Men talabaman. Meni universitet dargohiga matematikaga bo‘lgan qiziqishim, shu fanga bo‘lgan muhabbatim yetaklab kelgan. Qolaversa, mana shu fan tarmog‘ining yutuqlari orqali insoniyatga xizmat qilishni istayman


Download 16.29 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi16.29 Kb.
#1057501
Bog'liq
Motivation letter


Men – talabaman. Meni universitet dargohiga matematikaga bo‘lgan qiziqishim, shu fanga bo‘lgan muhabbatim yetaklab kelgan. Qolaversa, mana shu fan tarmog‘ining yutuqlari orqali insoniyatga xizmat qilishni istayman. Ochig‘i, talabaning ham ma’naviy, ham moddiy bir ehtiyoji bo‘ladi. Bugun fanlarga ixtisoslashgan turli o‘quv kurslari mavjud. Ammo ularda ta’lim olish talabadan katta mablag‘ni talab qiladi. Qolaversa, har doim ham ishonchingni oqlab, o‘zing istagan foydali bilimni ololmaysan. Ammo “Oltin fond” guruhi tajribali pedagog ustozlarning o‘quv sohasidagi katta tajribalari, ulkan rejalari asosida tuzilganiga ishonaman. O‘quv dargohimdan uzoqlashmagan holda chuqur bilim egallashni istayman. Go‘yo “Oltin fond” guruhi men kelajakdagi maqsadlarimni amalga oshiradigan orzularim mamlakatidir.
Men universitetda chuqur bilim egallab, diplomimni olgach, mazkur o’zim ta’lim olgan universitetimda ta’lim jarayonini hamda pedagogik faoliyatimni davom ettirmoqchiman. Chunki matematika fani bo‘yicha ilmda ma’lum bir yangiliklar qilish mening asosiy maqsadimdir.
Internet, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalari bugun barcha ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy va hokazo sohalarni o’z ichiga qamrab oldi. Hatto ta’limda ham bu juda muhim. Biroq internet olamida erkin harakat qilishning asosiy omillaridan biri matematik bilimdir. Shu bois men, avvalo, matematika fanini maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan darsliklarni qayta ko‘rib chiqish tarafdoriman. Zero, bugun ko‘pchilik ta’kidlayotganidek, vaqt shiddat bilan tezlashib borayotgan bir paytda vaqtning qadri yo’qolib bormoqda. Buning uchun imkon doirasida ularni ixchamlashtirish lozim bo’ladi. Dunyoda tillarni oson o‘rgatish bo‘yicha turli tajribalar o‘tkazilib, o‘quv-qo‘llanmalar yaratilmoqda. Men ham o‘z fanim-matematikani oson hamda juda tez o‘rganish metodikasini yaratishni va uning ko’pchilikka foydasi tegishini xohlayman. Hatto onlayn o‘quv darsliklari yaratish, ularni mukammallashtirish tarafdoriman. Matematikadan turli kitob-lug‘atlar va onlayn lug‘atlar bu fanning targ‘ibini kuchaytiradi. Shu bois ko‘proq izlanish, chuqurroq bilim egallash zarur.
Agar “Oltin fond” guruhida menga o‘qish nasib etsa, albatta, ustozlarim va universitetimni ishonchini oqlashga harakat qilaman. Imkoniyatlarimni barini ishga solib o‘qishga va’da beraman. Oyim adabiyot o‘qituvchisi ekanliklari uchun uyimizda kitob o‘qishga hamisha rag‘bat bo‘lgan. Oyim mashhur siyosatchilar, yuristlar, ixtirochilar, hatto matematiklar ham badiiy asarlar ko‘p o‘qigan, san’at bilan shug‘ullangan, derdilar va ko’proq bilim egallashimizga sababchi bo’lganlar. Buning natijasida matematika yo‘nalishida ham dolzarb yangiliklar qilishimga ishonadilar. Bizni halol yashashga, millatimizga, ona vatanimizga xizmat qilishga undaganlar. Men ota-onamni ham umid va ishonchlarini oqlashni istayman. Ta’lim va tarbiya har doim birgalikda bo‘lishi kerakligini, hatto matematika darslarida ham bolalarga ham ilm, ham tarbiya ber deb, oyim ko‘p ta’kidlaydilar. Men mana shu guruhda o‘qib o‘rgangan bilimlarni, albatta, kelajakda yaxshiliklarga xizmat qilishiga chin dildan harakat qilaman.
Download 16.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling