Bozor iqtisodiyotida davlatning roli


Antimonopol faoliyat va rakobatni rivojlantirish


Download 19.18 Kb.
bet3/6
Sana17.02.2023
Hajmi19.18 Kb.
#1205417
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotida davlatning roli-fayllar.org

3. Antimonopol faoliyat va rakobatni rivojlantirish.
Davlat monopoliyani cheklash va rakobat muxitini yaratishi zarur. Bu vazifa monopoliyaga karshi konunlarga tayanilgan xolda olib boriladi. O`zbekiston Respublikasida bu vazifani amalga oshirish Monopoliyadan chikarish rakobat va tadbirkorlikni ko`llab kuvvatlash Davlat ko`mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Monopollashuvga karshi kurash maksadlarida monopol korxonalar reestri tuziladi. Bunda monopol korxonalar tabiiy monopoliya va tabiiy monopoliya xisoblanmagan korxonalarga bo`linadi. Tabiiy monopol bo`lmagan korxonalarni monopoliyadan chikarish chora- tadbirlari ko`riladi.
Tabiiy monopoliyalar ob`ektiv shart-sharoitlarga ko`ra monopol bo`lishi zarur, yoki monopoliyadan chikarish ilojsiz bo`lgan korxona yoki tarmoklardir.
Tabiiy monopolist korxonalar o`z mavke`laridan foydalanib maxsuloti va xizmatlari baxosini asossiz ko`tarib yuborishlariga yo`l ko`ymaslik uchun ularga rentabellilikning yukori chegarasi belgilab beriladi. Bu chegarani buzgan korxonaga moliyaviy jazo choralari ko`llaniladi.
Masalan, bu chegara 20% deb belgilangan bo`lsin. Korxona maxsuloti tannarxi 10000 so`m bo`lgani xolda uni 13000 so`mga sotsa belgilangan ma`yoriy chegarani buzgan xisoblanadi. CHunki korxona 20% emas balki 30 foiz foyda normasi darajasida ustama belgilayapti. SHu sababli ortikcha xisoblangan 1000 so`m (13000-12000) davlat ixtiyoriga olinadi va monopolist korxonaga ko`shimcha moliyaviy jazo xam ko`llaniladi.
Davlat bu yo`l bilan iste`molchilar xukuklarini ximoya kiladi. Agar maxsulot baxosi korxonaga boglik bo`lmagan sabablarga ko`ra oshib ketgan bo`lsa va bu isbotlansa konun talablari buzilmagan xisoblanadi.
Rakobat muxitini yaxshilash, tadbirkorlikni ko`llab kuvvatlash maksadida davlat mulki xususiylashtiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish Davlat Mulk ko`mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda davlat mulkini bevosita bitta xaridorga sotish, investitsiya kitritish majburiyatini olib bepul tassarrufiga berish, boskichma boskich baxosini tushirib sotish, aktsionerlashtirish kabi usullar ko`llaniladi.
Agar respublikamizda xususiylashtirishning dastlabki boskichida uy joy fondi, savdo va maishiy xizmat ob`ektlari va maxalliy sanort korxonalari xususiy shaxslarga sotilgan bo`lsa, keyingi boskichda o`rta va yirikrok korxonalarni aktsionerlashtirish yo`li bilan davlat tasarrufidan chikarishga kirishildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan ko`llab kuvvatlash, shuningdek ularning xukuklarini ximoya kilish orkali xam amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 oktyabrda imzolangan «Tadbirkorlik sub`ektlarini tekshirishni yanada kiskartirish va uning tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to`grisida» gi Farmoni nazorat kiluvchi organlarning tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvini cheklash, ularning xukuklarini davlat tomonidan konuniy kafolatlashni kuchaytirishga bir misol bo`ladi.



Download 19.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling