Bozor iqtisodiyoti. Bozor va uning tuzilishi


Download 1.6 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi1.6 Mb.
#211043
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

BOZOR IQTISODIYOTI. BOZOR VA UNING TUZILISHI

Bajardi:Omonov Sardorbek

Bozor iqtisodiyoti

 Tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot.

Bozor iqtisodiyoti sub’yekrtlari tarkibi turli bo’lib, 3 turga ajratiladi.

  • Uy xo’jaligi – Uy xo‘jaliklari doirasida yaratilgan pirovard tovar va xizmatlar iste‘mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar ham hisoblanadi.
  • Tadbirkorlar sektori - bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. Tadbirkorlar bozor xo‘jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi hisoblanadi
  • Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi muassasalar sifatida namoyon bo‘ladi.

Bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: narx, raqobat, talab va taklif.

Bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: narx, raqobat, talab va taklif.

Bozor iqtisodiyotining muhim belgilari quyidagilardan iborat:

-Turli shakllardagi mulkchilikning mavjudligi hamda xususiy mulk ustuvorligi; - Tadbirkorlik tanlovi va narxlar erkinligi; - Iqtisodiy manfaatlar rag‘batlantirilishi; - Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;

Bozor iqtisodiyotida beshta asosiy muammosi mavjud bo‘lib, ular o‘z echimiga ham ega.

1. Nima ishlab chiqarish zarur? Foyda keltiradigan tovarlar ishlab chiqariladi, zarar keltiradiganlari ishlab chiqarilmaydi. 2. Qanday ishlab chiqarish zarur? Yangi texnika va texnologiyaga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur. 3. Qancha ishlab chiqarish zarur? Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi. 4. Kim uchun ishlab chiqarish zarur? Aholining alohida tabaqalari (yuqori, o‘rta va kam ta‘minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil qilinadi. 5. Iqtisodiy tizim ro‘y beradigan o‘zgarishlarga moslasha oladimi? Bunda mavjud iqtisodiy tizim bozor iqtisodiyoti muhitiga moslasha olishlik darajasi hisobga olinadi.

  • 1. Nima ishlab chiqarish zarur? Foyda keltiradigan tovarlar ishlab chiqariladi, zarar keltiradiganlari ishlab chiqarilmaydi. 2. Qanday ishlab chiqarish zarur? Yangi texnika va texnologiyaga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur. 3. Qancha ishlab chiqarish zarur? Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi. 4. Kim uchun ishlab chiqarish zarur? Aholining alohida tabaqalari (yuqori, o‘rta va kam ta‘minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil qilinadi. 5. Iqtisodiy tizim ro‘y beradigan o‘zgarishlarga moslasha oladimi? Bunda mavjud iqtisodiy tizim bozor iqtisodiyoti muhitiga moslasha olishlik darajasi hisobga olinadi.

Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan uchtasi e‘tiborga loyiqdir.

1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. 2. Erkinlik 3. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki u iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi.

Bozor iqtisodiyotining kamchiliklariga to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarni sanab o’tsak bo’ladi.

Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o‘z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo‘lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo‘shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat – bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta‘sirining pasayib borishiga olib keladi.

  • Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o‘z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo‘lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo‘shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat – bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta‘sirining pasayib borishiga olib keladi.

Ijtimoiy iste‘mol qilinadigan ne‘matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a‘zolarini bunday ne‘matlar va xizmatlar bilan ta‘minlash davlat zimmasida bo‘ladi.

Ijtimoiy iste‘mol qilinadigan ne‘matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a‘zolarini bunday ne‘matlar va xizmatlar bilan ta‘minlash davlat zimmasida bo‘ladi.

jamiyat a‘zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog‘liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin, daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma‘lum darajada yumshatishi mumkin.

Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining kamchiligi hisoblanadi va bu – pulning qadrsizlanishi – inflyatsiya bilan birga boradi.

  • Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining kamchiligi hisoblanadi va bu – pulning qadrsizlanishi – inflyatsiya bilan birga boradi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling