Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


TK 5: she’rda aks etgan umuminsoniy qadriyatlarni ang lash. Rivojlantiruvchi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

TK 5: she’rda aks etgan umuminsoniy qadriyatlarni ang lash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini, mustaqil va 
ijodiy ishlash, ziyraklik, hozirjavoblik qobiliyatlarini, lug‘at ustida ish-
lash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan she’r mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “O‘rniga qo‘y”, “Ketma-ket ayt” 
o‘yinlari.
Dars jihozlari: ko‘rgazmalar, tarqatma materiallar, multimedia ilova-
lari.
Darsning borishi:


20
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar bilan o‘tilgan mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.
– Mustaqillikka qachon erishdik?
– Yurtmizda yoshlarga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda?
O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
O‘quvchilar uyda yozgan hikoyalari o‘qitiladi va fikrlari to‘ldiriladi.
“Mozaika” mashqi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har 
bir guruh O‘zbekistonning turli joylari rasmni “Mozaika” usuli yor-
damida yig‘adilar. 
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan Zafar Diyorning “Serquyosh o‘lka” she’ ri 
bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan keng yurtimiz, undagi o‘zgarishlar haqida suhbat-
lashiladi, javoblari tinglanib, to‘ldiriladi.
– Siz yurtimiz haqida nimalarni bilasiz?
– Yurtimizdagi qanday diqqatga sazovor joylarni bilasiz?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Serquyosh o‘lka” she’ri mazmuni asosida lavha namoyish 
etiladi. Kadr ortidan “Serquyosh o‘lka” she’r matni o‘qiladi. 
She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi 
o‘tkaziladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling