Boyligini oshirishga harakat qilishimiz kerak


Download 56 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2023
Hajmi56 Kb.
#1763606
  1   2
Bog'liq
Nutq orqali odamzot o


Nutq orqali odamzot o`zining ichki hissiyotlarini bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda to`la rivojlangan yoki shakllangan bo`lavermaydi. Boshlang`ich sinflardagi o`quvchilar nutqidagi kamchiliklar o`qituvchi va logaped yordamida bartaraf etiladi va turli yo`llar bilan rivojlantirilib boriladi. O`quvchilar yuqori sinflarga chiqqandan keyin e’tibor bergan bo`lsangiz aziz o`qituvchilar: ayrim o`quvchilar bilib turgan narsasini ham aytib bera olmay qiynaladi. Mana shunday holatlarda o`qituvchi o`sha o`quvchini e’tiborsiz qoldirmasdan sekin yo`naltiruvchi savollarga tutib, u bilan biron bir mavzuda suhbat qurishga harakat qilishi kerak. Darsingizning ozgina qismini dialog shaklida didaktik tarbiya berishga sarflang.
Masalan: - Siz ertalab turib nima qilasiz? - Dasturxon atrofida qayerda o`tirasiz? – Nonushtani kim birinchi bo`lib boshlab beradi? Kabi suhbat quring. Faqatgina bu bilan ish bitmaydi. O`quvchining endi lug`at boyligini oshirishga harakat qilishimiz kerak.
“… Doim bir xil narsaga qarayverish malollik va sabrsizlikka olib keladi. Ta’lim har xil usullarda uyushtirilganda o`quvchi turli gullar ochilgan bog`da yurganga o`xshaydi, ularga qiziqadi, ko`rishni istaydi”—Abu Rayhon Beruniy fikrlari.
“Zinama-zina” usuli. O`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib, 1 daqiqa ichida bir xil harf bilan boshlanadigan va har bir pog`onada harflar soni bittadan ortib boradigan 6 ta so`z yozish topshiriladi.

ON

EK

IZ

ONA

ERK

IZN


Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling