Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

101-d a r s
Mavzu: “Ikki irmoq” (Xabib Po‘latov).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Ikki irmoq” masalining mazmuni bilan 
tanishtirish, ifodali o‘qish malakasini shakllantirish.
TK 2: mavjud axborot manbalaridan foydalana olish.
FK 1: o‘qilgan asarning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni 
e’zozlash va ularga amal qilish; yaxshilik va yomonlikni bir-biridan 
farq lay olish, xolis va jiddiy fikr yurita olish ko‘nikmalarini tarbi-
yalash.
TK 4: asardagi qahramonning insoniylik xususiyatlarini aniqlash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda masal mazmuni ustida ishlash, turli 
yo‘nalishdagi kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish ko‘nik malarini 
rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Kim bilag‘on”, “Topqirlar” o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, multi-
media ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Yomg‘ir” hikoyasini o‘qib beradilar. 
O‘tilgan mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi. 
1. Erkinjon nima uchun maktabga bormadi?
2. Shifokor unga qanday dorini yozib berdi?
3. Uni qanday kasallikka yo‘liqqan deb o‘ylaysiz?
“Kim bilag‘on” o‘yini. Bu o‘yinda o‘quvchilar tartibsiz beril-
gan so‘zlardan mosini topib, o‘tilgan mavzuga mos maqolni topa-
dilar.
Javob: Dangasaning – vaji ko‘p
Ohangsizning – avji.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Aziz o‘quvchilar, bugun “Ikki irmoq” masalini o‘rganamiz.
Masalning muallifi Xabib Po‘latov haqida qisqacha ma’lumot beri-
ladi.
Masal mazmuniga mos lavha namoyish etilib, kadr ortidan 
matn o‘qiladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling