Boymurodov safarning
Hududlar bo‘yicha avtomobil transportida yo‘lovchi tashishning tarkibi, % da
safar uzb kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hududlar bo‘yicha avtomobil transportida yo‘lovchi tashishning tarkibi, % da (yanvar-mart)
- 5.AVTOMOBIL TRANSPORTI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH
Hududlar bo‘yicha avtomobil transportida yo‘lovchi tashishning tarkibi, % da (yanvar-mart)
| ||||
| ||||
|
2020- y. |
2021- y. |
2022- y. | |
|
|
|
| |
O‘zbekiston Respublikasi |
100,0 |
100,0 |
100,0 | |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
2,3 |
2,4 |
2,3 | |
viloyatlar: |
|
|
| |
Andijon |
11,6 |
11,7 |
11,5 | |
Buxoro |
5,3 |
5,4 |
5,3 | |
Jizzax |
1,9 |
2,0 |
2,1 | |
Qashqadaryo |
4,8 |
4,9 |
4,9 | |
Navoiy |
2,4 |
2,5 |
2,4 | |
Namangan |
7,6 |
7,8 |
7,7 | |
Samarqand |
7,6 |
7,7 |
7,7 | |
Surxondaryo |
4,0 |
4,1 |
4,1 | |
Sirdaryo |
1,5 |
1,5 |
1,5 | |
Toshkent |
12,4 |
12,6 |
11,6 | |
Farg‘ona |
10,2 |
10,3 |
10,2 | |
Xorazm |
6,7 |
6,9 |
6,7 | |
Toshkent sh. |
21,7 |
20,2 |
22,0 |
Hududlar bo‘yicha avtomobil transportida yo‘lovchi tashishning tarkibi, % da (yanvar-mart)
Hududlar orasida yo‘lovchi tashish tarkibining katta qismini Toshkent shahri egallaydi. 2022- yilning yanvar-mart oylarida uning ulushi 22,0 % ga teng bo‘ldi. Eng kichik ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etilib, uning ulushi 1,5 % ni tashkil etdi.
5.AVTOMOBIL TRANSPORTI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 28-avgust kuni avtomobil transporti sohasida boshqaruvni takomillashtirish, xalqaro xamkorlikni rivojlantirish, transport xizmatlari koʻlamini kengaytirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Maʻlumki, davlatimiz rahbarining 2018-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi qayta tashkil etilgan edi. Unga binoan 2018-2021-yillarda avtomobil transporti infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dastur ijrosi doirasida 50 dan ziyodyoʻlovchi tashish yoʻnalishi ochildi, 9 avtostansiya qurildi, 82 yangi avtobus sotib olindi. Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga 5 xalqaro avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
Yigʻilishda soha rivojiga toʻsiq boʻlayotgan bir qator muammolar ham mavjudligi qayd etildi. Tizimdagi islohotlarni izchil davom ettirish,zamonaviy transport xizmati koʻrsatish boʻyicha vazifalar belgilandi. Qishloqdan shahargacha, tumanlararo hamda shaharlararo yoʻnalishlarda transport xizmati koʻrsatish tizimi va infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan topshiriq berildi.
Davlatimiz rahbarining koʻrsatmasiga binoan endilikda transport xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy operator-dispetcherlarga beriladi.
Litsenziyaga ega va tender gʻolibi boʻlgan xususiy operator-dispetcher tegishli hudud yoki yoʻnalishda shartnoma asosida barcha transport xizmati koʻrsatuvchilarni birlashtirib, ular uchun yagona platforma tashkil etadi. Xususiy operator-dispetcherlarga davlatga qarashli 10115 avtobekat, 17 avtovokzal va avtostansiya topshiriladi.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralarga shu yil 1-dekabrgacha mazkur tizimni joriy etish vazifasi yuklandi. Hisob-kitoblarga koʻra, mamlakatimizda har 10 ming fuqaroga 2 avtobus toʻgʻri keladi. Lekin hududlarda mazkur yoʻnalishlarning 30 foizdan ortigʻi ishlamayapti. Xalqaro yoʻlovchi tashishning bor-yoʻgʻi 6 foizi (12 avtobus, mavjud talab – 200 avtobus) qonuniy faoliyat yuritayotgan yoʻlovchi tashuvchilar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shu bois viloyatlarda 13 avtokorxona tashkil etish va ular uchun bu yil 400, keyingi yil oxirigacha 780 "Isuzu" avtobusi sotib olish kerak.
Yigʻilishda yuk tashish tizimiga xususiy sektorni jalb qilish, xizmat taklif etuvchi va mijozlarga ekspeditorlik xizmati koʻrsatishni joriy etish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Bu tizim norasmiy ish yuritayotganlar faoliyatini legallashtirish, xizmat koʻrsatuvchilarga va mijozlarga qulaylik yaratish imkonini beradi.
Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi yuk tashuvchilarga litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish, xususiy ekspeditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilishi kerak.
Tranzit yuk tashish bozorida raqobatbardoshlikni oshirish masalalari muhokama qilinar ekan, mamlakatimiz hududi orqali oʻtayotgan eksport-import va tranzit yuklarning atigi 11 foizi milliy tashuvchilar hissasiga toʻgʻri kelishi, magistral yoʻl infratuzilmasi rivojlanmayotgani, yoʻllarda yoqilgʻi quyish shoxobchalari va mehmonxonalar yetarli emasligi tanqid qilindi.
Mamlakatimiz orqali yuk tashishni koʻpaytirish uchun xorijiy davlatlar va yirik kompaniyalar bilan qoʻshimcha bitimlar imzolash, Trans-Afgʻon, Trans-Kavkaz, Trans-Xitoy kabi avtomobil yoʻllaridan foydalanishni jadallashtirish, yuk tashuvchilar bilan hamkorlikda korxonalar tashkil etish, sohaga oid xalqaro hujjatlarga qoʻshilish, tegishli qonun loyihasi ishlab chiqish vazifalari qoʻyildi.
Yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish uchun tarif belgilash tartib-taomillari ham talabga javob bermasligi qayd etildi. Shahar avtobus yoʻnalishlarida tariflar viloyatlar oʻrtasida 1,7 barobar farq qiladi, yoʻnalishli taksi boʻyicha esa bu tafovut 6 barobardan ortadi.
Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, "Oʻzavtotrans" agentligiva Davlat raqobat qoʻmitasi yoʻlovchi tashish xizmatlari uchun tariflarni davlat tomonidan belgilash tartibini takomillashtirishi zarur.
Transport xizmati koʻrsatish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish lozim. Yoʻl haqi uchun pul toʻlash hamon eskicha tizimda qolmoqda. Misol uchun, Toshkent shahrida yoʻl kira uchun elektron toʻlov tizimini joriy etish 3 yildan buyon paysalga solib kelinayotgani tanqid qilindi.
Yigʻilishda poytaxtimizda yoʻlovchi tashish tizimi va infratuzilmasini takomillashtirish masalalari muhokama etildi. Toshkent koʻchalaridagi bekatlarda avtobuslarning kelib-ketish vaqtini koʻrsatuvchi elektron tablolar, bepul internet, avtobuslarda mobil ilovalar va videokuzatuv moslamalari yoʻq. Vaziyatni oʻnglash uchun Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transporti tizimini tubdan yangilash konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish zarurligi taʻkidlandi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak So’nggi yillarda respublika iqtisodiyoti va aholisiga avtotransport xizmati ko’rsatishni yaxshilash bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilganligi qayd etilsin. Yo’lovchi tashish yo’nalishlari tarmog’i 2006 yilga nisbatan 1,4 baravarga ortdi, respublikada 117 ta yo’lovchi avtovokzali va avtostantsiyasi faoliyat ko’rsatmoqda, tashuvlar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga avtotransport xizmatlari sohasini jadal rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari va zaxiralaridan to’liq foydalanilmayapti. Avtotransport ho’jaliklarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablar darajasida emas, sohada ilg’or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intellektual transport tizimlari etarli darajada joriy etilmayapti. Og’ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakatdagi tarkibi parkining eskirganligi yuqoriligicha qolmoqda.
Mamlakatning avtotransport xizmatlari eksporti va tranzitini oshirish salohiyatining imkoniyatlari va zaxiralaridan to’laqonli foydalanilmayapti. Tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yo’lovchilar tomonidan yo’l haqini elektron tarzda to’lash samaradorligi, tushumning yig’ilishi va to’laligi ustidan markazlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimi mavjud emas. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi amalga oshirayotgan ishlar mintaqalardagi yo’lovchi transportini boshqarish bo’yicha maxsus vakolatli organlar tomonidan deyarli takrorlanmoqda.
Avtomobilda tashishlar va yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat choralarining tubdan kuchaytirilishi yo’lovchilar avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo’yicha profilaktik choralar ko’rishni talab etadi.
Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, avtomobil transportida tashishlar xavfsizligini ta’minlash hamda avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida: 1. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining daryo transporti sohasidagi davlat boshqaruvi bo’yicha vakolati O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga o’tkazilsin. 2. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O’zbekiston avtomobil transporti agentligi (keyingi o’rinlarda “O’zavtotrans” agentligi deb ataladi) etib qayta nomlansin.
3. Quyidagilar “O’zavtotrans” agentligining asosiy vazifalari va faoliyatining yo’nalishlari etib belgilansin: avtomobil transporti ob’ektlari va yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlovchi istiqbolli axborot-kommunikatsion texnologiyalariniva innovatsion yondashuvlarni keng qo’llagan holda yangi boshqaruv tizimlarini joriy etib, avtomobil transporti sohasida yagona texnika siyosatini yuritish; avtomobil tashuvlarida normativ-xuquqiy va metodik bazani takomillashtirish, avtomobil transporti tashishlar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha muammolar yuzasidan xalqaro normalar, ilmiy-tekshiruv, loyiha-konstruktorlik, texnologik ishlarni inobatga olgan holda texnik tartibga solish sohasida normativ xujjatlarning yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va shakllantirish; kabi bir qancha qonun va qarorlar qabul qilinib aftomobil transportining rivojlanishiga zamin yaratdi.
Download 1.28 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling