Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari


Download 210.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana08.11.2023
Hajmi210.64 Kb.
#1754533
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari

3.Bozor iqtisodiyoti 
Bozor 
iqtisodiyoti
 – bu 
tovar 
ishlab 
chiqarish

ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida 
tashkil 
etiladigan 
va 
boshqariladigan 
iqtisodiy 
tizimdir. Bunday 
iqtisodiyot 
erkin 
tovar-
pul 
munosabatlariga asoslanib
, uning negizida tovar va 
pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy 
monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor 


iqtisodiyoti – bozor xo‘jaligi sub’ektlari iqtisodiy 
xatti-
harakatlarining erkin
, mustaqil ravishda yuz berishi va 
ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib 
muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida 
bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari – 
ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol 
jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha 
sub’ektlarini qamrab oladi. 
SHuni ham e’tiborda 
tutish kerakki
, hozirgi sharoitda 
o‘rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq 
turdagi tovarlar mavjud bo‘lib, har yili ularning 1/10 qismi 
yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozorning ishtirokisiz 
tovar turlari va hajmi bo‘yicha talab va taklifni tartibga 
solishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Bu esa bozorning 
vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish 
idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol 
dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va 
muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy 
tizim hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, 
o‘z 
mehnatini 
sotuvchi 
ishchilar 
ham

pirovard 
iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog‘ozlar 
egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha 
asosiy sub’ektlari uchta guruhga bo‘linadi: uy xo‘jaliklari, 
korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori. 


Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat 
ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida 
moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida 
yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor 
iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab 
chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. 
Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari 
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. 
Tadbirkorlik sektori – bu iqtisodiyotning daromad (foyda) 
olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish 
yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni 
ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan 
daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun 
sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va 
xizmatlarni etkazib beradi.Davlat sektori – o‘z oldiga foyda 
olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni 
tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet 
tashkilotlari va muassasalarining majmui.SHuningdek, 
ba’zi 
darslik 
va 
o‘quv 
qo‘llanmalarda 
bozor 
iqtisodiyotining 
yana bir alohida
, mustaqil sub’ekti sifatida 
banklar 
ajratib 
ko‘rsatiladi.
1
Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur 
bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-
kredit muassasasi.SHunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan 
bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o‘zaro ta’siri va aloqasini 
quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin. 



Download 210.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling