Seminar-2. SPORTCHILARNI KASALLANISHI VA JAROHATLANISHI.
REJA:
-
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanganda vrach nazoratining umumiyligi va o`ziga xos ayrimliklari.
-
Sportchilarning kasallanish sabablari (sportga bog’liq va bog’liq bo`lmagan).
-
Sport turlarida kasallanish darajalari.
-
Sport jarohatlari sabablari va ularni oldini olish.
Mavzuga oid nazorat savollari
-
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanganda vrach nazoratininng o`zicha kesimi nimadan iborat?
-
Sportga bog’liq bo`lmagan kasalliklarga qanday kasalliklar kiradi?
-
Sportga bog’liq bo`lgan kasalliklarga qanday kasalliklar kiradi?
-
Sport turlarida kasallanish darajasi qanday?
Tayanch iboralar va tushunchalar
-
Jismoniy tarbiya va sport ishlari bilan shug’ullanganda vrach nazoratining umumiyligi va ayrimligi.
-
Sportchilarni kasallanish sabablari.
-
Sportchi kasallanishining sport turiga bog’liqligi.
-
Sport jarohati sabablari va uni oldini olish.
-
sport turlarida jarohatlarning o`ziga xosligi.
-
Jarohat turlari.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanganda vrach
nazoratining umumiyligi va o`ziga xos ayrimliklari
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanganda vrach nazoratining umumiyligi shundan iboratki, vrach nazoratida qo`llaniladigan, barcha tekshirish (nazoratlari) metodlari shug’ullanuvchilarda ham qo`llaniladi va jismoniy tarbiya va sport bilan shug’allanuvchilar tibbiy xakamlari Sog’liqni saqlash vazirligi va uning maxalliy organlariga bo`ysinadi. Boshqa aholi mutaxassisliklari kabi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni ham yilda 2 marta tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi va ularni sog’liq holatlarini baholaydi. Kasal bo`lsa tegishli davolash choralari ko`riladi. Sportchilarni vrach nazoratidan o`tkazishda ayrim o`ziga xos ayrimliklar ham qo`llaniladi. Jumladan, sportchilar har bir musobaqada qatnashishlaridan oldin va keyin vrachlarni doimiy nazoratida bo`ladi. Buni asosan jismoniy tarbiya va vrach dispanserlaridagi mutaxassislar amalga oshiradi. Bundan tashqari aholini tinch holatda nazoratdan o`tkazilsa, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarda esa bu jarayon ma`lum bir og’irliklarni va organlar faoliyatini xisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |