Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida kuchli ijtimoiy otish davrida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishi muhimligi
Download 55.5 Kb.
|
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi vazifa
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida kuchli ijtimoiy otish davrida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishi muhimligi Bozor iqtisodiyotining yuqorida tilga olishgan belgilari uzoq davr davomida shakllanib, niravorda natijada yaxlit ijtimoiy tizimni tashkil qildi. Bunda bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari (modellari) xilma xil bo’lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi. Jaxon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari umumiylashtirib, quyidagi uchta asosiy tipga bo’linadi: Rivojlangan mamlakatlar yo’li; Rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li: Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li. Bu yo’llarning umumiyligi shundaki, ular hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishni maqsad qilib qo’yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko’p jixatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga har bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor, bu bozor munosabatlarini shakilantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning g’arbcha modeli (rivojlangan mamlakatlar yo’li)da oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga o’tiladi. Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati bu quloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialastik mamlakatlar yo’lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruq bozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o’tishdan iboratdir. Bu yo’lning boshqa yo’llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo’q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo’lda bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlarning o’zi o’tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishning mazkur yo’lining o’ziga xos xususiyatlaridir. Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishda maqsad bir xil bo’lsada, turli mamlakatlar turli yo’llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma’lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishda ikki yo’l, ya’ni revolyutsion va evolitsion yo’llar mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyutsion yo’lini, birdaniga katta to’ntarishlar qilish yo’lini tanladilar. Boshqacha qilib aytganda ular Shuning uchun O’zbekiston bu yo’ldan bormay boshqa yo’l tanladi. Bu yo’l O’zbekistonning o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revalyutsion to’ntarishlarsiz. Ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iboratdir. Har qanday davlatda iqtisodiyotda asosiy vazifasi resurslarning cheklanganligi, taqchiligi sharoitida mavjud bo’lgan resurslardan unumli foydalanib mamlakat fuqorosining ehtiyojlarini to’laroq qondirishidan iborat. Bu ehtiyojlarni qondirish uchun hamma mamlakatda bir xil iqtisodiy tuzum bo’lmaydi. Mamlakatlarda xo’jalik yuritish uslubi va tashkiliy tizmasiga qarab quyidagi iqtisodiy tizimlar farqlanadi. Anan’aviy iqtisodiyot Ma’muriy buyruqbozlikga asoslangan iqtisodiy tizim (Markazlashgan rejaviy iqtisodiyot) Bozor iqtisodiyoti. Aralash iqtisodiyot Anan’aviy iqtisodiyot. Bu tizimda yuqoridagi savollarga jamiyatda saqlanib kelayotgan anan’alarga muvofiq javob beriladi. Bunday iqtisodiyot turi juda qadimgi bo’lib, natural xo’jalik paydo bo’lishi bilan boshlangan. Hozirgi kunda qoloq, tashqi dunyodan ajralib qolgan Sibir tonglari, Tundra va Afrika va Amazo’nka qabilalarida chakalakzorlarida yashaydigan qabilalarda saqlanib qolgan. Bozor iqtisodiyoti bu iqtisodiy tizimda deyarli barcha ishlab chiqarish vositalarda xususiy korxonalar shaxslar qo’lida bo’lib, barcha iqtisodiy yechimlar iste’molchi va ishlab chiqaruvchi sifatida qatnashuvchi shaxslar tomonidan qabul qilinadi. Ishlab chiqarish masalasi talab va taklifga asoslangan bozor mexanizmi asosida aniqlangan. Markazlashgan rejaviy iqtisodiyot. Bu iqtisodiy tizimda deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari davlat tasarufida bo’lib, barcha iqtisodiy yechimlar nimani qancha miqdorda ishlab chiqarish masalasi hukumat tomonidan markazlashgan holda yechiladi. Mahsulotni ishlab chiqarish oldindan rejalashtirib markazda xal qilinadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot ham hukumat tomonidan taqsimlanadi. Ishlab chiqarishda olingan foyda davlat ixtiyorida bo’ladi va reja asosida taqsimlanadi. Aralash iqtisodiyot bu iqtisodiy tizimda ishlab chiqarishning bir qismi davlat tasarufida qolgan qismi xususiy korxona qo’lida bo’ladi. Ba’zi tovarlar davlat tomonidan ba’zilari esa xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi. Bu iqtisodiy tizimda davlat iqtisodiyotini tartibga solib turuvchi kuch sifatida qatnashadi va iqtisodiy erkinligini ta’minlaydi. Yuqoridagi iqtisodiy tizimlarning eng avzali hozirgi kunda aralash iqtisodiyot deb tan olinmoqda. Iqtisodiyotning eng asosiy xususiyatlaridan biri bu xususiy mulkchilik va unga asoslangan erkin iqtisodiy faoliyat bozor iqtisodiyoti faoliyatida turli xil mulk shakillari xususiy jamoat davlat mulklari mavjud bo’lib ular teng huquqli rivojlanadi. Ishlab chiqarish vositalarining ko’pchilik qismi xususiy shaxslar qo’lida bo’lib ular o’z iqtisodiy faoliyatlarini mustaqil erkin ravishda olib boradilar. Bu tizimda hoh u ishlab chiqaruvchi hoh iste’molchi bo’lib iqtisodiy yechim yetqizg’an. Bozor munosabatlari va qonunlardan kelib chiqib tanlanadi. Ular erkin bo’lib bu tovarga bo’luv va taklifni o’zaro munosabati orqli shakillanadi. Iqtisodiyotning siyosatda ustuvorligi bu tamoilga ko’ra iqtisodiy munosabatlar mafkuradan holi qilinadi. Tarqoq iqtisodiyotning siyosiy mustaqillikga tayanch bo’lgan masalasidan kelib chiqib iqtisodiy siyosatda ustun qo’yiladi. Davlat bosh iqtisodiyotchi bu tamoilga ko’ra davlat butun xalq davlatlarining kelib chiqib islohiyat jarayonlarining tashabuskori bo’ladi va ularni amalgam oshirishga raxbarlik qiladi. Prezidentimiz I.A. karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo’yilganligi ta’kidlanadi: -Totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlantirish; -Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakillantirish. Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va bajarildi. Birinchidan, o’tish jarayoning huquqiy asoslarini shakillantirish, isloxatlarning qonuniy-huquqiy negizini mustaxkamlash; Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korhonalarini, uy-joy fondini hususiylashtirish, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa soxalarida mulkchilikning yangi shakillarini vujudga keltirish. Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy axvolning barqarorlashuvini ta’minlash. Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tkazish bo’yicha birinchi bosqichda qo’yilgan vazifalarni amalgam oshirish jarayonoda iqtisodiyot sohasiga tegishli bo’lgan, iqtisodiy munosabatlarni shakillantirishning huquqiy negizini barpo etadigan 100ga yaqin asosiy qonun-xujjatlar qabul qilindi. Birinchi bosqichda kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakillariga aylantirish uchun zarur bo’lgan muassasalar tizimi tuzildai. Qishloq xo’jaligida agrar isloxat jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan yangi xo’jalik tizimi shakillandi va iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan qismi keng rivojlandi. Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalgam oshirish va shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A. karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifalar ajratib ko’rsatiladi. Birinchi vazifa- davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo’llab-quvvatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag’batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo’lmagan qismning ulushini oshirish ko’zda tutiladi. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling