Bo’yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning tayanch tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonaning


Download 17.52 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi17.52 Kb.
#168583
Bog'liq
fuqarolik.3




Task: 5

1. Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish masalasini xal etish
bo’yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning tayanch tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonaning
rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog’lomlashtirish hamda ishlab chiqarish kqvvatlaridan
foydalanish darajasini yuksaltirish asosida ishchilar sonini ko’paytirishga erishish rejalashtirilgan. Bu
tadbirlar natijasida korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chikarish kuvvatlaridan foydalanish
darajasi va ishchilar soni ko’payadi. Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanish dinamikasidagi muxim
o’zgarish korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilanish asosida
sanoatda chukur tarkibiy o’zgarishlar va diversifikatsiyaning amalga oshirilgani xisoblanadi.
2. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvini qisqartirish, eng avvalo, xususiy mulk xuquqini himoya qilish
va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini
rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishni taqozo etadi. Shunga
ko’ra, Harakatlar strategiyasida xususiy mulk xuquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta‘minlash,
xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq
erkinlik berish, «Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi» degan tamoyilni amalga oshirish
borasidagi tadbirlarga aloxida e‘tibor qaratilgan. Jumladan, 2017 yilning I choragida O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik sub‘ektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
bo’yicha vakili (biznes ombudsman)ni tashkil etish belgilandi.
3. Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilashga doir loyixalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida
bajarilayotgan ishlar aloxida etiborga loyiq. Xarakatlar strategiyasida nazarda tutilgan loyixalar to’liq amalga
oshirilishi natijasida, kelgusi 5 yilda sanoat maxsulotini ishlab chikarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki
maxsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, kayta ishlash tarmog’i ulushi 80 foizdan 85 foizga oshadi.
4. Iqtisodiyotning rivojlanishi ko’p jixatdan milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning
barqarorligiga bog’liqdir. Buning uchun tovar va xizmatlarning iste‘mol narxlari (tariflari) o’zgarishini
kuzatish metodikasini takomillashtirish muxim vazifalardan biri xisoblanadi. Ayni damda tovar va
xizmatlarni xarid qilishda naqd pulsiz, naqd pul ko’rinishidagi xisob-kitoblarni amalga oshirish amaliyoti
keng tarqalgan. Ammo ne‘matlarni naqd pulsiz ko’rinishda ayriboshlash amalga oshirilganda sotuvchilar
tomonidan sun‘iy ravishda narxlarning oshirib ko’rsatish xolatlari yuzaga kelmoqda. Mazkur xolat ikki xil
ko’rinishdagi to’lovlar o’rtasidagi tafovutning bir- biridan keskin farqlanishiga sabab bo’lmokda. Bu esa, o’z
navbatida, narxlarning bozor qonunlariga zid bo’lgan xolatda o’sishiga olib kelmoqda. Yuzaga kelayotgan
noiqtisodiy kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha 2017- 2021 yillar davomida naqd pulsiz ko’rinishda tovar
va xizmatlar sotishda sun‘iy yuqori narxlar o’rnatganlik uchun javobgarlikni oshirish hamda bozor
mexanizmlarini joriy qilish tartibini ishlab chiqish belgilangan.
5. Yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish orqali: xalqaro
moliyaviy institutlar pul mablag’larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyixalarning
o’z vaqtida amalga oshirilishini ta‘minlash, shu jumladan: 2016-2020 yillar davomida 27 ta loyixani amalga
oshirish uchun Jaxon banki kreditlarini jalb etish; 2017-2019 yillar davomida 20 ta loyixani amalga oshirish
uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish. Islom taraqqiyot bankining 1 milliard dollardan kam
bo’lmagan miqdordagi kreditlarini jalb qilishni ko’zda tutadigan investitsiyaviy loyixalarni amalga oshirish
masalasini ishlab chiqish orqali 2017-2019 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot
banki o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish lozim
6. Davlat aralashuvi miqyosini tartibga solish uchun muxim cheklovlar mavjud. Masalan, davlat
tomonidan bozor mexanizmini izdan chiqaruvchi xar qanday xattixarakatlarga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Iqtisodiyotga davlatning aralashuvini qisqartirish, eng avvalo, xususiy mulk xuquqini himoya qilish va uning
ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag’batlantirishga
qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishni taqozo etadi. Shunga ko’ra, Harakatlar
strategiyasida xususiy mulk xuquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy
tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik
berish, «Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi» degan tamoyilni amalga oshirish borasidagi
tadbirlarga aloxida e‘tibor qaratilgan.
7. Qonunga ko’ra, agar oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs ko’rinishida tashkil etilsa, u oilaviy korxona
deb yuritiladi. Qonunda u «Oilaviy korxona» deb nomlanib, uning asosiy mazmuni va belgilari bayon etilgan.
Yani, oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar
ko’rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining
ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo’lgan umumiy molmulk, shuningdek, oilaviy korxona ishtirokchilaridan
xar birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik sub‘ektidir. Oilaviy korxona faoliyati
uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik subektlarining
tashkiliy- xuquqiy shakllaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi
qonunida oilaviy korxona ishtirokchilari tarkibi belgilab berilgan. Unga ko’ra, oilaviy korxona ishtirokchilari
oila boshlig’i, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mexnatga qobiliyatli yoshga to’lgan boshqa
karindoshlaridan iborat bo’lishi mumkin.
Download 17.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling