Bozor iqtisodiyotida davlatning roli


Download 19.18 Kb.
bet1/6
Sana17.02.2023
Hajmi19.18 Kb.
#1205417
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotida davlatning roli-fayllar.org


Bozor iqtisodiyotida davlatning roli

Bozor iqtisodiyotida davlatning roli
Reja:


  • Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iqtisodiy funksiyalari.


  • Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.


  • Antimonopol faoliyat va raqobatni rivojlantirish.


  • Daromadlarni ijtimoiy manfaatlarni e`tiborga olgan xolda qayta taqsimlash.


  • Resurslarni qayta taqsimlash.


1. Davlatning bozor iktisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iktisodiy funktsiyalari.
Mamlakatlarning rivojlanish tarixi shuni isbotladiki, garchand xamma joyga kirib boruvchi shaxsiy manfaatning «ko`rinmas ko`l»i uni yo`naltirib tursada davlatning aralashuvisiz iktisodiyot o`zini- o`zi samarali boshkara olmas ekan. Bozor kuchlari avvalam bor iktisodiyotda mavjud barcha resurslardan to`lik foydalanishni va baxolarning barkaror darajasini ta`minlab turadigan darajadagi milliy ishlab chikarish xajmlarini saklab turish uchun etarli emas.
Bozor iktisodining ko`zda tutilmagan salbiy samaralari kuyidagilar:

    • bozorni monopollashuvi xavfi;


    • jamiyat infratuzilmasini ( transpor, ijtimoiy infratujilma, mudofaa, jamoat tartibini saklash,fundamental tadkikotlar va x.k.) rivojlantirishga ragbatning yo`kligi;


    • atrof muxitni ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish xavfi;


    • ijtimoiy tengsizlik, axoli daromadlari darajasidagi tabakalanish darajasinig o`sishi;


    • resurslarni adolatsiz taxsimlanishi xavfi;


    • iktisodiyotning bekaror rivojlanishi, iktisodiy inkirozlarning ro`y berishi va x.k.



Sof bozor uchun xos bo`lgan bu kamchiliklar davlatning, iktisodiy tizimning samaradorligini oshirishga karatilgan, asosiy funktsiyalarini belgilab beradi. Aynan shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro`y berdi, va ko`pchilik davlatlarning bugungi kundagi iktisodiyoti sof bozor iktisodiyoti xam, sof davlat iktisodiyoti xam emas. «Iktisodiyotni barkaror amal kilishi uchun ikki tashkiliy kism- bozor va xukumat zarur. Ularsiz xozirgi zamon iktisodiyotini boshkarish –xuddi bitta ko`l bilan karsak chalish bilan barobardir»* Ilgor davlatlar bozorlari rivojlanishiga davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inkiroziy xodisalarni yumshatishga va iktisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi.
Davlatning iktisodiy funktsiyalari ko`p va xilma-xildir. SHuning uchun taxlilimizda davlatning asosiy iktisodiy funktsiyalarinigina ko`rib chikamiz.
Davlatning asosiy ikvtisodiy funktsiyalariga kuyidagilar kiradi:
1. bozor tizimi samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydigan xukukiy baza va ijtimoiy muxitni ta`minlash;
2. rakobat muxitini yaratish va uni ximoya kilish.
3. ijtimoiy ne`matlar bilan ta`minlash maksadida resurslarni kayta taksimlash;
4. atrof muxitni ximoya kilish;
5. daromad va boyliklarni kayta taksimlash;
6. iktisodiyotni barkarorlashtirish, ya`ni, iktisodiy kon`yukturaning o`zgaruvchanligi natijasida paydo bo`ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini nazorat kilish xamda iktisodiy o`sishni ragbatlantirish.
Davlat bozor iktisodiyotining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun asos bo`ladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani ta`minlash vazifalarini zimmasiga oladi. Xukukiy bazani ta`minlash asosan iktisodiy faoliyatni tartibga soluvchi konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat kilishda namoyon bo`ladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yo`lga ko`yib o`z tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama solikka tortmaslik, boj to`lovlari bo`yicha o`zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda xukumatlararo kelishuvlar orkali erishiladi. Tashki savdoni tartibga solish vositalari orkali xam davlat o`z ishlab chikaruvchilarini ximoya kiladi(bu masalalar o`kuv ko`llanmasining tegishli mavzularida ko`rib chikiladi).

Download 19.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling