Bo’yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning tayanch tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonaning
Download 17.52 Kb.
|
fuqarolik.3
Task: 5 1. Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish masalasini xal etish bo’yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning tayanch tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonaning rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog’lomlashtirish hamda ishlab chiqarish kqvvatlaridan foydalanish darajasini yuksaltirish asosida ishchilar sonini ko’paytirishga erishish rejalashtirilgan. Bu tadbirlar natijasida korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chikarish kuvvatlaridan foydalanish darajasi va ishchilar soni ko’payadi. Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanish dinamikasidagi muxim o’zgarish korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilanish asosida sanoatda chukur tarkibiy o’zgarishlar va diversifikatsiyaning amalga oshirilgani xisoblanadi. 2. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvini qisqartirish, eng avvalo, xususiy mulk xuquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishni taqozo etadi. Shunga ko’ra, Harakatlar strategiyasida xususiy mulk xuquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi» degan tamoyilni amalga oshirish borasidagi tadbirlarga aloxida e‘tibor qaratilgan. Jumladan, 2017 yilning I choragida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik sub‘ektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakili (biznes ombudsman)ni tashkil etish belgilandi. 3. Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyixalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar aloxida etiborga loyiq. Xarakatlar strategiyasida nazarda tutilgan loyixalar to’liq amalga oshirilishi natijasida, kelgusi 5 yilda sanoat maxsulotini ishlab chikarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, kayta ishlash tarmog’i ulushi 80 foizdan 85 foizga oshadi. 4. Iqtisodiyotning rivojlanishi ko’p jixatdan milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligiga bog’liqdir. Buning uchun tovar va xizmatlarning iste‘mol narxlari (tariflari) o’zgarishini kuzatish metodikasini takomillashtirish muxim vazifalardan biri xisoblanadi. Ayni damda tovar va xizmatlarni xarid qilishda naqd pulsiz, naqd pul ko’rinishidagi xisob-kitoblarni amalga oshirish amaliyoti keng tarqalgan. Ammo ne‘matlarni naqd pulsiz ko’rinishda ayriboshlash amalga oshirilganda sotuvchilar tomonidan sun‘iy ravishda narxlarning oshirib ko’rsatish xolatlari yuzaga kelmoqda. Mazkur xolat ikki xil ko’rinishdagi to’lovlar o’rtasidagi tafovutning bir- biridan keskin farqlanishiga sabab bo’lmokda. Bu esa, o’z navbatida, narxlarning bozor qonunlariga zid bo’lgan xolatda o’sishiga olib kelmoqda. Yuzaga kelayotgan noiqtisodiy kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha 2017- 2021 yillar davomida naqd pulsiz ko’rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun‘iy yuqori narxlar o’rnatganlik uchun javobgarlikni oshirish hamda bozor mexanizmlarini joriy qilish tartibini ishlab chiqish belgilangan. 5. Yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish orqali: xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag’larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyixalarning o’z vaqtida amalga oshirilishini ta‘minlash, shu jumladan: 2016-2020 yillar davomida 27 ta loyixani amalga oshirish uchun Jaxon banki kreditlarini jalb etish; 2017-2019 yillar davomida 20 ta loyixani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish. Islom taraqqiyot bankining 1 milliard dollardan kam bo’lmagan miqdordagi kreditlarini jalb qilishni ko’zda tutadigan investitsiyaviy loyixalarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish orqali 2017-2019 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish lozim 6. Davlat aralashuvi miqyosini tartibga solish uchun muxim cheklovlar mavjud. Masalan, davlat tomonidan bozor mexanizmini izdan chiqaruvchi xar qanday xattixarakatlarga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvini qisqartirish, eng avvalo, xususiy mulk xuquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishni taqozo etadi. Shunga ko’ra, Harakatlar strategiyasida xususiy mulk xuquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi» degan tamoyilni amalga oshirish borasidagi tadbirlarga aloxida e‘tibor qaratilgan. 7. Qonunga ko’ra, agar oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs ko’rinishida tashkil etilsa, u oilaviy korxona deb yuritiladi. Qonunda u «Oilaviy korxona» deb nomlanib, uning asosiy mazmuni va belgilari bayon etilgan. Yani, oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo’lgan umumiy molmulk, shuningdek, oilaviy korxona ishtirokchilaridan xar birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik sub‘ektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik subektlarining tashkiliy- xuquqiy shakllaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi qonunida oilaviy korxona ishtirokchilari tarkibi belgilab berilgan. Unga ko’ra, oilaviy korxona ishtirokchilari oila boshlig’i, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mexnatga qobiliyatli yoshga to’lgan boshqa karindoshlaridan iborat bo’lishi mumkin. Download 17.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling