Bo’yin qiyshiqligi tasnifi


Download 33.47 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi33.47 Kb.
#1583513
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bo’yin qiyshiqligi tasnifi


Bo’yin qiyshiqligi tasnifi
Bo’yin qiyshiqligi etiologiyasiga (paydo bo’lish sababi) qarab, quyidagi turlari ajratiladi:

  • ko’krak-o’mrov mushaklarning o’zgarishi natijasida paydo bo’lgan bo’yin qiyshiqligi, ba’zida — trapetsiyal mushak yoki kurakni ko’taradigan mushak;

  • bo’yin qiyshiqligining suyak shakllariga umurtqa pog’onasining tug’ma anomaliyalari (patologiya) kiradi — qo’shimcha umurtqa, xanjar shaklidagi umurtqa, birinchi bo’yin umurtqasi (atlas) anomaliyalari;

  • bo’yin qiyshiqligining orttirilgan shakllari — tug’ilish travmasi, bo’yinning yumshoq to’qimalariga katta zarar yetkazilishi, shuningdek ko’krak-o’mrov mushaklari ishtirok etadigan surunkali yallig’lanish jarayonlari sababli bo’lishi mumkin.

Kasallikni rivojlanish mexanizmiga ko’ra quyidagilarga ajratiladi:

  • miogen yoki mushak shakli;

  • spastik bo’yin qiyshiqligi (servikal distoniya) — asab impulslarining o’tkazuvchanligi buzilishi tufayli rivojlanadi. Natijada bo’yin umurtqasining bir yoki bir nechta mushaklarining gipertonikligiga olib keladi. Har qanday yoshda namoyon bo’lishi mumkin, ammo 20-40 yoshdagi kattalarda tez-tez uchraydi;

  • osteogen yoki suyak shakli;

  • nevrogen shakli — tug’ma (homila ichi gipoksiyasi yoki infeksiyasi). Yoki, asab tizimining orttirilgan kasalliklari (falaj, poliomielit, ensefalit va boshqalar) natijasida rivojlanadi;

  • dermodesmogen shakl — bo’yin terisi shikastlangandan so’ng, bo’ynidagi limfadenit (limfa tugunlarining yallig’lanishi) yoki flegmona (yiringli yallig’lanish) natijasida paydo bo’ladi;

  • kompensatsion yoki ikkilamchi, o’rnatma, pozitsion shakl — bu patologiya turi eshitish yoki ko’rish nuqsonlari tufayli rivojlanishi mumkin.

Shuningdek, ushbu turdagi bo’yin qiyshiqligi klinik jihatdan sog’lom bolalarda rivojlanishi mumkin. Bolaning no’to’g’ri parvarishi, shu jumladan bolani doimiy ravishda bir tomonga yotqizishni, o’yinchoqlarning chaqaloq beshikining bir tomonida joylashganligini va boshqalar sababli vujudga keladi.

Download 33.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling