Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari
Download 63.21 Kb.
|
MT 22-133 G\'ANIBOYEV NURSAIDBEK
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti – bozor xo‘jaligi sub’ektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari – ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’ektlarini qamrab oladi.
SHuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o‘rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo‘lib, har yili ularning 1/10 qismi yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozorning ishtirokisiz tovar turlari va hajmi bo‘yicha talab va taklifni tartibga solishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog‘ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha asosiy sub’ektlari uchta guruhga bo‘linadi: uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori. Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlik sektori – bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va xizmatlarni etkazib beradi. Davlat sektori – o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet tashkilotlari va muassasalarining majmui. SHuningdek, ba’zi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar ajratib ko‘rsatiladi.1 Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. SHunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o‘zaro ta’siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari: a) iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, ya’ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi; b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi; v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi; g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish); d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta fondlarining vujudga kelishi. Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun-qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (5.2-chizma). Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar bo‘lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‘or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi. Download 63.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling