Suv g‘alvir ostida yig‘iladi va texnologik jarayonga jo‘natiladi, mahsulot esa tarnovcha orqali qo‘zg‘aluvchi suvsizlantiruvchi g‘alvirlarga uzatiladi. Suvsizlantirish uchun tez yurar tebranuvchi, vibratsion va rezonansli g‘alvirlar ishlatiladi. - Suv g‘alvir ostida yig‘iladi va texnologik jarayonga jo‘natiladi, mahsulot esa tarnovcha orqali qo‘zg‘aluvchi suvsizlantiruvchi g‘alvirlarga uzatiladi. Suvsizlantirish uchun tez yurar tebranuvchi, vibratsion va rezonansli g‘alvirlar ishlatiladi.
- Qo‘zg‘aluvchi suvsizlantiruvchi g‘alvirlarda mahsulot yirik bo‘laklaridan shlam va loyli zarrachalarni chetlashtirish uchun qo‘shimcha tarzda suv bilan yuviladi va bu narsa mahsulot namligini pasaytiradi. Yirik ko‘mirli boyitmalarning namligi g‘alvirlarda suvsizlantiril- gandan keyin 6 dan 9 % bo‘ladi.
Suvsizlantiruvchi mexanik klassifikatorlarda spiralning aylanish chastotasi kichik va klassifikator tog‘orasining qiyaligi kattaroq (79-rasm). Yuqori zichlikka ega mayda mahsulotni suvsizlantirish uchun ishlatiladi.
Б
ў
тана сатҳи
Қуюлма
79-rasm. Reykali klassifikatorda eshkaklarning xarakatlanish sxemasi.
Suvsizlantirish qumlarni klassifikator tubi bo‘ylab tashishda drenajlash hisobiga sodir bo‘ladi. Ba’zan qumlar shlamlarni yuvib tushirish uchun suv bilan sug‘oriladi. Klassifikatorlarda suvsilantirilgan mahsulotlarning namligi 15-25 % gacha.
Suvsizlantiruvchi bunkerlar bir necha qator temir beton yacheykalardan iborat bo‘lib, ularning har birining pastki qismi piramida yoki prizma shakliga ega. Suvsizlantirilgan mahsulotni chiqarishga ikki yoki to‘rtta teshik o‘rnatilgan. - Suvsizlantiruvchi bunkerlar bir necha qator temir beton yacheykalardan iborat bo‘lib, ularning har birining pastki qismi piramida yoki prizma shakliga ega. Suvsizlantirilgan mahsulotni chiqarishga ikki yoki to‘rtta teshik o‘rnatilgan.
- Yacheykalar soni suvsizlantiruvchi mahsulot miqdori va suvsizlantirish vaqtiga bog‘liq. Suvsizlantiriluvchi mahsulot bunkerning yacheykalariga yuklanadi va unda bir necha soat ushlab turiladi. Suv bunkerda mahsulot qatlami orqali filtrlanadi va panjarali zulfin orqali tushirib olinadi. Yirik bo‘lakli boyitmalarning namligi 4-8 soat ichida 12-18 % dan 5-10 % gacha kamayadi. Mayda donali boyitmalarni 20-24 soatgacha ushlash talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |