Dinamik programaalashtirish usuli, kup boskichli masalalar, resurslarni taksimlash masalasi, separabel funkstiya, Bellman funkstiyasi, Bellman tenglamasi, dastlabki shart


Download 231 Kb.
bet1/4
Sana09.05.2023
Hajmi231 Kb.
#1448682
  1   2   3   4
Bog'liq
Azamjonova Dilyora Jararyonlar tadqiqoti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI


AMALIY MATEMATIKA YO’NALISHI

20.09 - guruh talabasi


Azamjonova Dilyoraning
”Jarayonlar tadqiqoti va optimal boshqaruv” fanidan
” Dinamik programmalash usuli” mavzusiga oid yozgan


MUSTAQIL ISHI
Farg’ona 2023-yil
Dinamik programmalash usuli
Dinamik programaalashtirish usuli, kup boskichli masalalar, resurslarni taksimlash masalasi, separabel funkstiya, Bellman funkstiyasi, Bellman tenglamasi, dastlabki shart.
Maqsad funktsiyasining koʼrinishi va oʼzgaruvchilarga qoʼyiladigan cheklanish shartlari sistemasiga koʼra matematik dasturlash asosan olti turga ajratiladi:
1. Chiziqli dasturlash. Аgar maqsad funktsiyasi va oʼzgaruvchilarga qoʼyilgan shartlar chiziqli (masalan   koʼrinishda boʼlsa, u holda dasturlash chiziqli dasturlash deyiladi. Dasturlashning bu turi eng sodda va eng koʼp oʼrganilgan boʼlib, u amalda eng koʼp qoʼllaniladi.
2. Chiziqli boʼlmagan dasturlash. Аgar maqsad funktsiyasi va oʼzgaruvchilarga qoʼyilgan shartlar chiziqli boʼlmagan (masalan  ) koʼrinishda boʼlsa, u holda dasturlash chiziqli boʼlmagan dasturlash deyiladi.
3. Dinamik dasturlash. Аgar oʼzgaruvchilar vaqt oʼzgarishi bilan oʼzgarsa va oldingi bosqichdagi natija undan keyingi bosqich natijasiga taʼsir koʼrsatsa, bu holda matematik dasturlash dinamik dasturlash deyiladi.
Bu turdagi dasturlar iqtisodiy masalalarda koʼp uchraydi.
Bundan tashqari yuqoridagi uch turdagi dasturlashdagi oʼzgaruvchilarning qabul qilish qiymatlariga koʼra:
1. Diskret dasturlashtirish. Bunda oʼzgaruvchilar, baʼzi diskret (uzlukli) qiymatlarini qabul qiladi.
2. Butun sonli dasturlashtirish. Bunda oʼzgaruvchilar faqat butun son qiymatlarini qabul qilib, diskret dasturlashning xususiy holidir. (masalan avtomobillar, binolar, pasajirlar).
3. Stoxastik dasturlashtirish. Аgar oʼzgaruvchilar va ularga quyilgan shartlar ehtimoli miqdorlar boʼlsa, stoxastik dasturlash deyiladi.

Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling