Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, muammoli izlanish, “Begonasini top”
o‘yini, “Davom ettir”, “Zanjir” usullari.
Dars jihozlari: rasm va tarqatma materiallar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa – Murod Xidirning “Ikki saxiy” ertagining
2-qismini “Davom ettir” usulida qayta hikoya qildiriladi.
Matn asosida suhbat o‘tkaziladi.
– Donishmand tamagirlik va tilanchilik haqida qanday misol keltirdi?
– “Ikki saxiy” mavzusida kichik matn yarating.
“Begonasini top” o‘yini.
1. Uzun xartumli va kuchli…..(Fil)
2. Sudraluvchi, zaharli ….. (Ilon)
3.
Shoxlari bor, qo‘chqordek,
Bo‘yi misli daraxtdek. (Kiyik)
4. Tikanli, kichkina…….(Tipratikan)
5.
Dalama-dala qidiradi,
Qo‘y bilan echki oh uradi.
)
(Bo‘ri)
6. Kichkina va jingalak yungli.(Qo‘zichoq)
– Qaysi biri uy hayvonlari?
– Qo‘zichoq nimaning bolasi?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu bilan bog‘laydi.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz sizlar bilan “Qo‘zichoq” masali bilan tanishamiz.
Muallif Rauf Tolib haqida o‘qituvchi tomonidan qisqacha ma’lumot
beriladi.
Masal mazmuniga mos videolavhalar namoyish etilib, kadr or-
tidan matn o‘qiladi.
Masal mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket matn ni o‘qiy-
di. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar. Notanish so‘zlar yuzasidan
lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
jimirlab – tovlanib burni ko‘tarilib ketibdi – kekkayib ketibdi
irg‘ishlab – sakrab og‘zi qulog‘iga yetibdi – xursand bo‘libdi
55
Do'stlaringiz bilan baham: |