Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

46-d a r s
Mavzu: “Hiylagarning jazosi” (Ertak). 
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Hiylagarning jazosi” ertagi bilan tanishti-
rish, ularga yaxshilik qilish, dushmandan himoyalanish, oliyjanoblik
sofdillik kabi fazilatlar haqida ma’lumot berish. 
FK 1matnni ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni mard, jasur, rostgo‘y, to‘g‘ri, halol, haq-
sevar, elparvar, vatan uchun qayg‘uradigan insonlar qilib tarbiyalash.
TK 5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, 
lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini 
ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Savollar hujumi”, “Kim zukko?” 
o‘yinlari.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Ochko‘z boy” ertagini o‘quvchilar o‘qib, so‘zlab beradilar.
“Savollar hujumi” o‘yini.
1. Chol nima bilan ro‘zg‘or tebratar ekan?
2. Chol qayerga o‘tin tergani boribdi?
3. U nimaning ucholmay yotganini ko‘ribdi?
4. Chol o‘rdakni nima qilibdi?
5. Kampir choldan nima deb ranjibdi?
6. Kunlarning birida nima uchib kelibdi?
III. Yangi mavzu bayoni. 
Bugun biz sizlar bilan “Hiylagarning jazosi” ertagi bilan tani-
shamiz.
Ertak mazmuniga mos lavha namoyish etilib, kadr ortidan matn 
o‘qiladi. Matn mazmuni tushuntiriladi. 
– Ayting-chi, nima uchun biz ertaklarni yaxshi ko‘ramiz?
– Siz qanday ertaklarni bilasiz?
– Ertaklar doim qanday yakun topadi?
– Yaxshilik, to‘g‘rilik haqida nima deya olasiz?
O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiydilar. Qolgan o‘quvchilar ku-
zatib boradilar. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.


72

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling