Bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qiladi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud
Download 34.74 Kb.
|
makro Joriy SIRTQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIMIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTONMILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALIMakro va mikro iqtisodiyot fanidan MUSTAQIL ISHMavzu: Bozor muvozanati va uning ahamiyati . BAJARDI: Mamirov B. QABU QILDI: Azimov. Y Jizzax 2023 Bozor muvozanati va uning ahamiyati Kirish 1. Bozor muvozanati haqida tushuncha va uning turlari 2. Bozor muvozanatiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar tahlili 3. Davlat tomonidan tovarlarga minimal va maksimal baholar o`rnatish oqibatlari 4. Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish istiqbollari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Kirish. Bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qiladi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklaming buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklaming kuchayishi, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir. Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo‘ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o‘zini- o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, institutsional islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi shaklantirilib, rivojlanish tendensiyalariga ega bo‘lib borilmoqda. O‘zbekistonda shakllantirilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy ta’sirini yumshatish imkonini berdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruzasida “ Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo`lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o`tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo`yicha qat’iy qadamlar qo`yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Bu islohotlarning asosiy maqsadi- aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so`zsiz davom ettiriladi. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik xar bir rahbarni- bu Bosh vazir yoki uning o`rinbosarlari bo`ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar xokimi bo`ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo`lib qolishi kerak. Endi xar birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi- o`zimiz mas’ul bo`lgan soha va tarmoqda ishlarning aholining tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni ma’sulyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi.”1 Ma’lumki, yurtimizda olib borilayotgan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo`yicha olib borilayotgan chora- tadbirlar samaradorligi o`z natijasini bermoqda. Xozirgi kunga kelib, O`zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot xajmi sezilarli darajada oshib bormoqda, o`z navbatida, davlat byudjetining daromad qismi ham oshmoqda. Bu kabi iqtisodiy o`zgarishlar mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, pul-valyuta va to`lov nizomini mustahkamlanib borishiga asos bo`lmoqda. 1. Bozor muvozanati haqida tushuncha va uning turlari Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta'sir qilmasa, u o‘zining ushbu holatini saqlab qoladi. Talab va taklif modelida talab chizig‘i bilan taklif S chizig‘ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta'minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga ko‘ra shuni ta'kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo‘lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o‘zgartirishga hech narsa sabab bo‘lmaydi. Muvozanat narx (1-rasm) deb, shunday narxga aytiladiki, agar u bozorda taklif qilinadigan ne'mat miqdori ni unga bo‘lgan talab miqdori unga bo‘lgan talab miqdori ga tenglashtirsa, ya'ni . 1-rasm. Muvozanat narx Pe va muvozanat ishlab chiqarish Qe. 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, bozor muvozanati yagona. Talab va taklif chizig‘iqlari yagona muvozanat E nuqtada kesishadi. va nuqtalar, muvozanat nuqta E ning koordinatlari hisoblanadi. Bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, bozor muvozanatini o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa, (talab chizig‘i o‘ngga siljiganda) muvozanat narx va muvozanat tovar hajmi o‘sadi. Agar bozor talabi kamaysa (talab chizig‘i chapga siljisa), va lar ham kamayadi. Bozor taklifi oshsa (taklif chizig‘i o‘ngga siljisa), muvozanat narx kamayadi, muvozanat tovar hajmi o‘sadi. Agar bozor taklifi kamaysa (taklif chizig‘i S chapga siljisa), muvozanat narx o‘sadi, muvozanat tovar hajmi kamayadi (2, 3-rasmlar). 2-rasm. Talab chizig‘ining 3-rasm.Taklif chizig‘ining siljishi. siljishi. Agar taklif va talab chiziqlari bir vaqtning o‘zida siljishsa, muvozanat narx va muvozanat miqdor larning o‘zgarishi har xil bo‘lishi mumkin. Yuqorida keltirilgan bozor modeli statik bo‘lib, u ma'lum vaqt oralig‘ini oladi (masalan, u bir oyga, bir yilga teng bo‘lishi mumkin). Bunday bozor modelida o‘zgaruvchilar vaqtga bog‘liq emas. Modelda talab, taklif va narxlarning bog‘liqliklarini vaqt o‘zgarishi bilan bog‘lasak, model dinamik modelga aylanadi. Faraz qilaylik, ma'lum vaqt oralig‘ida (masalan, bu oraliq bir oy bo‘lsin) bir birlik tovarning bozor narxi bo‘lsin (ya'ni, tovar narxi bir oy ichida o‘zgarmaydi). Tovarning bozor narxi muvozanat narxga teng bo‘lishi ham, teng bo‘lmasligi ham mumkin. Agar biz vaqt oralig‘ini qarasak, u holda qiymatlarni qabul qiladi. - narx trayektoriyasini yoki dinamik model trayektoriyasini beradi. Bitta mahsulot uchun bozorning dinamik modelini qaraymiz. Modelda talab chizig‘ini D va taklif chizig‘i S vaqt o‘zgarishi bilan o‘zgarmaydi deb faraz qilaylik. Talab funksiyasi va taklif funksiyasi narx ga bog‘liq. Bu yerda t - oraliqdagi narx, - oldingi P - oraliqdagi narx. Talab funksiyasi: bu yerda - o‘zgarmas parametrlar. Taklif funksiyasi: bu yerda - o‘zgarmas parametrlar. Muvozanat narx quyidagi qaytariladigan bosqichlar bo‘yicha aniqlanadi: 1. Talab va taklif chiziqlari grafigi chiziladi (gorizontal o‘q bo‘yicha narx P qo‘yiladi, vertikal o‘q bo‘yicha taklif va talab qilingan mahsulot miqdori Q); 2. Boshlang‘ich vaqt oralig‘i bo‘yicha taklif miqdori , boshlang‘ich narx ga ko‘ra aniqlanadi, (boshlang‘ich narx ) oldindan sotuvchi tomonidan beriladi; 3. oraliq uchun narx muvozanatlik shartidan aniqlanadi. Narx ma'lum bo‘lgani uchun, yuqoridagi tenglikdan aniqlanadi; uchun aniqlanganidan keyin yuqoridagi ikkinchi va uchinchi bosqichlar takrorlanib, aniqlanadi va hokazo. Hisob-kitoblarning to‘xtash sharti bo‘lib, bu shart barjarilsa, muvozanat narx ko‘rinishida aniqlanadi. Taqribiy baholash: Agar bo‘lsa, deb qarash mumkin. Misol. Quyidagi talab funksiyasi berilgan bo‘lsin: Taklif funksiyasi: uchun boshlang‘ich narx bo‘lsin va bu narxda taklif miqdorini aniqlaymiz: Muvozanatlik shartiga ko‘ra ni aniqlaymiz. dan , Endi hol uchun taklif miqdorini aniqlaymiz: Muvozanatlik shartidan ni aniqlaymiz: yoki uchun taklif miqdori aniqlanadi; Muvozanatlik shartidan ni aniqlaymiz. , . Keyingi hisob-kitoblarda va, . Agar aniqlik darajasini deb olsak, bo‘lgani uchun muvozanat narx sifatida biz aniqlik bilan ni qabul qilishimiz mumkin. Muvozanat narxni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muvozanatlik sharti bo‘yicha aniqlash ham mumkin: deb yoki , . Muvozanat narx ga teng, muvozanat tovar miqdori . Umuman olganda bozorning dinamik modelida bozor narxi ning o‘zgarishi uch xil variantga olib kelishi mumkin: 1. Vaqt o‘tishi bilan bozor narxi ning muvozanat narxdan chetlanishi kamayib boradi; 2. Bozor narxi muvozanat narxdan uzoqlashib boradi; 3. Bozor narxi muvozanat narx atrofida tebranib turadi va bozor muvozanatiga hech vaqt erishilmaydi. Agar taklif chizig‘i S talab chizig‘iga nisabat tikroq bo‘lsa, birinchi hol yuz beradi. Agar taklif chizig‘ining yotiqligi talab chizig‘ining yotiqligiga nisbatan tikroq bo‘lsa, birinchi hol amalga oshadi Uchinchi holatda talab va taklif chiziqlari yotiqligi bir xil bo‘ladi (4-rasm): Download 34.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling