Mavzu: Tavakkalchilikni boshqarish muqobil usullari va yondashuvlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 151.5 Kb.
|
Reja Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Xulosa va takliflar IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Mavzu: Tavakkalchilikni boshqarish muqobil usullari va yondashuvlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1. Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish 2. Tavakkalchilikni muqobil baholash usullari 3. Tavakkalchilik turlari va yondashuvlari III. Xulosa va takliflar IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati II. ASOSIY QISM 1. TAVAKKALCHILIK TUSHUNCHASI VA UNI BOSHQARISH Biz rus lug’atida qabul qilingan «Risk»-so’zini «tavakkalchilik» deb tarjima qildik. Bu terminga yana ekvivalent o’zbek tilida «qaltislik» va «risk»ning o’zini ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so’zi «Risk»ni to’la mazmunini o’zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o’zbek tilida qaysi so’zni tanlashni ko’rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb tarif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoki unga to’sqinlik qilishi mumkin. Shuni qayd etish lozim-ki, tavakkalchilik vaziyati sifat jihatdan noaniqlik (mavhumlik) vaziyatidan keskin farq qiladi. Noaniqlik vaziyati-amalda o’rnatish imkoni bo’lmagan hodisa va qarorlar natijalarini hosil bo’lish ehtimoliyatidir. Shunday qilib, tavakkalchilik vaziyatini aniqlanishi mumkin bo’lgan va amalga oshuvchi hodisalar ehtimoliyatidagi noaniqliklar xilma-xilligi deb tarif berish mumkin. Ya’ni bu holda taxminan sheriklarning ishlab chiqarishdagi hamkorligidagi faoliyati, raqiblarni qarshi harakati, iqtisodiyot taraqqiyotiga tabiiy muhitning ta’siri, ishlab chiqarishga ilmiy texnik yutuqlarni joriy etish natijasida paydo bo’luvchi hodisalar ehtimolini ob’ektiv baholash imkoniyati mavjud bo’ladi. Tavakkalchiliik vaziyatlardan «chiqish uchun», sub’ekt tanlov o’tkazadi va uni amalga oshirishga harakat qiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o’z ifodasini topadi. Sub’ektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o’z ifodasini topadi. Amalga oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo’lganidek, amalga oshirish bosqichida ham mavjud bo’ladi. Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik aniq ziddiyatlarni noaniq vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish usuli bilan sub’ekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Tavakkalchilik-bu omadsizlik holatida vaqtincha tanlovga qadar bo’lgan holdan ham yomon vaziyatda bo’lish imkoniyati mavjud bo’lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat (hatti-harakat)dir. Bu tarifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda, alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi. Tavakkalchilik-bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf etish bilan bog’liq jarayonda ko’zlangan natijalarga erishish omadsizlik va maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud holdagi faoliyatidir. Ko’rsatib o’tilgan elementlar, ularning o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’sirchangligi tavakkalchilikning mazmun mohiyatida namoyon bo’ladi. Shu bilan bir qatorda tavakkalchilikka uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi bir qancha xislatlar xosdir. Unga quyidagi xislatlar kiradi. -qarama-qarshilik (zidlik) -alternativlik (muqobillik) -noaniqlik (mavhumlilik) Qarama-qarshilik-tavakkalchilikning muhim xislatlaridan biri bo’lib, u turli qarashlarda namoyon bo’ladi. Tavakkalchilikning bu xususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy ruhiy oqibatga sabab bo’ladi, chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini ta’minlaydi, jamoatchilikning fikrlash doirasiga ijobiy ta’sir etadi. Ikkinchi tomondan, tavakkalchilik avantyurizm, valyuntarizm, sub’ektivizmga, ijtimoiy taraqqiyotni tormozlashga olib keladi. Tavakkalchilikning qarama-qarshi tabiati mavjud tavakkal harakatlarning to’qnashuvida namoyon bo’ladi. Masalan, u yoki bu harakatni amalga oshirish uchun maqbul yo’lni tanlagan kishi o’zini tavakkal ish qilgan deb hisoblasa, boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik, har qanday tavakkalchilikdan xolis yoki aksincha deb baholash mumkin.Tavakkalchilikning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi imkoniyatlar yo’nalishlar harakatlar orasidan o’ziga mos - keluvchi variantni tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud bo’lmasligi, tavakkalchilik holatini inkor etadi. Qayerdagi tanlov bo’lmasa u yerda tavakkal harakatdagi vaziyat yuzaga kelmaydi, demak tavakkalchilik mavjud bo’lmaydi. Tavakkalchilikning bu xislatiga e’tiborni qaratishimizning muhimligi shundan iborat-ki, u noaniqlikning ob’ektiv va sub’ektiv manbalarini inkor etadi va boshqaruv jarayonlarini amalda optimallashtiradi, kolaversa gap qandaydir noaniqliklarni to’liq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin bo’lmagan), balki ratsional alternativani tanlash maqsadida tavakkalchilikni hisobga olish zarurati ustida ketmoqda.Kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlanib borishi bilan xo‘jalik yuritishning asosini tashqil etuvchi raqobatning ahamiyati ortib bormoqda. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun tadbirkorlar samarali boshqaruv uslublarini bilishlari, tavakkalchilik chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbulini tanlay olishlari kerak. Bu esa tadbirkorning ishbilarmonlik o‘obiliyati bilan belgilanadi va har bir tadbirkordan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi. Tadbirkorlik – foyda olish maqsadida o‘z mol-mulkini tavakkkalchilik asosida biznesga tikish jarayoni ekanligi tufayli, bunday faoliyat doimiy ravishda ma’lum bir xatarlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatimiz va xorijda to‘plangan tajribalar tadbirkorlik faoliyatini tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan insonlarning hayoti umid va tushkunlik, tinimsiz mehnat va xavotirlarga to‘la bo‘ladi. Tadbirkor tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan ishga tayyor bo‘lgan odamlar qatoriga kiradi. U tavakkalchiligi o‘ta yuqori bo‘lgan loyihalarni yechishi va hal qilishi mumkin yoki tavakkalchilikning darajasi unchalik kuchli bo‘lmagan biznes bilan shug‘ullanishi mumkin. Har qanday tadbirkorlik firmasi tavakkalchilik bilan bog‘liq faoliyat olib borar ekan, doimiy ravishda tavakkalchilik turlarini aniqlaydi, ma’qul bo‘lgan chegarasini belgilaydi hamda uning keskin oqibatlaridan o‘zini himoyalash yo‘llarini qidiradi. Tavakkalchilikdagi xavf darajasini aniqlash, uning oldini olish yo‘llarini izlab topish va oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarni pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid faoliyatni tavakkalchilikni boshqarish tizimi deb ataladi. Tadbirkorning tavakkalchilikni boshqarish doirasidagi faoliyati o‘z subyektining daromadligiga tahdid soluvchi tavakkalchiliklarning ta’siridan himoya qilishga yo‘naltirilgan. Tavakkalchilikni oqilona boshqarish subyektning uzoq muddatli istio‘bolda muvaffao‘iyatga erishish imkoniyatini oshiradi, uning moliyaviy holatining yomonlashish xavfini bir muncha bo‘lsada kamaytiradi. Tadbirkor uchun paydo bo‘ladigan tavakkalchilikni taxminiy bilish zarurdir, lekin buning o‘zi yetarli emas. Muhimi, tavakkalchilikning aniq turi korxona faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligi va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlab, uni to‘g‘ri baholay bilish va shundan so‘ng subyektining iqtisodiy samaradorligiga ta’sirini hisoblab topishdir. Tavakalchilikni boshqarish bir-birini to‘ldirib boruvchi bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi. Tavakkalchilikni boshqarishda eng avvalo yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uning turlari aniqlanadi, ular tahlil etiladi va zararning kutiladigan darajasi hisoblanadi. Keyingi bosqichda uning oldini olish, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni pasaytirish yoki sug‘urtalash tadbirlari ishlab chiqiladi va uni boshqarish usullari tanlanadi. Oxirgi bosqichda esa ko‘rilgan zararlarni qoplash, oqibatlarini tahlil etish va bartaraf qilish choralari ko‘riladi. Umuman olganda, tavakkalchilikni boshqarish tadbirkorga resurslardan yanada oqilona foydalanish, javobgarlikni taqsimlash, firma faoliyatining natijalarini yaxshilash va tavakkalchilikning ta’siridan xavfsizligini ta’minlash imkonini yaratiladi. Taxminiy tavakkalchilikni aniqlash
Download 151.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling