Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


TK – tayanch kompetensiyalar


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264
TK – tayanch kompetensiyalar
TK 1 – kommunikativ kompetensiya
TK 2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
TK 3 – o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
TK 4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi 
TK 5 – milliy va umummadaniy kompetensiya
TK 6 – matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xa-
bar dor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
FK – fanga oid kompetensiyalar
FK 1 – adabiy-nutqiy kompetensiya
FK 2 – badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi
Eslatma: Tayanch kompetensiyalarning kommunikativ kompeten-
siyasi o‘qishning fanga oid kompetensiyasi bilan bir xil mazmunni ang-
latganligi sababli, ularni fanga oid (adabiy-nutqiy) kompetensiya ichiga 
singdirib shakllantirish lozim.
O‘qish darslarida interfaol metodlardan foydalanish
O‘qish darslarida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish axborot 
va ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish ta’lim mazmunida 
o‘ziga xos hamda o‘quvchi shaxsida o‘ziga mos kompetensiyani shakl-
lantiradi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim mazmuniga zamo-
naviy ruhda singdirish, pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, 
komil inson etib tarbiyalash, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan bu-
tunlay yangi bosqichga ko‘tarish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida kompetensiyadan foydalanish 
darslarning xilma-xil shakllari “O‘qish” fanini o‘qitishni takomilla-
shuviga ta’sir ko‘rsatadi. Darslarni “Bumerang” texnologiyasi, “Arra”, 
“O‘z o‘rningni top”, “FSMU”, “Nima uchun?”, “Ikki qismli kundalik” 


6
mеtodlari, , “Pinbord” usuli, “She’rni tikla” kabi mashqlaridan foyda-
lanib o‘tish dars samaradorligini yanada oshiradi.
“Bumerang” texnologiyasi. “Bumerang” texnologiyasi bir mash-
g‘u lot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, 
ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun-
ga (muammoli, munozarali va h.) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga 
mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qam-
rab oladi. Bunda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchi turli 
topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi rolida 
chiqishi mumkin. “Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiq-
ni shakllantirishga imkoniyat yaratadi: g‘oya, fikr va dalillarni yozma 
hamda og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Maqsadi:
o‘quvchilarda anglab o‘qish orqali, fikrni yetkaza olishga, 
tushuntira olishga o‘rgatish.
Vazifasi:
o‘quvchilarni guruhda ishlash, hamfikrlik, o‘zaro fikr al-
mashishga ko‘nikma hosil qilish. 
Masalan, X.To‘xtaboyevning “Xatosini tushungan bola”, Rahim 
Bek ni yozning “Mo‘jiza” hikoyalarida qo‘llanilgan.
“FSMU” metodi – 4 bosqichli yozilgan qog‘oz varaqlarini tarqata-
di va yakka tartibda qo‘llaniladi. O‘zlashtirilgan bilimlar asosida tashkil 
qilinadi va har bir o‘quvchi 4 bosqich asosida fikr-mulohaza bildiradi.
Bunda:

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling