Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   264
“Kimning gapi?” o‘yini. O‘qituvchi rivoyatdagi Usmon 
Nosir yoki otasining ruhi aytgan gaplarni ketma-ket o‘qiydi. 
O‘quvchilar u kimning gapi ekanligini topadilar.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan umumlashtiruvchi savol-javob 
o‘tkazilib, dars yakunlanadi. O‘quvchilar darsdagi ishtiroki va faolli-
giga ko‘ra baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Rivoyat” matnini o‘qish.
147-d a r s 
Mavzu: “Bolalar gurungi” (Hans Kristian Andersen) 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Bolalar gurungi” ertagi bilan tanishti-
rish, jahon bolalar adabiyoti haqida ma’lumot berish, ifodali o‘qishga 
o‘rgatish.
FK 1: o‘qilgan ertakning mazmunini tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash, o‘z-o‘zini 
baholashni o‘rgatish.
TK 4: do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘la olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, hozir-
javoblik ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi, tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: “Diqqat” mashqi, kichik guruhlarda ishlash, 
“Nima to‘g‘ri-yu nima noto‘g‘ri” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozir lash.
“Diqqat” mashqi. Mashq shartiga ko‘ra o‘qituvchi xonadagi 
mavjud jihozlar nomini ingliz tilida aytadi. O‘quvchilar shu 
jihozlarga qarashlari yoki qo‘llari bilan ko‘rsatishlari lozim. 
Masalan, shelf (shkaf), window (oyna), flowerpot (gul tuvagi), desk 
(parta), blackboard (doska). Mashqdan maqsad o‘quvchilarning diqqa-
tini bir joyga jamlash hisoblanadi.


209

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling