Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari
- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yo‘qligi
Download 63.21 Kb.
|
MT 22-133 G\'ANIBOYEV NURSAIDBEK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozorning turlari va tuzilishi
- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yo‘qligi;
- mehnat qilish bilan bog‘liq kafolatlarning mavjud emasligi; - fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko‘maklashuvning yo‘qligi; - rivojlanishning beqarorligi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayish holatlarining mavjudligi. SHuningdek, 2008 yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan hamda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, avval iqtisodiyotning moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko‘p tomondan bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta’siri bilan bog‘liq. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bozorning o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e’tibor qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro‘y berishiga olib keldi. O‘zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy e’tibor qaratilib, zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi1. Bozorning turlari va tuzilishi Hozirgi davrda bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: bozorning etuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. Bozorning etuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‘linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash (barter) usuli ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo‘lmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ham bozorning bunday turi amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qo‘llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro‘y beradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo‘ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari o‘rtasidagi tafovutlar me’yor darajasida ushlab turiladi. Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Evropa bozori) va nihoyat jahon bozori. Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy-texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori. Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va chakana savdoni ajratish mumkin. CHakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda mahsulotlar yirik partiyalarda ko‘tarasiga sotiladi. Bozorning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori hisoblanadi. Bu bozorda xo‘jalik sub’ektlarining barcha uchta turi: uy xo‘jaliklari, davlat va korxonalar qatnashadi. Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi intellektual tovarlar bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar – ilmiy g‘oyalar, texnika yangiliklari, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnika ishlanmalarini ayirboshlash katta o‘rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat bo‘lib, bu bozorda asosan innovatsiya firmalari ish ko‘radi. Mazkur firmalar yangiliklar yaratish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifatidagi mehnat vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna, xomashyo, yoqilg‘i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari ulgurji ravishda sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste’molga emas, ishlab chiqarish iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi. Bozorning barcha sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to‘liq va yorqin namoyon bo‘ladi Download 63.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling