“Bozor, bozor munosabatlari
Download 26.5 Kb.
|
1667 Bozor-bozor mun
“Bozor, bozor munosabatlari ”O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. O’zbekiston o’z taraqqiyot yo’lini tanlash jarayonida muayyan davlatlarning ma’lum bir modelini ko’r-ko’rona ko’chirib qo’yish yo’lidan voz kechdi. Ayni vaqtda boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to’plangan va Respublika sharoitida tatbiq qilsa bo’ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan samarali foydalan-moqda. O’zbekiston Respublikasi aholisining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari, urf-odat-laridan va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib o’ziga xos va o’ziga mos yo’lni ishlab chiqdi. Bu yo’lni ishlab chiqishda Prezident Islom Karimov ilgari surgan 5 ta qoida tamoyil asos qilib olindi. O’zbekistondagi iqtisodiy islohatlarning 5 asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: Iqtisodning siyosatdan ustunligi. Davlat bosh islohatchi. Qonunning ustivorligi. Aholining demakratik tarkibini hisobga olib, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqish o’tish. Bozor iqtisodiyoti nimaga asoslanadi? O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning nazariy asoslari va mezonlari aniqlandi. Bu iqtisodiyotning mafkuradan holi bo’lishi va uning siyosatdan ustivorligi, davlatning bosh islohatchi sifatida tutgan o’rni, iqtisodiy islohatlarni huquqiy jihatdan ta’minlash, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishni tegishli shart-sharoitlari yaratilganda amalga oshirish, islohatlar tufayli ko’p ukladli iqtisodiy tizimga asos solinadi. Mustaqilligimiz yillari jamiyatimiz iqtisodiyotini yaxshilash bozor munosabatlariga o’tishning yangi-yangi reja va dasturlari belgilandi. Bu esa o’zbek xalqiga erkin mehnat qilish, o’z iqtidorini to’la ro’yobga chiqarish imkonini berdi. O’zbek xalqining farovon yashashi tamoyillaridan biri bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tishdir. Bozor insonlarning yashashlariga imkon yaratuvchi maskan. Qadimdan qolgan bir naql bor: “Yurtning boyligini, elning kayfiyatini bilishni istasang, bozor oralab ko’r”. Qaysi yurtning tuprog’i hosildor, iqlim havosi yaxshi, eng asosiysi odamlari zaxmatkashu mirishkor bo’lsa, o’sha yerda to’kin-sochinlik, to’qlik-farovonlik, fayz bo’ladi. Yoz va oltin kuzning serbaraka hosili bozorlarni yanada ko’rkam, elimiz dasturxonini barakali qilmoqda. Sharqona bozorlarimizni tomosha qilgan sayyohlar uning boyligi, rango-rangligiga ofarinlar aytishmoqda. Xalqimining aksariyat qismini ro’zg’or uchun zarur mahsulotlarni davlat do’konlari va bozorlardan oladilar. O’zbekiston poytaxti Toshkentda bir-biridan chiroyli bozorlar bor: “Otchopar”, “Chorsu”, “Oloy”, “Beshyog’och”, “Askiya”, “Sirg’ali”, “Farxod”, “Qo’yliq” va boshqalar. O’zbekistonning hamma viloyatlarida ham qadim ko’xna bozorlar ta’mir qilinmoqda hamda yangi, ko’rkam bozorlar barpo etilmoqda. Bozor nima? Bozor asosan mol va pul ayrboshlash, sotuvchi bilan xaridorni bog’lovchi maskandir. Bozorlarda sotiladigan mahsulotlarga ko’ra “Dehqon bozori”, “Yoyma bozor”, “Mashina bozori”, “Qurilish mollari bozori” deb nomlanadi. Ota-bobolarimiz sotuvchi va xaridor odobiga alohida e’tibor berganlar. Bu borada Yusuf Xos Hojib bobomiz shunday nasihat qilganlar: “Savdoda kimki rostgo’y, fe’li to’g’ri bo’lsa, zarur bo’lganda unga mol topilmay qolmaydi”. Kaykovus bobomiz “Qobusnoma” kitoblarida: - “Ey o’g’lim, bozorda narsa sotmoqchi bo’lsang, oz foydaga qanoat qil, xaridorlarni o’zingdan uzoqlashtirma, narsangni narxini oshirma, Xalq sening oldinga bir narsani olish yoki sotmoq uchun kelsa, shunday xushmuomala, shirinso’z bo’lginki, ular o’z mollariga qimmat baho qo’yishdan sharm qilsinlar. Hamisha to’g’ri so’zla baxil bo’lma, kambag’allarga ehson qil”, ‘ deganlar. “Bozorga borib, baxtingizni sinang”. Download 26.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling