Bozor iqtisodiyoti davrida tavakkalchilikning tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri


Tavakkalchilikni (yo‘qotishlarni) pasaytirish


Download 200.5 Kb.
bet13/15
Sana19.06.2023
Hajmi200.5 Kb.
#1611100
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2.3. Tavakkalchilikni (yo‘qotishlarni) pasaytirish.
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug‘urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.
Diversifikatsiya usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya’ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo‘ladigan tavakkalchilikni kamaytirishga olib keladi.
Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma’lumki, bir vaqtning o‘zida ikkala mahsulot turiga bo‘lgan talabning kamayib ketish ehtimoli, ulardan bittasiga bo‘lgan talabni kamayib ketish ehtimolidan yuqori. Ko‘p hollarda bir turdagi mahsulotga bo‘lgan talab kamayganda ikkinchi turdagi mahsulotga bo‘lgan talab oshadi. quyidagi 4-jadvalda ikki turdagi mahsulotdan olinadigan daromadlar keltirilgan.
4- Jadval
Tovarlarni sotishdan tushgan daromad.

Tovarlar turi

Yoz fasli

Qish fasli

1-tur (muzqaymoq)

6 mln. so‘m

1 mln. so‘m

2-tur (issiq choy)

1 mln. so‘m

6 mln. so‘m

Firma o‘zi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib, yoz oyida ikkinchi tur tovar hisobidan yo‘qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko‘proq sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yo‘qotishlar ikkinchi tovar hisobidan qoplanadi. Ko‘rinib turibdiki, firma diversifikatsiya yo‘li bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin, diversifikatsiya tavakkalchilikni to‘liq yo‘qotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos.
Tavakkalchiliklarni qo‘shish - ushbu usul tasodifiy yo‘qotishlarni o‘zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan. Ma’lumki, mulkning o‘g‘irlanishi, shaxsning kasal bo‘lib ishga chiqmasligi, tabiiy ofatlarning bo‘lishi tasodifiy bo‘lib, ular juda katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu noxush hodisalarning oqibatlarini kamaytirishda sug‘urtaning ahamiyati katta.
O‘zbekistonda ham hozirgi vaqtda ko‘pgina insonlar o‘z hayotlarini, mulkini sug‘urtalaydilar. Sug‘urta ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun respublikada maxsus qonunlar ishlab chiqilgan va bir qator davlat va nodavlat sug‘urtalash firmalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Sug‘urtalashda tavakkalchilikni qo‘shish samaradorligi shu bilan belgilanadiki, sug‘urtalangan shaxslarning tavakkalchiligi bir-biriga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
Tavakkalchilikni taqsimlash - ushbu usulga ko‘ra zarar ko‘rish ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub’ektlar o‘rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub’ektning kutiladigan yo‘qotishi nisbatan kichik bo‘ladi.
Ushbu usuldan foydalangan holda yirik moliya kompaniyalari katta masshtabdagi loyihalarni va ilmiy izlanishlarni tavakkalchilikdan qo‘rqmasdan moliyalashtiradilar.
Axborot bilan ta’minlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun deganda, axborotning yetishmasligi noto‘g‘ri qaror qabul qilishga olib keladi. Hozirgi vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo‘lib, uni olish uchun haq to‘lash kerak, ya’ni axborot olish xarajat bilan bog‘liq, ba’zi axborotlar nihoyatda qimmat turadi. Shuning uchun ham kerakli bo‘lgan axborotdan qancha olish kerak deganda, uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib ko‘rish kerak bo‘ladi.
Xulosa.

Biz rus lug’atida qabul qilingan «Risk»-so’zini «tavakkalchilik» deb tarjima qildik. Bu terminga yana ekvivalent o’zbek tilida «qaltislik» va «risk»ning o’zini ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so’zi «Risk»ni to’la mazmunini o’zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o’zbek tilida qaysi so’zni tanlashni ko’rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb tarif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoki unga to’sqinlik qilishi mumkin.


Shuni qayd etish lozim-ki, tavakkalchilik vaziyati sifat jihatdan noaniqlik (mavhumlik) vaziyatidan keskin farq qiladi.
Noaniqlik vaziyati-amalda o’rnatish imkoni bo’lmagan hodisa va qarorlar natijalarini hosil bo’lish ehtimoliyatidir.
Shunday qilib, tavakkalchilik vaziyatini aniqlanishi mumkin bo’lgan va amalga oshuvchi hodisalar ehtimoliyatidagi noaniqliklar xilma-xilligi deb tarif berish mumkin.
Ya’ni bu holda taxminan sheriklarning ishlab chiqarishdagi hamkorligidagi faoliyati, raqiblarni qarshi harakati, iqtisodiyot taraqqiyotiga tabiiy muhitning ta’siri, ishlab chiqarishga ilmiy texnik yutuqlarni joriy etish natijasida paydo bo’luvchi hodisalar ehtimolini ob’ektiv baholash imkoniyati mavjud bo’ladi.
Tavakkalchiliik vaziyatlardan «chiqish uchun», sub’ekt tanlov o’tkazadi va uni amalga oshirishga harakat qiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o’z ifodasini topadi. Sub’ektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o’z ifodasini topadi. Amalga oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo’lganidek, amalga oshirish bosqichida ham mavjud bo’ladi.
Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik aniq ziddiyatlarni noaniq vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish usuli bilan sub’ekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Tavakkalchilik-bu omadsizlik holatida vaqtincha tanlovga qadar bo’lgan holdan ham yomon vaziyatda bo’lish imkoniyati mavjud bo’lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat (hatti-harakat)dir. Bu tarifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda, alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi.

Download 200.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling