4. Narx-navoni liberallashtirish, narxlarni erkin qo'yib yuborish, narx
ustidan davlat nazoratini minimal darajaga keltirish.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning umumiyligi, masalan, xususiy
mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg'unlashtirishda
talab, taklif qoidalarining bir xilligi bo'lishi bilan bir qatorda xar bir
mamlakatning o'z yo'li mavjuddir, bunga uning milliy kelib chiqishi,
joylashgan yeri va boshqa omillar sabab bo'ladi.
I.A.Karimovning ,,0'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning
o'ziga xos yo’li kitobida Markaziy Osiyodagi yirik mamlakat
xisoblanmish davlatimizning yangl iqtisodiy munosabatlarga o'tish
konsepsiyasi bayon etilgan. Xususan, Prezident jahon tarixida mislsiz
andoza g'oyasini olg'a suradi. Bu g'oya uch tarkibiy qismdan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |