20
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar bilan o‘tilgan mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.
– Mustaqillikka qachon erishdik?
– Yurtmizda yoshlarga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda?
O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
O‘quvchilar uyda yozgan hikoyalari o‘qitiladi va fikrlari to‘ldiriladi.
“Mozaika” mashqi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har
bir guruh O‘zbekistonning turli joylari rasmni “Mozaika”
usuli yor-
damida yig‘adilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning
javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan Zafar Diyorning “Serquyosh o‘lka” she’ ri
bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan keng yurtimiz, undagi o‘zgarishlar haqida suhbat-
lashiladi, javoblari tinglanib, to‘ldiriladi.
– Siz yurtimiz haqida nimalarni bilasiz?
– Yurtimizdagi qanday diqqatga sazovor joylarni bilasiz?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Serquyosh o‘lka” she’ri mazmuni
asosida lavha namoyish
etiladi. Kadr ortidan “Serquyosh o‘lka” she’r matni o‘qiladi.
She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi
o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: