Boyligini oshirishga harakat qilishimiz kerak


Download 56 Kb.
bet2/2
Sana10.11.2023
Hajmi56 Kb.
#1763606
1   2
Bog'liq
Nutq orqali odamzot o

OILA

ERKIN

ILON

OLIMA

ELLIK

ILLAT

OLXO`RI

ELEKTR

IBORAT

OLMAXON

EHTIROM

IXTIYOR

“Piramida” usuli. Bir xil harf bilan boshlanib, bir xil harf bilan tugaydigan va harflar soni bittaga ortib boradigan so`zlardan piramida qurish sharti 1 daqiqa ichida to`g`ri bajarish talab qilinadi.

N

K

T

NON

KO`K

TUT

NEON

KO`RK

TORT

NISHON

KIYIK

TOMAT

NOO`RIN

KO`PRIK

TALOFAT

NARIMON

KAPALAK

TADQIQOT

O`quvchilarda paronim so`zlarni farqlash, so`zlarning ma’nolarini to`g`ri qo`llay olish malakalarini oshirishda “So`zlarga mos gap tuz” usulidan foydalanish juda qo`l keladi. Bunda avvaldan tayyorlab qo`yilgan paronim so`zlar juftligi yozilgan biletlar tarqatiladi.

SHOH

RUH

HALAK

SHOX

RUX

HALOK

Bunda o`quvchilar tarqatmada berilgan paronim so`zlar ishtirokida gap tuzishlari kerak bo`ladi. Masalan: Bobur shoh va shoir edi. Daraxt shoxi egilib turardi. Ushbu usuldan tutuq belgili va belgisiz so`zlarni farqlashda ham foydalanish mumkin.

TANA

SAVA

TALAT

DAVO

TA’NA

SA’VA

TAL’AT

DA’VO

Mazkur so`zlar ishtirokida gap tuzish orqali o`quvchilarda tutuq belgisining qaysi so`zda ishlatilishiga doir ko`z xotirasi shakllanririladi.
Biz daraxt tanasini oqladik.
U doim o`z saxovatini ta’na qilar edi.
“Gapni kengaytir” mashqi. Bunda o`quvchilar berigan sodda yig`iq gaplarni bittadan so`z qo`shib kengaytirishlari kerak bo`ladi.
Men o`qidim.
Men kitob o`qidim.
Men qiziqarli kitob o`qidim.
Men bugun qiziqarli kitob o`qidim.
“Mosini top” o`yini. Ushbu didaktik o`yin orqali o`quvchilarda kelishik qo`shimchalarini to`g`ri qo`llash ko`nikmasi hosil bo`ladi.

-ning, -ni

-ga, -ka, -qa

-dan, -tan

-da, -ta

Gul… uzmoq

Elak… solmoq

Ot… baland

Toshkent…. Yashamoq

Gul… bargi

Baliq… bermoq

It… past

Baland… uchmoq

Men… kitobim

Ish… bormoq

Ish… kelmoq

Diktant… xato qilmoq

Do`sti… ko`rmoq

Osh solmoq



“Payrovlar” o`yini. Ushbu o`yin orqali o`quvchilarning nutqiga o`z-o`zidan ibora, maqollar sekin-asta kirib boradi. Ibora, maqol kabi xalq og`zaki ijodi na’munalari nutqimiz ta’sirchanligini oshiradi. Bu o`yinni o`tkazish uchun kichik guruhga oldindan tanlangan ibora yoki maqollar dars boshida beriladi. Bu o`yinni qo`llashda o`quvchilarga shior qilib Adabiyotshunos olim Ro`zmin Keldiyorovning “Ehtiyot bo`ling qalb bor” degan da’vatini qo`llash juda o`rinli bo`ladi. S
Masalan:
1.Burnidan baland gapirib bo`lmaydi.
2.Tish bergan rizq ham beradi.
3.Tishga bosgulik nima bor?
4.Tishining kovagida saqlab yurgan.
5.Gadoy arazlasa to`rvasiga zarar.
6.Yo`q joydan yo`ndirib.
7.Quyonning rasmini chizdi.

Bu iboralarni qatnashtirib o`quvchilar dialogik matn yaratadilar.Bu jarayonni biz “Ona tilim – jon-u dilim” to`garagi qatnashchilari bilan birgalikda ko`rsatib beramiz.


---Sanobar!
--- A, labbay!
---Boyadan beri qarab turibman, ha deb kulasiz. Tish bergan rizq beradi, deb.
---Tishga bosgulik nimangiz bor?
---Sanobar, Intizor opadan chiqadi, kechagiday tishining kovagida saqlab yurgan shokaladlari.
---Sizlar uchun topamiz-da yo`q joydan yo`ndirib. Qizlar, kecha Muborak quyonning rasmini chizdi.
---Ajab bo`ldi, kecha unga ozgina qattiqroq gapirgan edim.
---Gadoy arazlasa to`rvasiga zarar, shirin shokaladlardan quruq qoldi.
---Kecha ishim chiqib bir marta ketganimga shunchami?
---Ana ko`rdingizmi hozirgi yoshlarning burnidan baland gapirib bo`lmaydi.

O`quvchi bilan samimiy suhbat, do`stona hazil-mutoyibadan qochish kerak emas deb o`ylayman. Qancha ko`p suhbatlashganimiz sari ham o`quvchi shaxsiga yaqinlashamiz, ham nutqini rivojlanishiga erishamiz. Shu bilan birga odob doirasidagi suhbatimiz, samimiyligimiz bilan shaxsiy na’muna bo`lamiz.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Safarova X.I “Ona tili va adabiyot darslarida og`zaki va yozma nutqni rivojlantirirshning asosiy omillari”. Dars ishlanmasi.
2. O`zbek tilining imlo lug`ati. Toshkent-1995 yil ”O`qituvchi” nashriyoti.
3. Abdurazzoqova D “Interfaol metodlar: nazariya, amaliyot, tajriba” Pedagoglar uchun qo`llanma. Toshkent-2013 yil
Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling