Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil bo'Iishini talab qiladi, turli mulk bo'lgan tovarning egalari bozor munosabatiga kirishadi. Tovar muayyan mulk obyekti bo'lgandagina oldi-soldi qilinadi


Download 13.71 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi13.71 Kb.
#1388390
Bog'liq
bek b


Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil bo'Iishini talab qiladi, turli mulk bo'lgan tovarning egalari bozor munosabatiga kirishadi. Tovar muayyan mulk obyekti bo'lgandagina oldi-soldi qilinadi. Mulkchilik bozor munosabatining birlamchi asosi, lekin uning o'zi bozorsiz yuzaga chiqmaydi. O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitlarida mulkchilik shakllari ko'payib, fuqarolar mulki, jamoa mulki va davlat mulki uning asosiy ko'rinishlariga aylanadi. Mazkur mulk shakllari, o'z navbatida, bir necha mulk turlariga bo'linadi. Mulkiy munosabatlar turli shakl va turdagi mulkni o'z ichiga oladi. Mulk shakllari- bu o'zlashtirishning tavsifi, ya'ni uning ko'rinishi, qiyofasi, majmuidir. O 'z mehnati evaziga o'zlashtirish, o'zgalar yaratgan boylikni o'zlashtirish, yakka tartibda, jamoa bo'lib, sherikchilik asosida o'zlashtirish borki, ular mulkchilikning har xil shakllarini bildiradi. O'zbekiston Respublikasida quyidagi shakllardagi mulk mavjud. 1)fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki; 2)kollektiv (shirkat) mulki, shu jumladan, oilaviy, mahalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan korxona mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi jamoasining, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar konsernlarning mulki, turli xo'jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki; 3) Respublika, Qoraqalpog'iston Respublikasi, ma'muriy-hududiy tuzilmalardan (kommunal) iborat davlat mulki; 4)aralash mulk; 5) qo'shma korxonalar, chetel fuqarolari, tashkilotlar va davlat, shuningdek, chetel yuridik shaxslari mulki shaklida yuzaga chiqadi. Xususiy mulk-ayrim kishilarga tegishli va daromad topishga qaratilgan mulk. Uning ikki ko'rinishi mavjud: 1) individual-xususiy mulk; 2) korporativ-guruhiy mulk. Individual mulk bor joyda boylikni o'zlashtirish alohidalashgan holda, ayrim mulkdor tomonidan amalga oshiriladi. Korxonani ijaraga berish yoki aksioner jamiyatiga aylantirish tanho mulkdor ixtiyorida bo'ladi. Kooperativ — xususiy mulk deganda ma'lum bir guruh tomonidan boylikni sherikchilik asosida individual tarzda o'zlashtirish tushuniladi. Mulkning bunday shakli hissadorlikka tayanadi. Guruh a'zosi umumiy ishga o'z hissasini pay (ulush) sifatida xususiy mulkini qo'shadi va shu ulushining miqdoriga yarasha daromad oladi. Xususiy mulkdan tashqari shaxsiy mulkham borki, u ham individual o’zlashtirishni bildiradi. Ammo u xususiy mulkdan farqliroq, ya'ni daromad topishga xizmat qilmaydi, balki shaxsiy ehtiyojni qondirishga qaratiladi. Asosan iste'mol buyumlari, ya'ni oziq —ovqat, kiyim —kechak, turar —joy, transport vositalari shaxsiy mulk obyekti bo'lib xizmat qiladi. Ular pul topishga emas, shaxsiy hayot kechirishga qaratiladi. Bu mulkning o'sish manbai iste'molga ajralilgan daromad hisoblanadi. Shaxsiy mulkning ko'pligi jamiyat boyligini bildiradi. Xususiy va shaxsiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deb yuritiladi. Ular o'rtasidagi chegara nisbiydir. Muayyan boylik shaxsiy mulkdan xususiy mulkka aylanishi mumkin. Masalan, muayyan bir kishining topgan puli iste'mol tovarlari va xizmatlarni xarid etib, iste’mol qilishga ishlatilsa, u shaxsiy mulkka aylanadi. Agar uni aksiyaga aylantirib, daromad topilsa, xususiy mulk bo'ladi. Jamoa mulki —boylikning muayyan maqsad yo'lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o'zlashtirilishidir. Bu mulk sharoitida o'zlashtirish jamoadan tashqarida bo'la olmaydi. U ’zlashtirish sharti jamoaga kirishdir. Jamoa mulki mehntasiz o'zlashtirishni inkor etadi va korporativ —xususiy mulkdan farqli ravishda nafaqat mulkka, balki mehnatga ham hissa qo'shishni talab qiladi. Shundagina o'zlashtirish yuz beradi, ishlab chiqarish resurslari birgalikda ishlatiladi, ammo olingan natijaning bir qismi yakka tartibda o'zlashtiriladi. Jamoa mulki mayda mulk egalarining ko'ngilli tarzda va o'z manfaati yo'lida turli jamoalarga birlashuvi orqali yuzaga keladi, uning obyekti moddiy boyliklar, subyekti esa jamoa a'zolaridir. Jamoa mulkining ko'payishi ikki yo'l bilan boradi: 1) jamoaga yangidan kirgan kishilar bergan, ular hissasining umumiy mulkka kelib qo'shilishi; 2) jamoa olgan daromadning bir qismining moddiylashib, mulk obyektiga qo'shilishi. Kooperativ mulk —jamoarnulkining asosiy turi, har xil kooperativlarga birlashgan kishilarning umumiy mulki, mulkdagi hissadorlikka asoslangan bo'lib, guruhiy mazmunga ega. Ijaraga olingan korxona jamoasi mulki —davlat mulkini korxona jamoasi tomonidan ijaraga olib ishlatishdir. Korxona jamoasining mulki —ishchi va xizmatchilar jamoasi davlatdan yoki xususiy mulk sohibidan sotib olgan xamda umumiylashtirib, birgalikda o'zlashtiriladigan mulk. Bu yerda mulk ikkiga ajralmaydi, hamma mol-mulk va pul mablag'lari korxona jamoasi ixtiyorida turadi. Korxona va tashkilotlar uyushm assotsiatsiyasi mulki ma'lum maqsad yo'lida uyushma tashkil etganlarning umumiy mulki. O 'z faoliyatini uyg’unlashtirish, savdo —sotiq, ishlab chiqarish, boshqarishni tashkil etish uchun har xil yoki bir xil mulkka oid korxonalar va tashkilotlar ajratgan moddiy va pul mablag'i hisobidan tashkil topgan, lekin ishtirokchilar mulkidan alohidalashgan umumiy mulk paydo bo'ladi. Uni xar bir ishtirokchi emas, balki uyushma tasarruf eta oladi. Bu mulk umumiy maqsad yo'lidagina ishlatiladi. Ijtimoiy tashkilotlar mulki — ijtimoiy tashkilotlar partiyalar, kasaba tashkilotlari, xalq harakatlari, turli fondlar va boshqalarga a ’zo bo'lgan va o'z ulushini qo'shgan kishilarning umumiy mulkidir. U badal puli, ajratmalar, xo'jalik faoliyatidan tushgan daromadlar hisobidan paydo bo'ladi, tashkilotlar nizomida ko'rsatilgan faoliyatni amalga oshirishga xizmat qiladi. Diniy tashkilotlar mulki —dindorlar tashabbusi bilan vujudga kelgan tashkilotlam ing mol — mulki. Bu mulk ham birgalikda tasarruf etiladi va u o'tm ishdan meros qolgan diniy bino —inshootlar bilan cheklanmay, dindorlardan tushgan mablag'lar, korxona va tashkilotlarning xayriya yordami, diniy marosimlardan tushgan daromad hisobidan shakllanadi. O 'zbekiston Respublikasi qonunida yuqorida ko'rib o'tilgan jamoa mulki turlaridan tashqari oila mulki va mahalla mulki qonun bilan qayd etilgan. Oilaviy korxona va xo'jaliklar borki, u yerdagi mol —mulk daromad topishni ko'zlaydi, birgalikda o'zlashtiriladi. Bir necha qondosh oilalar uyushmasi jamoa bo'lib, uning doirasida mulkiy aloqa paydo bo'ladi. Oila mulki obyekti oilaga qarashli mol — mulk bo'lib, u mehnat vositalari bilan birga iste'mol buyumlaridan ham iborat. Oila mulki zaminida mikroiqtisodiyotning bir turi —oila xo'jaligi amal qiladi. Mahalla mulki —mahalla ahlidan iborat jamoa doirasida unga qarashli boylikning ham jihatlik bilan o'zlashtirilishidir. Mahalla ixtiyoridagi bino — inshootlar (kutubxona, idora binosi), marosimdi xizmat qiluvchi asbob —anjomlar mahalla mulkining obyekti bo'lsa, uning subyekti jami mahalla ahli hisoblanadi. Mahalla ahlining pul mablag'lari, davlat bergan mablag'lar, mahallada joylashgan korxona va tashkilotlarning xayriya ajratmalari hisobiga mahalla mulki shakllanadi va о’sib boradi. - Davlat mulki boylikning o'z vazifasini ado etishi uchun davlat tomonidan o'zlashtirilishidir. Bu mulk davlat paydo bo'lishi bilan vujudga keladi, ammo uning m aqsadi va miqyosi o'zgarib turadi. U xususiy va jamoa mulkidan o'sib chiqadi, ya’ni ularga tegishli moddiy va ma'naviy ne'matlar davlat tasarrufiga o'tadi. Davlat mulkining paydo bo'lishi va rivojainishi quyidagilar hisobidan bo'ladi: 1) mulkning milliylashtirilishi; 2) davlat mablag'i hisobidan korxonalar qurilishi; 3) jamiyatda yaratilgan, ammo boshqa mulklarga taalluqli daromadlarning bir qismidan soliq undirish orqali davlat budjetiga olinishi. Turli mamlakatlarda davlat mulki obyekti bir —biridan farq qiladi. Ko'pchilik mamlakatlarda yer xususiy mulk obyektiga kiradi, O 'zbekistondagi mulk to'g'risidagi qonunga ko'ra yer, suv, qazilmalar, o'simlik va hayvonot dunyosi davlat mulki deb e'lon qilingan. Davlat mulki faqat unga qarashli korxonalar mol — mulki bilan cheklanmaydi, unga davlat tashkilotlari mahkamalaridagi mol —mulk, davlat budjetining pul mablag'lari, davlatga qarashli aksiyalar ham kiradi. Shuningdek, davlatning xorijda ham mulki bo'ladi. Turli shakldagi m ulklar bir — biridan tamom ila ajralib qolmaydi, ularning o'zaro aloqasi faqat bozor orqali bo'lmay, ular kirishib ham ketadi, natijada aralash mulk paydo bo'ladi. Aralash mulk muayyan bir obyektning turli mulkdorlar ishtirokida o'zlashtirilishini bildiradi. U hozirgi ochiq turdagi aralash aksioner kompaniyalarida aniq ifoda etiladi. Bu yerda xususiy mulk, jamoa mulki va hatto xorijiy mulk hissadorlik asosida birlashadi. Mulk obyekti birlashgan holda ishlatilib, o'z egalariga daromad keltiradi.
Download 13.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling