1-mavzuga oid nazorat savollari Nazorat savollar
Download 24.54 Kb.
|
TIM 1-nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining bosh maqsadi
- Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining asosiy vazifas
1-mavzuga oid nazorat savollari Nazorat savollari. 1. Tаrbiyaviy ishlаr mеtоdikаsi” fаnining bоsh mаqsаdi 2. Tarbiyaviy ishlar tizimida pedagogning vazifalari va uning o’ziga xosligi. 3.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining fanlar tizimidagi o’rni. 4. Sharq mutafakkirlarining ijodiy merosida tarbiyaning ulug’lanishi. 5. O’qituvchi – ustoz, shogird va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni. 6. Mutаfаkkirlаrning tаrbiya hаqidаgi fikr vа mulоhаzаlаri 7. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining fanlar tizimidagi o’rni. 8. Tarbiyaviy ishlar tizimida pedagogning vazifalari va uning o’ziga xosligi. 9. Sharq mutafakkirlarining ijodiy merosida tarbiyaning ulug’lanishi. 10. O’qituvchi – ustoz, shogird va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni. Tarbiya tushunchasi o’sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va ma‘suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo’lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Shu ma‘noda tarbiya deb tarbiyachi o’zi hoxlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruiyatiga ma‘lum maqsadga ko’ra tizimli ta‘sir ko’rsatishga aytiladi. Milliy pedagogika asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo haloqat, yo sadoqat, yo faloqat masalasidir!” degan so‘zlari fikrimizga dalil bo‘ladi. Tarbiya bola tug’ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.Shu tufayli tarbiya so’zi ko’p vaqtlarda ta‘lim, ma‘lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi.Tarbiya ta‘lim va ma‘lumot natijalarini o’zida aks ettiradi. Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta‘sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta‘sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta‘kidlanadi. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, goyaviy, axloqiy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Оdamning ijtimoiy rivojlanishini Yoshlar ittifoqiga keltiruvchi kuch deb,kishi ehtiyojlari ta’sirida yuz beradigan ob’ektiv omillar, odamlarning oddiy,biologik va jismoniy moddiy ehtiyojlardan boshlab, oliy ma’naviy va rihiy ehtiyojlari majmuini qondirish imkoniyatlari orasidagi munosabatlarga aytiladi. Ehtiyojlar u yoki bu faoliyatning sabablarini vujudga keltiradi. O'zining ehtiyojlarini qondirish uchun kishi vosita va manbalar qidiradi.Ehtiyojni qondirish imkoniyatlari mavjud bo’lganda, kishi o’zini baxtiyor xis etadi. Aks holda ozini baxtsiz deb bilib,unda harakat kuch paydo bo’ladi. Agar odamning axloqiy tarbiyasi to’g’ri bo’lsa u ijtimoiy rivojlanadi. Axloqiy tarbiyasi nosoz odamning ijtimoi sifatlari nuray boshlaydi va ijtimoiy illat (o’g’rilik, nashavandlik, yolg’on so’z, firibgarlik)larga duchor bo’ladi. Axloqiy tarbiyasi yaxshi odam ehtiyojini qondirishning to’g’ri yollarini izlaydi hamda odamlar bilan muloqotda bo’lib, yaxshi ijtimoiy sifatlari takomillashib boradi. Bunday o’zaro ta’sirlardan paydo bo’lgan kuchdan samarali foydalanish uchun yonaltirilgan tarbiyaviy ta’sirning muvaffaqiyatli bo’lishi etakchi o’rinni egalaydi. 1.Komil inson yetuk ahloqlilik haqidagi fikrlarni an‘anaga ko’ra bo’yuk donishmandlar, sarkardalar, shohlar tilidan bayon etadi va ularni adolatli,dono,oqil va kamtar inson sifatida ta‘riflab, o’zining komil inson haqidagi konsepsiyasini ilgari suradi. 2.Koshifiy faqat podsholarnigina emas, har bir oddiy insonda ham eng oliyjanob xislatlar tarkib topishini istaydi. 3.U o’zining ijtimoiy ahloqiy idealini yuzaga chiqarishda asosiy vosita deb ilm ma‘rifat va ahloqiy tarbiyani tushunadi. 4.Koshifiy odobli insonni ahloqli deb tushunadi.Inson faqat odobli, sahovatli, to’g’ri, halol, pok bo’lgandagina haqiqiy inson bo’lishi mumkin.Insonparvarlik va halollikni eng yuksak insoniy fazilatlardan deb biladi.Koshifiy insonning eng yuksak xulq-atvor egasi bo’lishi uchun o’nta qoidaga amal qilish zarurligini ilgari suradi: elga teskari ish qilmaslik, o’z nafsiga insof tilash va tiyish, kishi aybini ochmaslik, kishilarda uchraydigan yomon xulq atvorni yaxshilikka tomon burish, o’z aybiga iqror bo’lib, uzr so’ragan kishining uzrini qabul qilish,och-yupunlarning xojatini chiqarish,inson uchun mashaqqat tortish, xalqqa toza yuz bilan ko’rinish, kishilarga yaxshi so’z aytish, inoqlikka, tinch-totuv yashashga chaqirish, xalqlar o’rtasidagi do’stlikni targ’ib etish, kasb-hunar,ilm-ma‘rifatni egallashga chaqirish, ilmli kishilarning jamiyatda tutgan o’rnini ta‘kidlab, olimlarni,umuman ilm axlini e‘zozlash kerak, deydi.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy maqsadi: ta’lim va tarbiyaning uzluksizligini ta’minlash, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning samaradorligini oshirish yo’llarini izlash, o’quvchilarning darsda olgan bilimlarini mustahkamlash, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida milliy qadriyatlardan foydalanishning ustunligini ta’minlash, namunali sinf jamoasini yotishtirib chiqarish va boshqalar. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analariga,urf–odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining asosiy vazifasi esa-shaxsning aqliy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi,qobiliyatlarini har tomonlama rivojlanishini o’rganshga mkoniyat yaratishdir. Tarbiyaviy ishlar metodikasi to’rt bo’limdan iborat bo’lib, birinchi bo’lim tarbiyaviy ishlar metodikasining nazariy-metodologik asoslari.Ikkinchi bo’limda tarbiyaviy ishlar metodikasining o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni haqida ma’lumot beradi. Uchinchi bo’lim sinfdan tashqari mashg’ulotlarning turlari haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. To’rtinchi bo’lim tarbiyaviy ishlar jarayonida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish metodikasi va shart sharoitlari haqidadir. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani pedagogika, psixologiya, etika, falsafa, estеtika, mantiq, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, ma’naviyat asoslari fanlari bilan chambarchas bog’liq Pedagogik jarayonda tarbiyaning davriylik tuzilishi-bu tarbiya texnologiyalarining asosiy xususiyatlariga muvofiq bo‘lgan, uning tarkibiy qismlari yig‘indisidir. O‘qituvchi buning natijasida tarbiyaning davriylik tuzilmasini belgilab olishi mumkin: 1.Maqsadni belgilash- tarbiyalashdan kelib chiqadigan maqsadlarni ma’lum bir muddatli jarayonlarga bo‘lib chiqishi. 2.Mazmunni tanlash- tarbiyalash mazmunini jamiyat talablari darajasida mustaqil ishlab chiqishi. 3.Demokratik faoliyatli- tarbiyaviy jarayon ishtirokchilarini tarbiyalashda va o‘zaro munosabatda erkin fikrlilik va umuminsoniylik me’yorlariga rioya qilish qonuniyatlari. 4.Baholash- tarbiyalash jarayonida erishilgan natijalar samaradorligining o‘qituvchi tomonidan baholanib borishi va doimiy taxlil qilinishi Maktab o‘quvchilari va, ko‘proq bu masala maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan-sinf-guruh rahbari zimmasiga tushadi. Barcha tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlarni faqat yolg’iz o‘zi emas, balki maktab direktori va uning yordamchilari rahbarligida o‘z sinfida dars beradigan boshqa o‘qituvchilar bilan mustahkam hamkorlikda olib boradi. Guruh rahbari ish rejasini tuzib chiqib, direktorga tasdiqlatadi, o‘quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya birligini ta’minlashning konkret yo‘llarini belgilab chiqadi. Direktor va uning o‘rinbosarlari guruh rahbari ish faoliyatini boshqarib turadi. Guruh rahbarining burch va vazifalari «Guruh rahbari to‘g’risida»gi Nizomda va «O‘rta umumiy ta’lim maktabi ustavi»da yoritib berilgan. Shaxsning ijtimoiy shakllanishi barcha tashqi ta’sirlar ya’ni shaxsga tevarak atrofdagi tabiiy va ijtimoiy muhit hamda maxsus tarbiyaviy faoliyat natijasidir. Shu nuqtai-nazardan biz maktabdagi tarbiyaviy ishlar metodikasini o‘rganishda tarbiyaning keng imkoniyatlarini yo‘l-yo‘riqlarini va uni qanday amalga oshirish metodlari bilan tanishamiz.Maktabning bir yillik o‘quv-tarbiyaviy rejasidan namuna;tashkiliy pedagogik ishlar: -maktabning o‘quv-moddiy va texnikaviy bazasini mustahkamlash. -maktab faoliyatida tayanch va o‘rta umumiy ta’limni amalga oshirish. -maktabni o‘qituvchi- xodimlar bilan ta’minlash va ular bilan ishlash. -maktabning o‘quv-tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yish. -maktabning sinfdan tashqarii tarbiyaviy ishlarini tashkil etish. -ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boradigan ishlari. -maktabni otaliq, sog’liqni saqlash tashkilotlari hamkorlikda olib boradigan ishlari. -maktab kengashi va maktab direktori olib boradigan ishlari. -maktab ichki nazorati va uni amalga oshirish. -maktabning moliya xo‘jalik ishlari. -maktabning metodik ishlari. Maktabning o‘quvchilar bilan olib boradigan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari xilma-xil ta’lim-tarbiya ishlari tarbiyaviy ishlar nomini olgan. Tarbiyaviy ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini yo‘lga qo‘yish ko’rinishlaridan biridir. Sinfdan tashqari va tarbiyaviy ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga faol faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. O‘quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o‘zlarini qiziqtiradigan mashg‘ulotlarni tanlab olishadi va ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi. Odobsizlik esa, butun insoniyat yoki bir millat qadriyat deb qabul qilgan narsa va hodisalarga behurmatlik ko‘rsatish, muayyan jamiyatda urf bo‘lgan axloq va odob normalariga rioya qilmay, ularni mensimay, oyoq osti qilishdir. Masalan, umuminsoniy qadriyat hisoblangan mehnat qilmaslik, dangasalik katta odobsizlik hisoblanadi. Yoki bilim egallash umuminsoniy qadriyatdir. Sharoiti bo‘la turib, ota-onasi va boshqalarning: «Ey inson, o‘qisangchi, bilim olsangchi», deganiga qaramay bilim olmasligi benihoya odobsizlikdir. Bilim olaman degan odamga qarshilik ko‘rsatish, nson huquqini poymol qilish hamdir. Kattalarga behurmatlik, yosh bolalar va ayollarni hafa qilish ham o‘ta odobsizlik bo‘lib, insoniyat tomonidan hech bir vaziyatda kechirilmaydi. Shunga o‘xshash milliy qadriyat, urf odat va an’analarni behurmat qilish millatga nisbatan odobsizlikdir Download 24.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling