Bozor iqtisodiyoti va biznes tayanch so’z va iboralar


Download 278.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi278.7 Kb.
#230745
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu.Bozor iqtisodiyoti va biznes

                               2.  Biznes va tadbirkorlik. 

  

Biznes    so’zi  ingliz  tilidan  olingan  bo’lib,  ish  degan  ma’noni  anglatadi.  Biznes  bilan 

mashg’ul bo’lgan odatda odamlar biznesmenlar, ya’ni ishbilarmonlar deb ataladi. 

Li Yakokka XX asrdagi biznesning «eng buyuk qahramoni» hisoblanadi. U dastlab Genri 

Ford  kompaniyasida  ikkinchi  rahbar  bo’lib  ishlagan,  keyinchalik  esa  uning  raqobatchisiga 

aylangan va «Kraysler» avtomobil korporatsiyasining prezidenti lavozimini egallagan. U shunday 

deb yozgan: «Butun hayot bu vaqt omilidir. O’z oldingga aniq maqsad qo’y. Qo’lingdan kelgancha 

ta’lim ol, so’ngra Xudo haqqi, biron narsa qil». 

Agar biron-bir foydali ish qilinsa – bu biznesning albatta bajarilishi lozim bo’lgan shartidir, 

biznesning o’zi bozor iqtisodiyotining ishbilarmonlik asosidir. Biznes erkin shaxsning tashabbusi 

va ijodkorligi asosida yaratiladi. U yollanma xodimning ko’r-ko’rona buyruqni bajarishi, majburiy 

mehnat  qilishiga  qarshi  qo’yiladi.  Biznesni  harakatlantiruvchi  kuch  bu  faollik,  majburiyat, 

batartiblik va insonning o’ta mehnatsevarligidir. Ushbu talablarga asoslanmas ekan, biznes yakka 

tarzda amalga oshiriladimi, jamoaviy tarzdami, baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrashi shubhasiz. 

Insonni biznesmen bo’lishga majbur qilish mumkin emas, uning uchun faqat tadbirkorlik 



faoliyatini  amalga  oshirish,  o’z  g’oya  va  ixtirolarini  ishga  solish  uchun  sharoit  yaratib  berish 

mumkin. Biznesni boshlashdan avval quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilish lozim bo’ladi: 

1.  Biznesning qonun va qoidalarini yaxshi bilish. 

2.  Etarli miqdorda boshlang’ich kapitalga ega bo’lish. 

3.  O’z zimmasiga olgan majburiyatlarni o’z vaqtida va to’liq bajarish. 

Biznes bilan faqat qo’shnilar, do’stlar yoki tanish-bilishlar shug’ullanayotganligidan kelib 

chiqqan holda shug’ullanish mumkin emas. Gap shundaki, biznes bu doim ham muvaffaqiyat yoki 

foyda keltiradigan ish emas, u biznesmen uchun ham, uning hamkorlari uchun (jamoaviy biznes 

hollarida) ham ma’lum bir xavf-xatar va tavakkalchiliklar deganidir. Biznes jiddiy raqobat, o’zaro 

kurash, doimiy izlanish va qarama-qarshiliklarni anglatadi. 

Amaliyotning  ko’rsatishicha,  kichik  biznes  kelgusida  yirik  tadbirkorlikka,  kichik 

tadbirkorlik esa yirik biznesga aylanishi mumkin. AQSH, Germaniya, Yaponiya va Koreyadagi 

ko’plab avtomobil firmalari aynan shu yo’lni bosib o’tgan. Rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, 

AQSHda  ishbilarmonlar  va  tadbirkorlar  millatning  «oltin  fondi»  hisoblanishi  bejiz  emas,  bu 

mamlakatlarda xalq orasida tadbirkorlik ruhining so’nmasligiga alohida e’tibor qaratiladi. 

Bugungi  kunda  biznes  va  tadbirkorlikning  ahamiyatini  ko’pchilik  to’g’ri  tushungan  va 

anglagan, chunki ular asosida doim ham foyda keltiruvchi ishni yo’lga qo’yish, boshqacha qilib 

aytganda pul to’plash yotmaydi, balki  o’ziga, oilasiga, butun jamiyatga foyda keltirish birinchi 

o’ringa qo’yiladi. Biznesmen, tadbirkor – biz ilgari o’ylaganday, bizga o’rgatishganday kapitalist 

emas,  u  tashabbuskor,  o’z  faoliyatida  muvaffaqiyatga  erishish  istagiga  ega  bo’lgan  shaxsdir. 

Bunda biznesmen (tadbirkor) yoki uning komandasidan (jamoaviy biznesda) boshqa biror kishi 

muvaffaqiyatni ta’minlashi ahamiyatga ega emas, tadbirkorlik ishi amaldagi qonunchilik qoida va 

normalariga  mos  kelsa  bo’ldi.  Bunday  qonun-qoidalar  doirasidan  tashqarida  tashkil  etilgan 

tadbirkorlik faoliyatining «yashirin» va tabiiyki, noqonuniy, jamiyatga qarshi faoliyat deb atalishi 

bejiz emas. 

Kichik  biznes  (KB)  korxonalari  eng  arzon,  oson  boshqariluvchi  bozor  kon’yunkturasi 

o’zgarishlariga tez moslashuvchan subyektlar hisoblanadi. Ular yirik korxonalardan farqli o’laroq, 

atrof-muhitning  yomonlashuviga  kam  ta’sir  ko’rsatadi,  jiddiy  ekologik  muammolarga  olib 

kelmaydi.  Kapital  sig’imining  kichikligi  va  moslashuvchanligi  tufayli  biznes  va  tadbirkorlik 

sohasi  korxonalari  ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash  va  chiqarilayotgan  mahsulot 

assortimentini  yangilashda  yirik  korxonalarga  nisbatan  ko’proq  muvaffaqiyatga  erishadi  va 

demak, bozor talabiga tezroq moslashib oladi. 

Fan-texnika  taraqqiyoti  kuchayib,  yuqori  texnologiyalar,  mehnat  qurollari  va  asbob-

uskunalar tez-tez o’zgarib turgan iqtisodiyot globallashuvi – hozirgi kunda biznes va tadbirkorlik 

korxonalari  yaratilayotgan  va  faoliyat  ko’rsatayotgan  muhit  aynan  shundaydir.  Boshqaruv 

xarajatlarining  nisbatan  kamligi,  faoliyatning  ko’p  funktsionalligi  iqtisodiy  muvaffaqiyatga  tez 

erishish  imkoniyatlari  KB  va  tadbirkorlik  korxonalarini  jamiyatning  iqtisodiyot  strukturasida 

ustivor bo’lishini belgilab beradi. 

Kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning nodavlat sektorida karvonboshi 

hisoblanishi  shubhasiz,  albatta.  Bundan  tashqari,  muhim  struktura  yaratuvchi  omil  sifatida  KB 

korxonalari iqtisodiyotning nodavlat sektori rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadilar.  

O’zbekistonda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishning  ustuvor  yo’nalishlari  qatoriga 

xususiy tarmoq va kichik tadbirkorlikni (biznesni) (KB) rivojlantirish kiradi. Shu nuqtai nazardan 

ham ularni rivojlantirishni jadallashtirish va YaIMdagi ulushini ko’paytirish, bozor iqtisodiyotiga 

mos  tovar  va  xizmatlar  bozorini  shakllantirish  hamda  mahsulot  eksportini  oshirishda  asosiy 

vazifalar  quyidagilar  hisoblanadi:  davlat  tashkilotlarini  xususiy  tadbirkorlik  faoliyatiga 

aralashuvini  cheklash,  xususiy  tadbirkorlarni  resurslar  va  sotish  bozorlarida  ishtirokini 

kengaytirish, moliyaviy qo’llab-quvvatlash va qo’shimcha soliq imtiyozlarini joriy etish. 

Kichik  tadbirkorlikni  rag’batlantirish  bo’yicha  amalga  oshirilgan  keng  qamrovli  chora-

tadbirlar,  xususan,  tadbirkorlikni  erkin  faoliyat  yuritishi  uchun  kafolatlarning  ta’minlanganligi, 

ularni  davlat  tomonidan  ro’yxatga  olishning  ixcham  mexanizmining  joriy  etilishi,  kredit 

mablag’laridan  foydalanish  doirasining  kengayishi,  qulay  makroiqtisodiy  muhitning 




shakllanganligi, milliy valyuta kursi barqarorligi, KBning YaIMdagi ulushini o’sishini ta’minladi. 

Bu  sharoitlarda  odamlar  psixologiyasini  o’zgartirish,  tadbirkorlik  motivatsiyasi  tizimini 

yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, biznes va tadbirkorlik “yuqoridan” berilgan 

chaqiriq va tashabbus emas, balki insonning, butun jamiyatning hayotiy ehtiyoji bo’lishi lozim. 

Biznes  va  tadbirkorlikni  moddiy  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  hamda  mavjud  va  ishlab 

chiqarishga  jalb  qilinayotgan  resurslardan  samarali  foydalanishga  yo’naltirish  muhim.  Jahon 

tajribasining  ko’rsatishicha,  aynan  ishlab  chiqarish  yo’nalishidagi  biznes  tufayli  ko’plab  /arb 

mamlakatlari, hozirgi kunda esa Sharq mamlakatlari ham ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish 

va iqtisodiyotning gullab-yashnashiga erishgan. 

Shu sababli ishlab chiqarish yo’nalishidagi, ya’ni oldi-sotdiga emas, balki aholi va jamiyat 

uchun  kerakli  mahsulot  chiqarishga  asoslangan  biznesni  rivojlantirish  iqtisodiyotning  ustivor 

yo’nalishiga aylangan. Rivojlanishning aynan shu yo’li milliy boyliklarni ko’paytirishga xizmat 

qiladi. 


Download 278.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling