24
7. ILMIY-PEDAGOGIK ISHNI BAHOLASHNING O`ZLASHTIRISH
DARAJALARI
Ilmiy-pedagogik ish davomida magistrantlar faoliyatini nazorat qilish va
baholash 100 ballik reyting tizimi asosida baholanadi.
O`zlashtirish darajalari
bo`yicha reyting ballari quyidagi tartibda qo`yiladi:
O`zlashtirish
Ball hisobida
Baholash mezoni
86-100
Talaba ilmiy-pedagogik ish jarayonida ko`zda tutilgan barcha vazifalarni to`la,
xatosiz, o`zlashtirgan bilimlarni mustaqil, dadil va to`g`ri tatbiq etgan holda,
topshiriqlarni vaqt me’yori doirasida bajarishi, ta’lim metodlarini bilishi va
ulardan o`rinli foydalanishi uchun qo`yiladi
71-85
Belgilangan vazifalarni ko`proq ilmiy rahbar maslahati va ko`rsatmalari asosida,
tushungan holda to`g`ri va puxta, talab darajasida, vaqt me’yori doirasida
bajarishi, ta’lim metodlarini bilishi va ulardan o`rinli foydalanishi uchun
qo`yiladi
55-70
Vazifalarni tushungan holda, soddaroq va kamchiliklar bilan, o`z ishini tashkil
qilishda shaxsiy tashabbussiz holda bajargani uchun qo`yiladi
0-55
Vazifalarni yetarlicha tushunmasdan, ilmiy rahbar tavsiya va ko`rsatmalaridan
chiqqan holda xatolar bilan bayon qilish, olingan bilimlarni xatolarga yo`l qo`yib
tatbiq etish, ta’lim metodlari mazmunini belgilash va aynan olingan vaziyatga
ko`ra tanlashda zarur sifat ko`rsatkichlarini ta’minlay olmaslik uchun qo`yiladi
Do'stlaringiz bilan baham: