Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Iqtisodiy muvozanatlikni aniqlash usullari. Retsession va inflyatsion farq


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

2. Iqtisodiy muvozanatlikni aniqlash usullari. Retsession va inflyatsion farq 
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o‘zaro bog‘liq 
usuldan foydalaniladi:


332 
1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash.
2. Jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash. 
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish 
umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), 
iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste‘mol hajmi va investittsiyalarga sarflarning 
umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab 
chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish 
uchun yetarli umumiy sarflarni ta‘minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mah-
sulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori 
(SMM) xarid qilingan tovarlar shunday miqdoriga (S+ Ip) teng bo‘ladi. 
To‘liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi 
mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. Yalpi 
sarflarning SMM hajmidan kam bo‘lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning 
SMM hajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi. 
Jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, 
ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini 
beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste‘mol qilmasdan jamg‘armaga 
qo‘yish mumkin. Jamg‘arma, sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni 
olib qo‘yish hisoblanadi. Bunda jamg‘armaga qo‘yilgan mablag‘lar investitsiya 
sifatida ifodalanilsa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘ladi. 
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari 
balans usulidan hamda ―Xarajat va natija‖ larni taqqoslash usulidan ham 
foydalaniladi. 
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi 
balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi. 
―Xarajat va natija‖larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan 
iqtisodiy resurs sarflari olingan mahsulot qiymati bilan taqqoslanib muvozanatlik 
darajasi tahlil qilinadi. Bunda mahsulot birligiga qilingan iqtisodiy xarajatlar uning 
narxi bilan taqqoslanadi. 


333 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling