Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Hidi, tilimi va mazasidan” rivoyati o‘qittiriladi, mazmuni so‘zla-
tiladi. Rivoyat yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Boburshoh o‘zidan yodgorlik qoldirish uchun Hindistonda nima 
ishlar qildi?
– Shoh birinchi yil qovun ektirganda nima bo‘libdi?
– Bog‘bon qovunni qayerdan keltiribdi?
III. Yangi mavzu bayoni.
“Sehrli 
daraxt” o‘yini. Ekranda daraxt ko‘rsatiladi. Uning har 
bir shoxida turli xil gullar bo‘ladi. Gullarga “Rivoyat” so‘zining 
harflari o‘rni almashgan holda yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar 
harfli gullarni ketma-ket bosib, so‘z hosil qiladilar.
– Bugun biz sizlar bilan Naim Karimovning “Rivoyat” matni bilan 
tanishamiz.
O‘quvchilar bilan rivoyatlar, ajdodlarimiz haqida suhbatlashib, fikr-
lari tinglanadi. 
– Siz qanday rivoyatlarni bilasiz?
– Rivoyatlarda nima ifoda etiladi?
Mavzu tushuntiriladi, matn muallifi haqida qisqacha ma’lumot be-
riladi.
“Rivoyat” asosida lavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “Ri-
voyat” matni o‘qiladi.
O‘qituvchi “Rivoyat” matnini ifodali o‘qib beradi. Rivo-
yat mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi 
o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
etagidan ushlasam – tanlasam
ochig‘ini – to‘g‘risini
chakki emas – yomon emas
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida 
“Rivoyat” o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Usmon Nosir otasining ruhi bilan nima haqda suhbatlashadi?
– 
Ota ruhi bo‘lajak shoirga qanday maslahat berdi?
– 


208
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi, tarbiyaviy 
xulosa chiqariladi. Rivoyat mazmuni qayta hikoya qildiriladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling