Bozor iqtisodiyoti, uning vujudga kelishi va rivojlanishining shart-sharoitlari. L ish


Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari


Download 143.16 Kb.
bet2/8
Sana20.12.2022
Hajmi143.16 Kb.
#1035780
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliy matematika

Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Maz­kur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodi­yotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharti hisobla­nadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim shartlari boiib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo`lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoli- yatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini ko`rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti - bozor xo‘jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga boglanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari bu­tun tizimni, uning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi. Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaliginmg barcha asosiy subyektlari uchta guruhga bolinadi: uy xo`jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori. Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida mod­diy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqo­zo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xoЈjaligida tovar va xizmatlami yetkazib beradi. Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida mod­diy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqo­zo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlami yetkazib beradi.
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo’jaligi bag’rida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, u brogan sari rivojlanib borishini ko’rsatdi. XVII-XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o’tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo’lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada qator afzalliklar hamda ayrim kamchiliklari bo’lgan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi. Bozor iqtisodiyoti yer yuzidagi ko’pgina mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti asosida tovar – pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari-tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayriboshlash va pul muomlasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid munosabatlar tovarni yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu sarf-xarajatlar jamiyat uchun zaruriy darajada bo’lishi, tovarning sifati va narxning muvofiqligi ta’minlanishi, individual mehnat sarflari zaruriy sarfga keltirilishi kabi holatlarni bildiradi.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zining “O’zbekiston-bozor munosabstlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” nomli kitobida: “Bozor iqtisodiyoti-umumbashariy hodisa bo’lib, jahon sivilizasiyasi rivojlanishi yo’lidagi muqarrar bosqichdir. Tartibli asosga qurilgan bozorgina hozir xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatini ro’yobga chiqarishga, tekinxo’rlikni tugatishga, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishga, manfaatdorlik va unutib yuborilgan xo’jayinlik tuyg’usini qayta tiklashga qodirdir”, deb ta’kidlab o’tgan. Hozirgi zamon nazariyalarida bozor iqtisodiyoti, deganda iqtisodiy xatti-harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi tushunilidi. Bozor iqtisodiyoti g’oyat ko’p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. U erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, sotsial mo’ljalga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib turiluvchi iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarining barcha sub’ektlarini qamrab oladi. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchilar ham, pirovard iste’molchilar ham, ssuda kapitali egalari ham kiradi. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizm asosan to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, raqobat, talab va taklif.

Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari:


1.Turli shakllardagi mulkchilikning mavjudligi;
2.Tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
3.Raqobat kurashuvining mavjudligi;
4.Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
5.Bozorning xaridor izmiga bo’ysunishi.
Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot bo’lib, faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning o’zining mulk ob’ekti bo’lishi, mulkdorlarning esa mustaqillikga ega bo’lishidir. Har bir korxona, tashkilot, ayrim jismoniy shaxs o’z ixtiyoriga ko’ra o’ziga ma’qul bo’lgan ish ish bilan shug’ullanadi.
Xo’jalik yurituvchilar faoliyati bir-biridan alohidalashgan bo’ladi, chunki ular, birinchidan, mulk egalari, ikkinchidan, mehnat taqsimoti asosida ixtisoslashib, har-xil ish bilan shug’ullanishadi.
Erkin bo’lganidan u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Iqtisodiy monopolizm – korxona, tashkilot yoxud davlatning umuman iqtisodiyot, yoki uning biror sohasida tanho hukmronlik qilishi. Monopoliya turg’unlikni yuzaga chiqaradi, tashabbusini chegaralaydi. Shu sababli, bozor iqtisodiyoti u bilan chiqishmaydi – bozor iqtisodiyoti antimonopol yo’nalishga ega. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi - narxlarining liberallashuvi, ya’ni narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, balki narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor va sotuvchining savdolashuviga binoan, yuzaga keladi. Bozor munosabatlari sharoitlarida ko’proq kelishilgan narxlar xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotida, uning iqtisodiy mexanizmida raqobat alohida o’rin tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabstlar ishtirokchilarining o’zaro bellashuvi, xususiy mulkdorlar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi kurashdir. Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflagan holda ularni samarali ishlatish, qo’llash va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi vositadir. Raqobat iqtisodiyotni tartiblovchi va nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi.
Raqobatlashuvchi kuchlar muvozanatda bo’lib,ulardan birontasi ham monopol mavqega ega bo’lmaydi. Erkin raqobat cheklanmagan erkin iqtisodiy erkinlikni, xohlagan usulda kurashish, hatto monopoliya hosil etgan holda o’z bilganicha ish yuritishini bildirmaydi, chunki raqobatni davlat tartibga solib turadi. Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan bu tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada yaxlit iqtisodiy tizim hosil etadi. Insoniyat tajribasi ko’rsatganidek, hozircha faqat shunday munosabatlar zaminidagina iqtisodiy ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, ko’plab va sifatli tovarlar yaratish, ularga bo’lgan talabni qondirish, tejamli xo’jalik yuritish to’kinchilik yaratib, xalqni farovon turmush sari yo’llash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolatni o’rnatish mumkin. Bozor munosabatlari tizimida shunday raqobat kuchi jamlanganki, u muttasil iqtisodiy o’sish va sotsial rivojlanishni ta’minlaydi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar o’z iqtisodiyotini evalyusion o’zgarishlar qilish orqali klassik bozor iqtisodiyotidan madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga o’ta boshladilar. Nazariy jihatdan klassik model bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar uchun namuna bo’lishi mumkin. Klassik bozor iqtisodiyoti qator xususiyati bilan ajralib turadi:
Bozor munosabatlari qatnashchilarining miqdori cheklanmagan, ular o’rtasida erkin raqobat kurashi mavjud.
Jamiyatning barcha a’zolari xohlagan xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin.
Ishlab chiqarish omillarining yuqori darajada safarbarlik imkoniyati mavjudligi.
Bozordagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotlarni olish imkoniyatining qulayligi.
Monopoliyalar yo’q, bozorda faoliyatga davlat aralashmasligi.
Yakka (individual) xususiy mulkning hukmron bo’lishi.
Odamlarni o’ta boy va o’ta kambag’al tabaqalarga olib kelishi.
Mulkchilikning turli shakllariga, ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boahqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatining yuritilishi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning ma’lum darajada ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi. Xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanish, ya’ni biznes reja, marketing tizimi orqali boshqarish. Ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda har tomonlama aholini ijtimoiy himoya qilish, qo’llab quvvatlash.
Resurslarni taq’simlashning samaradorligi.
Erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlikka ustuvorlik beradi. Erkin faoliyat yuritish shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikni o’stiradi.
Bozor iqtisodiyotining ya’na bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporasiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki, xo’jasizlik, sustkashlik, beg’amlik har qanday xo’jalikni xonavayron qilishga olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti qanchalik rivojlangan bo’lmasin, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishlarning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, jahon xo’jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanmasligi mavjudligi yuz berishi mumkin. Jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalar muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. XXI asrning eng muhim iqtisodiy inqirozlaridan biri 2008-yilda boshlangan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bo’lib, u ko’p mamlakatlar iqtisodiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatdi.


Download 143.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling