Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat munosabatlari
Ijtimoiy sheriklik sub’ektlari (tomonlari)
Download 17.42 Kb.
|
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA MEHNAT MUNOSABATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish beruvchilarning.
- Davlatniig.
Ijtimoiy sheriklik sub’ektlari (tomonlari) sifatida xodimlar, ish beruvchilar va davlat tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq muzokaralar jarayonida tomonlar manfaatlarini ifoda ettiruvchi vakillik organlari quyidagilar hisoblanadi: Xodimlarning. Mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo‘lish va manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saylab qo‘yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar amalga oshirishi mumkin (21- modda). Ish beruvchilarning. Korxonada ish beruvchi nomidan vakillikni ma’muriyatning mansabdor shaxslari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, ularning ustavlari va nizomlar asosida berilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradilar (27-modda). Ish beruvchilar uyushmalarga, assotsiasiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga birlashishga haqlidir. Ish beruvchilarning jamoat birlashmalari ijtimoiy jamoat birlashmalari, ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida tuziladi va ish olib boradi, ularning maqsadi - iqtisodiyotni va tadbirkorlikni rivojlantirish, samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan o‘zaro munosabatlarida korxonalar va mulkdorlarning manfaatlarini ifoda etish yo‘li bilan ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, xo‘jalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ularning huqukdarini himoya qilishdan iboratdir (28-modda). Davlatniig. Mehnat sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning hududiy organlari amalga oshiradi (9-modda). Davlat ijtimoiy sheriklik sub’ekti bo‘lish bilan bir qatorda davlat (unitar) korxonalariga nisbatan mulk egasi va ish beruvchi ham hisoblanadi. Bozor munosabatlari taraqqiy etishi bilan davlatning mehnat munosabatlari sohasidagi funktsiyalarining bir qismi jiddiy ravishda o‘zgaradi: davlat ijtimoiy sheriklik tizimida mehnat munosabatlarini muvofiqlashtiradi, tashkil etadi, nazorat qiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq,mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, shunga deb mas’ul tayinlangan davlat organlari (O‘zbekiston Respubli-kasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi) hamda ularning inspektsiyalari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat to‘g‘risidagi qonunlar aniq va bir xil ijro etilishini nazorat qilib borilishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi (9- modda). Davlatning eng muhim funktsiyalaridan yana biri—ijtimoiy sheriklik tashkiliy shakllari, tomonlar o‘zaro munosabatlari qoidalari va vositalarini huquqiy asoslarini ishlab chiqish, ijtimoiy mehnat standartlari (eng kam ish haqi miqdorini, ijtimoiy imtiyozlar, kompensatsiyalar, kafolatlari vahokazolar)ni asoslangan miqdorlarini belgilashdir. Download 17.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling