada suzish uchun har tongda 3 soat mashq qiladigan , so’ngra darsga boradigan , turli ko’ngilochar kechalarga bormaydigan ayoldan “bunga qayerdan shuncha kuch olasiz” deb so’raganimda u : “men buni o’zim va sevgan odamlarim uchun qilaman Insonlarga bo’lgan sevgim to’siqlarni yengishga va o’zimni qurbon qilishga kuch bag’ishlaydi” deb javob berdi . Sabab yoki maqsad – “Istayman” va “Istamayman” so’zlari birikmasidan iborat . 1-o’rinda “Istamayman” chunki u “Istayman”ga yetaklaydi . Men bir umr ishlashni istamayman , topilgan daromadning yarmini davlatga topshirishni istamayman, dadamni bir umr ishlashini istamayman , otam keksayganda qashshoq bo’lishini istamayman . Endi “Istayman” haqida. Men erkinlikda butun dunyo bo’ylab kezib , o’zimga yoqqandek yashashni istayman. Yoshliimdanoq shuni istayman, biror narsaga qaram bo’lmaslikni istayman. Pul menga ishashini istayman. Qirq yoshimda erkinlikka erishmoqchiman. Kuchli sabab bo’lsa erishish oson . 2) Men har doim tanlash imkoniyatiga egaman. Ko’p boy oilalar munosib o’rinbosar tayyorlamaganliklari uchun tez fursatda boyligidan mahrum bo’lishadi . 90 % aholiga boy bo’lish yoqmaydi . Chunki boylik bosh qotirishni harakat qilishni talab qiladi . Nima bo’lganda ham biz tanlash imkoniyatiga egamiz . MEN BOY BO’LISHNI TANLADIM VA BUNI KUNDAN KUNGA AMALGA OSHIRIB BORAMAN . Bilim olishdan pulni ayama ! 100 barobar bo’lib qaytadi , minimum . Kibr –havoga berilib o’zidan boshqalar bilan hisoblashmaslik , tanqid qilish , eshitmaslik – nodon va xudbinlar ishi . Boylik tezda kelmaydi .Moliyaviy bilimlaringizni oshiring . Agar samolyotni boshqarmoqchi bo’lsangiz , avval bunga o’qish kerak . 3) Do’stlarni ehtiyotkorlik bilan tanlang . Haqiqiy do’stlik kuchini esdan chiqarmang . Do’st tanlashda moliyaviy ahvoliga e’tibor bermang . Do’stlar orqali ko’p narsani o’rganasiz . Foydali kontaktlarni ko’paytiring . Ogohlantiraman – kambag’al va cho’chib qo’rqib qolganlarga quloq solmang. Boylik orttirishdagi muhim jihat – o’z-o’zi bilan rostgo’y bo’lish va ommaga qo’shilib ketmaslik . O’z vaqtida kerakli informatsiyaga ega bo’lish juda muhim . Informatsiyaga ega bo’lishning ochiq yo’li va g’irrom yo’li mavjud . Informatsiyasiz ishingiz hal bo’lmaydi . Do’stlar orttirib ular bilan yaqin bo’lishning sabablaridan biri – ular orqali informatsiyaga ega bo’lish . Informatsiya qayerda bo’lsa boylik o’sha yerda ! 4) Avval bir formulani o’rganib so’ngra ikkinchisiga o’ting . Tez o’zgaruvchan hozirgi zamonda bilimingiz tez eskiradi . Zudlik bilan yangi bilimni o’zlashtirish zarur . 5) Avval o’zingizga to’lang . O’zingizni nazorat qilishni o’rganmoqchi bo’lsangiz armiyada xizmat qiling . Pul ishlab uni behuda sarflashda ma’no yo’q. Hamma e’tiboringizni mahsulotga qaratmay, ko’proq boshqarish ko’nikmalariga diqqat qiling . 1) Pul oqimini boshqarish 2) Odamlarni boshqarish . 3) O’z vaqtingizni boshqarish 1-bo’lib aktivlarni ko’paytir . Daromading xarajatlaringni qoplamay qolgan vaqtda ham birinchi bo’lib o’zingga to’la . O’zingizni nazorat qila olishingiz ruxingiz kuchi , irodangiz kuchi hayot zarbalaridan muhofaza qiladi . Sizga bosim o’tkazishlariga qarshilik qilmang . Bu sizga yana ham ko’proq ishlashga , pul topish yo’llarini axtarishga majbur qiladi . Bekorchi xarajatlarni yo’q qilish zarur bo’lmagan narsalarni sotib olmaslik , umuman hamma joyda tejamkorlik bilan ish tutish yaxshi odat . Men pul sarflamay och o’tiring demoqchi emasman . Isrofga yo’l qo’ymang bo’ldi . 6) Xodimlaringizga yaxshi ish haqi to’lang . O’z ishining ustalariga ya’ni professional xizmatchilarga yaxshi ish haqi to’lash kerak . Chunki ularning ustalik bilan professional bajargan ishlari yana ham ko’proq daromad keltiradi . Shunday ishchilarni topingki , u buyurgan ishingizni yuragidan o’tkazib, mehr bilan bajarsin . Sizga maslahatlar berib-turadigan kerak bo’lsa o’rgatadigan ishchi topsangiz bu sizning eng katta yutug’ingizdir . Texnik masalalarni sizdan ko’ra yaxshiroq biladigan, o’zingizdan aqlliroq odamlar bilan ishlashni o’rganish va ularga yaxshi ish haqi to’lash kerak . Biror ishga pul tikkan investor o’zidan “men qancha vaqtda pulimni qaytarib olaman” deb so’rashi kerak . Albatta hamma investitsiya ham foyda keltiravermaydi . Lekin umumiy foyda zararlarni qoplab yana ortib ham qoladi . Pul – ulkan kuch . Pulga xo’jayin bo’lish uchun undan aqlliroq bo’ling . Shunda pul sizga bo’ysunadi . O’z qahramoningiz bo’lsin. Investitsiya ishlarida ular tajribasidan foydalaning . Ular qanday ish yuritishsa siz ham shunday ish yuriting . Hozirda mening qahramonlarim : Islom Ibrohim, Anvar Abduqayum, Asadbek Ashurov, Ikromjon Tojiddinov . Qahramonlarim millioner bo’lishdi . Men ham uddalayman . Bering sizga o’n barobar ko’p qaytadi . Agar nimanidir olishni istasang avval ber . Mablag’ing kam bo’lganda ham ehson qilib tur . Agar senga nimadir yetishmasa shuni ber , yuzlab minglab ko’payib qaytadi . Bu hamma narsaga taalluqli . Pul, tabassum, do’stlik, sevgi… Men har bir harakatimiz qaytishiga qattiq ishonaman . Eng asosiysi , har qilgan yaxshilik amallarimiz beminnat xuddi shu odamdan qaytishin kutmasdan bo’lishi kerak . Download 25.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling