Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
ISBN 978-9943-26-719-0
G – 33 3 SO‘ZBOSHI “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning er- tangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjami- yatidagi obro‘-e’tibori, avvalambor, farzand- larimizning unib o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir” Islom KARIMOV Yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan, barkamol, sog‘lom avlodni tar- biyalab, yoshlarga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya tex- nologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalardan biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang‘ich ta’lim, shubhasiz, poydevor vazifasini o‘taydi. O‘qish darslarida bolani qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonala- ridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun birinchi navbatda, o‘quvchini o‘qish, bilim olishga ishtiyoqini o‘stirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish zarur. Shun- dagina ertangi kunning ishonchli egasi bo‘lgan farzandlarni munosib tarbiyalagan bo‘lamiz. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprel- dagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiq- langan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti hamda Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiq- langan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1–4-sinflari uchun o‘qish fani dasturi amaliyotga joriy etildi. Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda o‘qish fanini o‘qitish ning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida kompetensi- yaviy yondashuvga asoslangan DTS va o‘quv dasturlari asosida 4-sinf o‘qituvchilari uchun hamkorlik, didаktik o‘yin texnologiyalari va in- tegratsiyalashgan ta’lim mazmunini ochib berishga qaratilgan ushbu metodik qo‘llanma yaratildi. Shuningdek, qo‘llanmadagi multimedia ilovalari o‘qitishning o‘yinli shakllari va mediatexnikalar bilan ishlash, pedagogik texnologiyalardan o‘rinli va mahorat bilan foydalanish o‘quv jarayonida o‘zlashtirishning yuqori ko‘rsatkichlariga erishish imkonini yaratadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling