Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish va bashoratlash
Prognozlash va rejalashtirishga
Download 127 Kb.
|
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish va bashoratlash
Prognozlash va rejalashtirishga
qo`yiladigan umumiy talablar savdo korxonalarining rivojlanish g`oyasini, maqsadini aniqlash; asosiy maqsadga erishishni ta`minlaydigan tijorat g`oyalarini namoyon qilish; rejalashtirish – uzluksiz jarayon bo`lib, barcha jamoaning ijodiy yondoshishini, rag`batlantirishni taqozo qiladi (jamoa a`zolari rejalashtirish jarayonida faol qatnashishi, pirovard natijalarda ularning ish haqi undan bog`liqligidadir); reja barcha funksional bo`limlarni, mutaxassislarni, boshliq bilan uning qaromog`idagi xizmatchilarni o`zaro ta`siri va chambarchas bog`lanishda, birgalikda optimal aniqlashga erishish asosida tuzilishi kerak; bozor konyukturasi o`zgarish ehtimollariga mo`ljallangan alternativ variantlar mavjud bo`lishi shart; bozor iqtisodi sharoitida barcha resurslardan (ular chegaralangan) oqilona, ratsional foydalanish, xarajatlarning tejamliligini, natijalarning optimalligini ta`minlash; savdo faoliyatini chuqur, har tomonlama baholash maqsadida uning samaradorligi me`zonini, ko`rsatkichlarini aniqlash; savdo faoliyatiga ta`sir qiluvchi omillarni aniqlash, uning ta`sir qilish darajalarini chuqur tahlil qilish, asoslash imkoniyatlarni, yangi rezervlarini aniqlash; va nihoyat ishlab chiqarilgan hamda qabul qilingan dasturning bajarilishini ta`minlash va nazorat qilish kabilardir. Chet el savdo korxonalarining tajribasidan ma`lumki, rejalarning ishlab chiqarilishiga qat`iy talablar qo`yiladi. Rejalarda asosiy muammolar, vazifalar o`z ifodasini topadi. Masalan: Savdoning tovar aylanishi hajmi, assortimentlari bo`yicha tovar aylanishi, tovar zahiralari ko`rsatkichlari, tovarlarni kelishi (manbaalari bo`yicha), asosiy, aylanma va moliyaviy mablag`lari (fondlari), mehnat resurslari va ish haqi, daromadlari, xarajatlari, foydasi kabilar. Bu bo`limlarning har biri bo`yicha aniq chora-tadbirlar, konkret javobgarlik belgilab qo`yiladi. Alohida bo`limlar bo`yicha taqvim rejalar ishlab chiqilib, kim nima qiladi, qanday bajaradi kabi masalalarni hal qilish yo`llari aniqlanadi. Download 127 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling