Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
1 2 3 4 KIRISH Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish bilan birga, iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta‘minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iste‘molchi sifatida tanlovning eng optimal variantlarini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha o‘zining mustaqil qarashlariga ega bo‘lish hamda o‘z sohasidan ilmiy-tadqiqot yo‘llarini amalga oshirishga layoqatli bo‘lishi talab qilinadi. Talabalarning mustaqil fikr yuritishi, turli iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyatiga o‘z nuqtai-nazarini bayon qilish layoqatiga va real voqeiylik to‘g‘risida amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi hozirgi zamon talabidir. Shu sababli darslikda jamiyat iqtisodiy hayotining turli tomonlariga har xil iqtisodiy maktab vakillarining turfa qarashlari keltiriladi. Ko‘pchilik iqtisodiy kategoriyalar mohiyati klassik maktab vakillari va hozirgi zamon iqtisodiy oqimlar qarashlarini sintezlashtirish orqali ochib beriladi. Bu talabalarning hozirgi zamon iqtisodiyoti va uning istiqbolda rivojlanish tamoyillariga fikrlar xilma-xilligi orqali baho berishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Darslikda asosiy e‘tibor qo‘yilgan muammoga turli darajada qarash qoidasiga asoslanadi. Bunda so‘z mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, undagi davlat sektori va jahon iqtisodiyoti darajasida ro‘y beradigan munosabatlar to‘g‘risida ketadi. Darslikda hozirgi davrda iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion rivojlanish va globallashuv jarayonining kuchayishi bilan bog‘liqlikda yoritib beriladi. Taraqqiyotning o‘zi bir tomondan, fanni chuqur o‘zlashtirishni zarur qilib qo‘ysa, ikkinchi tomondan, turli-tuman yangi usullarni qo‘llash, ko‘rgazmalilikni oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo‘llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtiribgina qolmasdan, uni qiziqarli jarayonga ham aylantiradi . Shu sababli, mazkur darslikda bayon qilingan iqtisodiy voqelik, ko‘rgazmali vositalar bilan to‘ldiriladi va boyitiladi. 5 Iqtisodiy fanlarning boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlardan ajralib turadigan tomoni ham shundaki, u dalillar rasmiy yoki shartli ma‘lumotlar bilan ish ko‘radi. Iqtisodchidan ular bilan ishlay bilish, qo‘ygan maqsadga erishish uchun hisob- kitoblarni amalga oshirishi, ularning dinamikasini o‘rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarish, ―Tegishli qaror qabul qilish‖ ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab qilinadi. Bu o‘z navbatida nazariy-iqtisodiy fanlarni amaliy jihatlari bilan chuqur o‘rganish, imkon qadar real voqelikka yaqin tajribalar o‘tkazish, nazariy qonun- qoidalarni sinab ko‘rishni zarur qilib qo‘yadi. Shu sababli, darslikda o‘quv materiallarini bayon qilish usul va uslublari takomillashtiriladi, nazariy va amaliy muammolar jabhasi kengaytiriladi. Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur o‘quv darslikda, iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot nazariyasiga oid masalalar mantiqiy ketma-ketlikda o‘rin olgan. Ayniqsa, iqtisodiyotning asosiy muammosi va uning amal qilish yo‘llarini, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti, uning qonun-qoidalari va tartibga solish mexanizmlari rolini yoritishga alohida e‘tibor qaratilgan. Darslikda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonun va oliy o‘quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash davlat andozasining talablari hisobga olingan. Har bir mavzu mazmunini yoritishda respublika qonunlari, boshqa me‘yoriy hujjatlardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezidenti Sh.Mirziyoev asarlaridan hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan harakatlar strategiyasidan keng foydalanilgan. Darslikda shu fandan mavjud horijiy adabiyotlar bilan birga respublikada ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ bo‘yicha chop qilingan darslik va o‘quv qo‘llanmalardan, mamlakatimiz iqtisodiy hayotiga tegishli rasmiy statistik ma‘lumotlardan keng foydalanilgan. Darslik oddiy va ravon tilda yozilgan bo‘lib, bu talabalarga fanni oson o‘zlashtirishlari uchun imkon beradi. 6 Darslikda o‘qitishning yangi texnologik hususiyatlari hisobga olinib, har bir mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, takrorlash va munozara uchun savollar berildi, kitobning oxirida asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati keltirildi. Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur darslik Oliy o‘quv yurtlarining –baka- lavr yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Undan barcha iqtisodiy yo‘nalishdagi bakalavrlar, o‘rta mahsus o‘quv yurtlari o‘quvchilari, doktorantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin. Muallif kursning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinishi tartibi va uslubi bo‘yicha bildirilgan har qanday taklif-mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladi va keyingi o‘quv adabiyotlari tayyorlashda hisobga oladi. Muallif ushbu darslikni tayyorlashda qimmatli maslahatlari va amaliy yordamlarini bergan Toshkent Moliya instituti ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ kafedrasi professor-o‘qituvchisi Z.G.Allaberganovga, dizayner-sahifalovchi M.R.Usanovaga samimiy minnatdorchiligini bildiradi. 7 Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling